Ekologlarning asosiy vazifasi – chiqindilarga qarshi kurashish
Prezidentning «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni va «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Tovar belgisiga doir guvohnoma qanday uzaytiriladi?
Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2873, 2017 yil 10 aprel) bilan Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari tasdiqlandi
Revolver kreditlari tezroq beriladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1704-1, 2017 yil 3 aprel) bilan Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Namangan viloyatida yodgorlik majmuasi barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 208-son qarori bilan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi bogʻ, uning muzeyi va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabdan iborat «Is’hoqxon Ibrat majmuasi»ni tashkil etish haqidagi taklif ma’qullandi
Elektron savdo maydonlarini samarali tashkil qilish - elektron tijoratni rivojlantirish garovidir
Ushbu sharhda Oʻzbekistonda elektron savdo maydonlarini tashkil qilish masalalari yoritiladi
Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarida koʻproq xorijiy olimlar ishlaydi
Prezidentning 20.04.2017 yildagi Qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Qanday tovar soxtalashtirilgan boʻladi?
18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan tovar belgilari toʻgʻrisidagi normalarga tuzatishlar kiritildi
Qoʻshib yuborilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga ruxsat berildi
18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi – vaqt talabi!
2017 yil 14 aprel kuni boʻlib oʻtgan Jamoatchilik kengashi tadbirida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining “Ochiqlik indeksi” boʻyicha 2017 yil 1 yanvar holatiga reyting taqdimoti oʻtkazildi
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi tegishli Farmoni imzolangani haqida OʻzA xabar berdi
XUMShni yangi Vazirlik nazorat qiladi
Prezidentning «Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun soliqlar stavkalari “muzlatiladi”
18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi
Hakamlik sudi qaroriga ijro varaqasi davlat bojisiz beriladi
18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi
Soliq maslahatchilari hisobot bilan birga xulosa berishadi
18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan «Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan tuzatishlar kuchga kirdi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish tartibi FPKda mustahkamlandi
12.04.2017 yildagi OʻRQ-428-son Qonun bilan Fuqarolik protsessual hamda Xoʻjalik protsessual kodekslariga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartish va qoʻshimchalar 1.06.2017 yildan kuchga kiradi
Davlat raqobat qoʻmitasi qayta tashkil etiladi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Farmoni hamda Prezidentning 18.04.2017 yildagi «Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
Shoir va yozuvchilar haykallari Milliy bogʻ hududiga koʻchiriladi
Alisher Navoiy nomidagi Milliy bogʻda Adiblar xiyoboni barpo etiladi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino quriladi
2017 yilda 1UZ dasturida nima oʻzgardi?
«1UZ» buxgalterlik dasturi ishlab chiquvchilari chorakdagi yangilanishlar anonsini taqdim qilishdi. Foydalanuvchilarni qator takomillashuvlar va yangi funksiyalar kutmoqda. Batafsil ma’lumotlar – ushbu materialda
IIV toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi
Prezidentning 12.04.2017 yildagi PQ–2883-son Qarori bilan Ichki ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi
Kommunal xizmatlar uchun haqni ushlab qolishga shaxsiy hisobvaraq zarur
MB Boshqaruvi va Moliya vazirligi qarori (roʻyxat raqami 1031-1, 2017 yil 13 aprel) bilan Tashkilotlar va muassasalar tomonidan oʻz xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish koʻrinishida qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Hukumat komissiyasi tarkibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 7.04.2017 yildagi 192-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi
Viloyatlarda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlari paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 199-son qarori bilan 2017 — 2020 yillar davrida respublika hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ma’qullandi
Sudyalar oliy kengashi shakllandi
Oliy Majlis Senatining 29.03.2017 yildagi qarori va Prezidentning 10.04.2017 yildagi PF-5006-son Farmoni bilan Sudyalar oliy kengashining shaxsiy tarkibi toʻliq shakllantirildi
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishning asosiy omillaridan biri
Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Jamoa shartnomalari va kelishuvlari mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ularning turmush darajasini oshirishning asosiy omillaridan biri” mavzusidagi matbuot anjumani oʻtkazildi
Qizilmiya eksportyorlari yigʻimdan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining 14.04.2017 yildagi 210-son qarori bilan yalangʻoch qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berildi
Tashqi savdo vazirligi tuzilmasi tasdiqlandi
Prezidentning 13.04.2017 yildagi PQ-2887-son Qarori bilan Tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Mahalliylashtirish dasturiga 12 ta loyiha kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 197-son qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi
Oʻzbekistonda Tashqi savdo vazirligi paydo boʻladi
Prezidentning 13.04.2017 yildagi «Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda e’lon qilindi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


