Investorlar uchun barcha imtiyozlar roʻyxati – yagona reyestrda
Roʻyxat bilan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi saytida tanishish mumkin.
Avtobus boshqarishda gender tengligi ta’minlanadi
Endilikda ayollar yoʻlovchilarning soni 14 kishidan ziyod boʻlgan avtobuslarni boshqarishga haqli
Xorijiy kompaniyalarning akkreditatsiya pasporti tasdiqlandi
Guvohnoma olish uchun murojaatni koʻrib chiqish muddati – 5 kun.
Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etilmoqda
U bolalar bogʻchalari va maktablarni qurish boʻyicha buyurtmachi boʻladi.
Uchta OTM bittaga birlashtirildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Toshkent moliya instituti va Fiskal institut qoʻshib olindi.
“Yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlarga soliq solinmaydi
Shuningdek, yagona elektr energetikasi tizimiga ulash tartibi aniqlashtirildi.
Ayrim byurokratik jarayonlar bekor qilinmoqda
20 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qurilish chogʻida tuproq unumdorligi muhofaza qilinadi
Tuproqning unumdor qatlami saqlanmagan taqdirda yetkazilgan zararning oʻrni mahalliy byudjetga qoplanadi.
Ijtimoiy xodimlar uchun koʻrik-tanlov: gʻoliblar BHMning 10 dan 20 baravari miqdorida mukofot oladi
Koʻrik-tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy xodimlari ham ishtirok etishlari mumkin.
“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” tashkil etildi
Uning vazifalari orasida – ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini nodavlat, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash bor.
Xalq deputatlari Kengashlariga bir qator vakolatlar beriladi
Kengashlar va hokimliklarning vazifalari aniq belgilanadi.
IT-mutaxassislarni tayyorlash sohasini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Choralar qatorida – bir marotabalik subsidiyalar berish va oʻqish harajatlarini qoplash
Inspektor-psixologlar ayrim huquqbuzarliklarni koʻrib chiqishga haqli
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirishlari mumkin.
Notarial rasmiylashtirishda videokonferensaloqa xizmati uchun toʻlov oshirilmoqda
Shuningdek mulkka boʻlgan taqiqni bekor qilish uchun toʻlov belgilanmoqda.
Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etilmoqda
Xorijiy kompaniyalar uchun 5 yillik maxsus huquqiy rejim joriy qilinmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingidagi baho buxgalterning professionalligiga bogʻliq
2024 yil 1 fevraldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy qilindi. Vazirlar Mahkamasi uni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqladi.
Pedagogning maqomi maxsus qonun bilan belgilanmoqda
Pedagoglarni saylov jarayonlarini tashkillashtirishga qoʻshimcha haq evaziga jalb qilishadi.
Ayrim ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirildi
Unga koʻra zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori oshirildi.
Banklar va kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar tasdiqlandi
Tegishli qarorlar Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi yoki boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi.
Qaysi davlatlar rezidentlari kapital bozoridagi «tartibga solish qumdoni»ga kirishlari mumkin
Tan olingan 38 ta yurisdiksiya roʻyxati tasdiqlanmoqda.
Chorvachilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratiladi
Ular xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun ajratiladi.
“Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda
Amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtiriladi.
1 fevraldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlarning sharhini taqdim etadi.
Elektron yoʻl varaqalarini hisobga olish tizimi qanday ishlaydi
1 aprel kuni Oʻzbekistonda yoʻlovchi va yuk tashishni hisobga olish boʻyicha raqamli hujjat aylanishining olti oylik tajriba-sinov loyihasi (22.01.2024 y. 44-son VMQ) ishga tushiriladi.
Markaziy bank asosiy stavka darajasini oʻzgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank boshqaruvining 2024 yil 25 yanvardagi yigʻilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.
Aholi xavfsizligi uchun farmatsevtika sohasida dorilar nazoratining yangi tizimi joriy etiladi
U dori vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga yoʻnaltirilgan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etilmoqda
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.
Kimlarga xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilishga ruxsat beriladi
Internet-doʻkonlar orqali mol-mulkni realizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan savdo tashkilotlariga ustunlik beriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


