Xorijiy avtotransportni vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimni hisoblash tartibi oʻzgarmoqda
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Kim tabiiy monopoliya sub’yekti sifatida e’tirof etiladi
Tabiiy monopoliya sub’yektlari deb e’tirof etilgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar roʻyxati monopoliyaga qarshi organning rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Tovar yoki moliya bozorida sub’yektning ustun mavqei qanday aniqlanadi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishi – tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash, “kartel” kelishuvlar hamda til biriktirish holatlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish sanaladi.
Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi bilan tasdiqlangan Nizom ham protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini xarid qilish, yetkazib berish va toʻlovlarni toʻlash tartibini nazarda tutadi.
1 maydan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi
Prezidentning 30.04.2024 yildagi PF-69-son Farmoni bilan 1 maydan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining tuzilmasida loyiha ofisi tashkil etildi
U Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish vakolatiga ega.
Davlat bolalar bogʻchalari uchun toʻlov oshiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari tasdiqlandi.
Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Bitiruvchilarga shahodatnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Davlat mulkini boshqarish: nimalar oʻzgardi
Bu sohani tartibga soluvchi qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Depo hisobvaragʻi masofadan turib ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2024 yildagi 238-son qarori bilan qimmatli qogʻozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi joriy etilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi yerlari ijaraga qanday beriladi
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini onlayn-auksionga chiqarish haqidagi Nizom tasdiqlanmoqda.
Bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi
Ushbu faoliyat hamda lotereya tashkil etish faoliyatiga litsenziyalar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladi.
Yirik korxonalarni xususiylashtirishga xorijiy ekspertlar jalb qilinadi
Davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash boʻyicha xalqaro konsultantlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ tomonidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqaradi
Davlat aktivlari 3 oy davomida sotilmaganda ularning boshlangʻich narxi 10 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytiriladi.
1 maydan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtiriladi
Bu bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti shugʻullanadi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari autsorsing asosida qanday ekspluatatsiya qilinadi
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlarini xususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Donor qoni plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi
Plazmadan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uni donor qonidan plazmafarez usulida Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan tibbiy texnika vositasida ajratib olishlari kerak.
Namanganda IIV Jazoni ijro etish departamentining oʻquv poligoni tashkil etiladi
Poligonning asosiy vazifalaridan biri – xodimlarining jangovar tayyorgarligini oshirish.
Qurilish va UJKX vazirligining vazifalari qanday
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi bir qator hujjatlar tasdiqlandi.
Ayrim bojxona toʻlovlarini amalga oshirish tartibi oʻzgardi
Xususan, chet davlatlar avtotransport vositalarining respublika hududiga kirganligini uchun yigʻimni bojxona hududida toʻlash mumkin.
Chet tillariga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etildi
Uning vazifalari orasida – xorijiy ish beruvchilarning mehnat migratsiyasi sohasidagi ehtiyojlarini aniqlash bor.
Moliyachi boʻlmaganlar oʻqimasdan qanday moliyani tushunishi... mumkin
Inflexio.ru moliyaviy fanlar maktabi asoschisi va ifrs.academy, buxgalter.academy va moliya.academy platformalaridagi kurslar muallifi Kirill Popadyuk bilan intervyu.
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni qanday himoya qilishadi
“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Yangi qurilish ob’yektlarida gaz va elektr tarmoqlari kuchli zilzila paytida avtomatik bloklanadi
Ayrim binolar “kompensatsion in’yeksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformatsiyani oldingi holatiga qaytarish” uslubi orqali qayta tiklanadi.
Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va gaz uchun kompensatsiya taqdim etiladi
Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori qabul qilindi.
Toshkentda V Paraosiyo oʻyinlari oʻtkaziladi
Ular yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlari doirasida oʻtkaziladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


