Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.07.22

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasining 2-fazasi boshlanadi

Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshiriladi.

16.07.22

Maktabgacha ta’lim sohasida DXShni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish uchun xorijiy moliya institutlarining 70 million AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari jalb qilinishi kutilmoqda.

16.07.22

Energoresurslar tariflari hozircha oshirilmaydi

Vazirlar Mahkamasi 30.06.2022 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-son VMQning amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turadi.

15.07.22

Ichki ishlar organlari elektron brasletlardan foydalanishadi

Ular konvoy ostidagi shaxslarning qochish holatlarining oldini olish uchun moʻljallangan.

15.07.22

Chet el fuqarolarining qay biri koʻchmas mulk ob’yektini yashash guvohnomasisiz sotib olishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxati tasdiqlandi.

14.07.22

YPX postlarida «yashil» va «qizil» yoʻlak tizimi joriy etiladi

«Yashil» yoʻlakdan huquqbuzarlik sodir etmagan transport, «qizil» yoʻlakdan esa qidiruvda boʻlgan, sugʻurta polisining muddati oʻtgan, texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan jarimasi bor boʻlgan transport vositalari harakatlanadi.

14.07.22

Konsert-tomosha faoliyatidan davlat bojini undirish tartibi oʻzgartirildi

Shuningdek, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga daromad soligʻini deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda toʻlash huquqi beriladi.

14.07.22

«Xavfsiz va ravon yoʻl» umummilliy dasturi tasdiqlandi

Uning doirasida avtomobil yoʻllari infratuzilmasi takomillashtiriladi, trassalarda harakatni boshqarish tizimi va jamoat transporti raqamlashtiriladi, yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytiriladi.

13.07.22

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratiladi

Ular tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish, hunarmandchilikni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, aholiga qoʻshimcha daromad manbai yaratish va ularning bandligini ta’minlash uchun yoʻnaltirilishi mumkin.

13.07.22

Yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi

Markaziy bank 2022 yilning 15 iyulidan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 200 000 soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida ma’lum qiladi.

13.07.22

Neft va gaz sohasida Ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etiladi

Uning vazifalari orasida – ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni oʻzaro integratsiyalash, oʻquvchi va talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish, neft va gaz sohasi uchun mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash bor.

13.07.22

Qoraqalpogʻistonda aholi salomatligini muhofaza qilish faoliyati kengaytiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligida Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat boʻyicha vazirning oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi, bolalar sanatoriysi, tibbiyot markazlari, mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

13.07.22

Xususiy notarial faoliyati: qoidalar va amalga oshirish tartibi

Hukumat tomonidan xususiy notarial faoliyatni tartibga solishga yoʻnaltirilgan qator hujjatlar qabul qilindi.

08.07.22

Soliq maslahati sohasini tartibga solish Soliq maslahatchilari palatasiga oʻtkazilmoqda

Oliy Majlis Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi ishida Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

08.07.22

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin

Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi, fuqarolar va yuridik shaxslar oʻrtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.

08.07.22

Nukusda texnopark tashkil etiladi

Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish «Nukus» texnoparki faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

07.07.22

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining xodimlarini maxsus jamgʻarma ragʻbatlantiradi

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining funksiya va vazifalarini belgilaydigan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

07.07.22

2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi

Uning vazifalaridan biri - innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish.

06.07.22

Paxta hosildorligini oshirganlik uchun subsidiya beriladi

Tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 mln soʻm subsidiya beriladi.

06.07.22

Senatning XXVIII yalpi majlisi 8 iyulda boʻlib oʻtadi

Bu haqdagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida qabul qilindi.

05.07.22

Nodavlat sport-ta’lim muassasalarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi

Belgilangan choralar orasida - sovrindor boʻlgan sportchilar tomonidan tashkil etilgan nodavlat sport-ta’lim muassasalariga davlat tasarrufida boʻlgan zarur bino va inshootlarni ijara toʻlovlarisiz taqdim etish bor.

04.07.22

Qurbon hayiti 9 iyulda nishonlanadi

Prezident tomonidan “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

04.07.22

1 iyuldan nimalar oʻzgardi

Norma.uz portali 2022 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

04.07.22

Qishki sport turlarini rivojlantirish boʻyicha choralar tasdiqlandi

2026 yil Italiyada boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorgarligi boshlandi. Bunga har yili 15 mlrd soʻm ajratiladi.

04.07.22

Yoqilgʻi-energetika resurslariga yangi tariflar belgilandi

Byudjet tashkilotlari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa yuridik shaxslar uchun gaz va elektr energiyaning narxlari oshirilmoqda.

01.07.22

Ijtimoiy yordam kompleks asosda koʻrsatiladi

Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni joriy qilish boʻyicha respublika shtabi tashkil etiladi. Uning vazifalari orasida - oilalarni iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarish va mehnat orqali barqaror daromad manbai bilan ta’minlash choralarini koʻrish bor.

01.07.22

Jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolar moddiy qoʻllab-quvvatlanadi

Tuman (shahar) hokimlari rahbarligidagi idoralararo doimiy komissiyalar sobiq mahbuslarning tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarini moliyalashtirishga mablagʻlar ajratadi.

01.07.22

Yer munosabatlarida nimalar oʻzgardi

Yer uchastkalarini olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.