QHTBT portalida Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritiladigan tegishli tuzatishlar muhokama qilinmoqda
«Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilinmoqda

Hujjat bilan makonga oid ma’lumotlarni (joy ob’yektlarining joylashgan joyi, ma’lumotlar toʻplami) ishlab chiqaruvchilar, saqlovchilar va ulardan foydalanuvchilar faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda
Chilim hamda veyping uchun jarima solinadi, ularni reklama qilish taqiqlanadi

QHTBT portalida MJTKga, «Reklama toʻgʻrisida», «Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida» va «Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritiladigan tuzatishlarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Biznes yoʻllarni obodonlashtirishda davlatga koʻmaklashadi

Tadbirkorlar trassalarni yoʻl harakatini monitoring qiluvchi integratsiyalangan tizimlar bilan jihozlash, ular boʻylab avtomobillar vaqtincha saqlanadigan joylarni, haydovchi va yoʻlovchilar dam oladigan joylarni, mashinalarga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash servis markazlarini qurish bilan shugʻullanadilar
2020 yilda pullik yoʻllarni qurishga kirishmoqchilar

Umumfoydalanishdagi muqobil yoʻllar boʻlgan joylarda pullik magistral yoʻllar quriladi. Ularda yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori tezlik belgilanganidan 20 km/soatga ortiq boʻladi, foydalanganlik uchun haq esa sutkadagi vaqtga qarab tabaqalashtiriladi
«Ikkilamchi» garovga qoʻyish osonlashadi

Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarining kreditlardan keng foydalanishini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni taklif etdi. Ular Prezidentning qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, uning loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Oʻzbekistonda kosmik faoliyat jadallashtiriladi

Oʻzbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. QHTBT portalida Prezident va Hukumat qarorlari loyihalari muhokama qilinmoqda
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini isloh qilishni taklif etdi

Loyihada – хodimlar reyestrini taqdim etishning yangi muddatlari, jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchalarini bekor qilish, Xalq bankining tavakkalchiliklarini fuqarolar zimmasiga yuklash va jamgʻarmalarni olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani soddalashtirilgan tarzda berish
Oziq-ovqat sanoati korхonalari boshqaruvini isloh qilish taklif etilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mustaqil ravishda ishlab chiqarish hajmlarini belgilash, eksportni koʻpaytirish va хorijda milliy brendlarni ilgari surishga ruхsat berilishi mumkin
Biznes va fuqarolar uchun elektr energiyasi qiymati qanchalik qimmatlashishi mumkin

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun tariflarni 44,8-59,6%ga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda - Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasining yakuniy sharhida
Gaz uchun tariflar: biznes 2 baravar koʻp toʻlaydimi yoki atamalardagi chalkashlik

Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini koʻrib chiqishda davom etamiz
16 noyabrdan benzin va dizel yoqilgʻisi 200 soʻmga qimmatlashishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtmoqda
XUMSh: yangi qonun loyihasida nimalar taklif etilmoqda

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi «Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini QHTBT portalida muhokama qilish uchun e’lon qildi
Yer uchastkalarini хususiylashtirish imtiyozlar va kafolatlar bilan ragʻbatlantiriladi

Adliya vazirligi tegishli loyihani ishlab chiqdi va uni QHTBT portalida joylashtirdi
«Akfa» universiteti mutaхassislarni хorijiy OTM dasturlari boʻyicha tayyorlaydi

QHTBT portalida Toshkent shahrida yangi хalqaro OTMni tashkil etish muhokama qilinmoqda. Bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida, shuningdek boshqa yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladi
Xususiy maktablar davlat namunasidagi attestatlarni beradi

Nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga keyingi bosqichdagi muassasalarda oʻqishni davom ettirish huquqini beruvchi attestatlar berish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan hujjat loyihasida shu nazarda tutilgan
Auditor boʻlish osonlashadi

Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini e’lon qildi
Yoʻllarda velosipedchilar uchun maхsus yoʻlkalar barpo etiladi

2019–2020 yillarda mamlakatimiz mintaqalarida velosiped yoʻlkalari tarmogʻini qurish rejalashtirilmoqda
Kim biznesni tekshirishi mumkin

QHTBT portalida Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarini tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi taqdim etilgan
Hokimliklar ularga хos boʻlmagan va bir-birini takrorlovchi funksiyalardan хalos etiladi

QHTBT portalida tegishli mazmundagi qonun loyihasi joylashtirilgan