1 martdan nimalar oʻzgardi
norma.uz portali 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
«Vatan tayanchi» harakati tashkil etiladi
«Vatan tayanchi» otryadlarining faol a’zolariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozlar beriladi.
Favqulodda holat davrida Prezident NHHning amal qilishini toʻxtatib turishi mumkin
«Favqulodda holat toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritildi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi nimalar bilan shugʻullanadi
Prezident qarori bilan Qoʻmitaning huquqlari va moliyalashtirish manbalari belgilandi.
Suv xoʻjaligi ob’yektlarini boshqarishga xususiy sektor jalb etiladi
Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillari joriy etiladi.
Barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi kiritiladi
Prezident tomonidan oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanuvchilarga subsidiyalar ajratiladi
Ularni suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini va suvni tejaydigan sugʻorish tizimlarini xarid qilish va qurishga ajratiladigan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplashga yoʻnaltirish mumkin.
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat: yangi qoidalar
Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizom tasdiqlandi.
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari kredit va imtiyozlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga esa teri xomashyosini yigʻish va tayyorlash kiritildi.
Yangi transport vositalari uchun import bojxona bojlari stavkalari oʻzgartirildi
Xususan, Oʻzbekiston bojxona chegarasidan olib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi transport vositalari uchun bojxona boji stavkasi 2 barobarga pasaytirildi.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvi takomillashtirilmoqda
U tanlov asosida mahalliy investorga ishonchli boshqaruvga beriladi.
“Litsenziya” tizimi 1 martdan ishga tushiriladi
U orqali litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish amalga oshiriladi.
OIV infeksiyasiga qarshi kurash choralari kuchaytirildi
Oʻzbekiston Respublikasida odam immunitet tanqisligi virusi infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha yoshlar faolligida olib boriladigan tizimli targʻibot tadbirlari konsepsiyasi ishlab chiqildi.
2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi
Ular jumlasiga - mamlakatda kambagʻallik darajasini ikki baravarga qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga koʻmaklashish kiradi.
Kooperatorlar subsidiyalarni qanday oladilar
Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga omborxonalarni jihozlash, quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratiladi.
Hududlarda arzon uy-joylar qurilishi hajmi oshiriladi
Qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Yerdan oqilona foydalanish ustidan nazorat qilish prokuratura zimmasiga yuklatildi
Prokuratura organlari zimmasiga yuklatilgan yangi vazifalar orasida - qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va moʻljallanmagan yer uchastkalarini ajratishda Yer kodeksida belgilangan talablarga rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Avtomobilni sotib olish jarayoni avtomatlashtiriladi
1 apreldan boshlab "UzAuto Motors" AJ IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xizmatiga avtomototransport vositasini xarid qilish boʻyicha rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni faqat elektron shaklda taqdim etadi.
Sportni rivojlantirish vazirligi: tuzilmasi va faoliyatini moliyalashtirish belgilandi
Prezidentning 18.02.2022 yildagi «Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-136-son qarori qabul qilindi.
Turizm va madaniy meros vazirligining tuzilmasi tasdiqlandi
Shuningdek, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari belgilandi.
Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etildi
Ular Turizm va sport vazirligi negizida tashkil etildi.
Bojxona organlarining vazifalari kengaytirildi
«Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.
“Huquqiy targʻibotni baholash tizimi” elektron portali ishlab chiqildi
Uning vazifalari orasida - davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha samaradorligi va mas’uliyatini oshirish.
Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasi oshirildi
Shuningdek, nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning qonuniy vakiliga parvarishlash nafaqasi toʻlanadi.
Hokim yordamchilarini ragʻbatlantirish bilan maxsus jamgʻarma shugʻullanadi
Uning mablagʻlari uy-joy ijarasi xarajatlarini qoplash, hokim yordamchilariga oylik mukofotlar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Bu yil Navroʻz bayrami qanday nishonlanadi
Navroʻz umumxalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, har bir koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlari oʻtkaziladi.
Maoshni toʻlashmayaptimi?
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasini bu haqda oʻz vaqtida xabardor qiling, sizga yordam berishadi.
Muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlar tashkil etildi
Bular "Markaziy qizilqum" milliy tabiat bogʻi va "Oqtogʻ-Tomdi" davlat qoʻriqxonasi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


