Subsidiyalar qanday miqdorda ajratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.
Milliy gvardiya instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etiladi
Universitet bazaviy oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi chora-tadbirlar
Ular jumlasiga kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish, soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqini berish, eksport qiluvchilar uchun jarima miqdorlarini kamaytirish kiritilgan.
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi
Belgilangan vazifalardan biri Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish maydonlari taqdim etish orqali yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishdan iborat.
Yoshlar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar jumlasiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiyalar ajratish, talabalarga turar ijarasi boʻyicha oylik ijara toʻlovini qoplab berish ham kiritilgan.
Iqtidorli yoshlar qoʻllab-quvvatlanadi
Shu yildan boshlab iqtidorli yoshlar uchun "Akademik harakatchanlik" dasturi boshlanadi va "Boʻlajak olim" tanlovi oʻtkaziladi.
IIV akademiyasida - ikki bosqichli oliy ta’lim tizimi
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, IIVning Akademiyasida oliy ta’lim tizimi bakalavriat va magistraturani oʻz ichiga oladi.
Yangi tahrirdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Qonun bilan fuqarolarning referendum yoʻli bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, NHH ijrosining monitoringi va nazoratini amalga oshirish huquqi belgilandi.
Ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etilmoqda
Davlat mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa toʻlovlar ajratilgan band boʻlmagan aholi bilan mahalliy mehnat organlari oʻrtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.
Olib qoʻyilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari uchun kompensatsiya qanday toʻlanadi
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokamaga qoʻyilgan.
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun sanksiyalar haqida nimalarni bilish lozim
Soliq toʻlovchi javobgarlikka tortilishi mumkin boʻlgan shartlar talaygina. Sudlarda soliqqa oid nizolarni hal etishda ushbu shartlar e’tiborga olinishi mumkin. Ushbu shartlarni, shuningdek sanksiyalarning prinsiplari va oʻziga xos jihatlarini bilmay turib, ularni qoʻllash oson kechmaydi.
Byudjet ish beruvchining xarajatlarini qoplaydi
Joriy yilning may oyidan boshlab 2023 yil 1 yanvargacha barcha soliq toʻlovchilar-yuridik shaxslarga 25 yoshdan oshmagan shaxslarning mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qaytariladi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari pul mukofoti oladilar
Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan ularga oʻn ikki million soʻmdan toʻlanadi.
Xotira va qadrlash kunini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
2 millionga yaqin yurtdoshimiz janglarda ishtirok etib, ularning 500 mingdan ortigʻi qahramonlarcha halok boʻldi.
Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga – 100 mlrd soʻm
Ushbu mablagʻlar kreditlar berish uchun «Turonbank» ATBga bosqichma-bosqich ajratiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining funksiyalari kengaytirildi
Xususan, respublikada choʻllanishning oldini olish, oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarni koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, togʻ yon bagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish sohasidagi funksiyalar kengaytirildi.
A’lochilarga imtihon xarajatlari qoplab beriladi
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi.
Bojxona. Magistral gaz oʻtkazish quvuri qanday nazorat qilinadi
Mamlakatimiz bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali tabiiy gaz olib oʻtilishi ustidan bojxona nazorati nazorat bojxona posti xodimlari va oʻlchov tarmogʻi mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Iste’molchi mobil xizmatlar toʻgʻrisida nimalarni bilishi lozim
Soʻnggi paytlarda mamlakatimizda turli viktorinalar va boshqa pullik xizmatlarni ulashda kontent-provayderlar tomonidan iste’molchilarning huquqlari buzilishi holatlari koʻpayib ketdi.
Energiya tejovchi qurilmalarga xarajatlar kompensatsiya qilinadi
Xususan, jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlari qoplanadi.
Oʻzbekiston MDHning sanoat sohasidagi bitimiga qoʻshildi
Hujjat Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining hamkorligini kengaytirish, sanoat siyosati boʻyicha Kengashni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Qanday qarzdorlik TSOYaEATda umidsiz deb e’tirof etiladi
TSOYaEATda umidsiz qarzdorliklar sifatida xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning sud qaroriga muvofiq majburiyatlarining tugatilganligi, umumiy da’vo qilish muddatining oʻtganligi va boshqalar e’tirof etiladi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining vazifalari belgilandi
Ular jumlasiga uy-joylarning boshlangʻich badalini toʻlab berish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish ham kiritilgan.
Suv resurslaridan oqilona foydalanishga xususiy sub’yektlar yordam beradi
Ushbu sohada DXShni rivojlantirish 2021 yilda kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, kollektor-drenaj tarmoqlari holatini yaxshilash va boshqalarga yordam beradi
Davlat chegarasi qanday belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Atrof muhit ifloslantirilganligi uchun kimlar toʻlov toʻlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
ASSA akkreditatsiyasidan oʻtgan NTM roʻyxati kengaytirildi
U uchta tashkilot bilan toʻldirildi - British Management University in Tashkent, Management Development Institute of Singapore in Tashkent, «The Graduate School of Business and Entrepreneurship» NTM.
Fuqarolar byudjet jarayonida faol ishtirok etadilar
Prezidentning «Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


