Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi
Agentlikning vazifalari va funksiyalari Moliya vazirligiga oʻtkaziladi.
Davlat mulki ijarasi qancha turadi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2021 yil uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi.
Oʻzgidrometning asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi
Tegishli nizom hukumatning qarori bilan tasdiqlandi.
Davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga jamgʻarma yordam koʻrsatadi
Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xorijda mablagʻlarsiz qolgan oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatiladi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
II Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari boshlandi
Joriy yilda tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxti – Nukusda oʻtkaziladi.
«Zomin» turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi
Zona hududida xalqaro umummavsumiy kurortlar, mehmonxona va turizm majmualari hamda boshqa ob’yektlar barpo etiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ITI tashkil etildi
Institutning vazifalaridan biri qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorodni ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va sertifikatlashdan iborat.
Yerlarning shoʻrini yuvishda tejamkorlik qanday ta’minlanadi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
2021-2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
U qimmatli qogʻozlar chiqarilishini koʻpaytirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning fond bozoridagi ishtirokini kengaytirishga yoʻnaltirilgan.
Yoshlar tadbirkorligi jiddiy qoʻllab-quvvatlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh moliyalashtiriladi
2018-2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan, ulardan 241 tasi boʻyicha kreditlar ajratilmagan.
«Agroservis operator» DUK bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini rivojlantirish bilan shugʻullanadi
Korxonaning vazifalari jumlasiga bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish ham kiritilgan.
Davlat organlari tomonidan avtomobillar qanday sotib olinadi
Yengil avtotransport vositalari, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilerlari hamda distribyutorlaridan sotib olinadi.
Yuridik fanlar oʻqituvchilari qayta tayyorgarlikdan oʻtadi
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markaziga tegishli kurslarni tashkil etish vazifasi topshirildi.
Kino sanoatida qanday oʻzgarishlar boʻladi
Prezident tomonidan kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan qaror qabul qilindi.
Suv xoʻjaligi xodimlarining shaxsan javobgarligi belgilandi
Xususan, suv xoʻjaligi vazirining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul boʻlgan oʻrinbosari suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan maydonlarning hisobini yuritish hamda davlat subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Kino sanoati sohasida islohotlar oʻtkaziladi
«Ipak yoʻli durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali ta’sis etiladi va u 2021 yildan boshlab muntazam oʻtkazib boriladi.
Suv xoʻjaligi vazirligi tuzilmasiga yangi lavozimlar kiritiladi
Xususan, suv xoʻjaligi vazirining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul boʻlgan oʻrinbosari hamda suv xoʻjaligi vazirining DXSh va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha maslahatchisi lavozimlari joriy qilinadi.
Ishsiz fuqarolar kasb-hunarga qanday oʻqitiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishining yangi tartibi tasdiqlandi
Bank kartalarini emissiya qilish, emitentlarning, sotuvchilarning huquq va majburiyatlari, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bank kartalaridan foydalanish tartibi nazarda tutilgan nizom qabul qilindi.
Agrosanoat majmuida suv iste’moli qat’iy hisobga olinadi
Suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanadi, 1 iyulga qadar suvdan foydalanish va suv iste’moli toʻgʻrisidagi hisobotlarni elektron shaklda yuritishni ta’minlovchi dasturiy ta’minot yaratiladi.
Milliy innovatsion ofis tashkil etiladi
Milliy ofisning vazifalari jumlasiga ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratish, joriy etish, koʻpaytirish va ularni tijoratlashtirish ham kiritilgan.
Tabaqalashtirilgan QQS stavkalarini joriy etish samaralimi
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hozirda 15%lik yagona stavka boʻyicha toʻlanadi. Biroq, ayrim tarmoq vakillari pasaytirilgan QQS stavkalarini joriy etishni yoki qandaydir faoliyat turlarini soliqdan ozod qilishni taklif etadilar.
Muborak Ramazon oyi 13 aprelda boshlanadi
Prezident tomonidan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oliy Majlis Senatining XIV yalpi majlisi 23 aprel kuni boʻlib oʻtadi
Bunday qaror 8 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida qabul qilindi.
Tadbirkorlar soliqni boʻlib-boʻlib toʻlashlari mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yangi vazirlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi
Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 156 nafarni, uning hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 980 nafarni tashkil etadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


