Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.10.20

Eksportni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bilan maxsus komissiya shugʻullanadi

Shuningdek, komissiyaning vazifalariga hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl xaritalari"ning ijrosini nazorat qilish ham kiradi.

09.10.20

Shartnoma tuzayotganda qanday qilib «tuzoqqa» tushib qolmaslik mumkin

Shartnoma loyihasini ishlab chiqayotgan taraf, odatda, uni imkon qadar oʻz foydasini koʻzlab tuzadi. Boshqasiga zarar yetkazgan holda bir tarafning foydasini koʻzlaydigan shartlarni qanday aniqlash mumkin, bunday vaziyatda nima qilish lozim?

08.10.20 NHH loyihalari
08.10.20

Yashirin iqtisodiyotni qanday qisqartirishadi

Jamiyat va davlatdan yashiriladigan yashirin iqtisodiy faoliyat hisob va soliq solishdan tashqari boʻladi, ham jamiyatga, ham vijdonli biznesga zarar keltiradi. Uning darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish uchun Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ni farmoni loyihasi tayyorlandi.

08.10.20

Turizm sohasida tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi

Xususan, joylashtirish vositalarini qurish, yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish va boshqalar uchun berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplanadi.

08.10.20

Banklararo toʻlovlarni amalga oshirish tartibi oʻzgartirildi

MB Boshqaruvining qarori bilan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

08.10.20 NHH loyihalari
08.10.20

Katta boʻlmagan YTHni DYHXXsiz rasmiylashtirish taklif qilinmoqda

Tegishli qonun loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

08.10.20 NHH loyihalari
08.10.20

Uy-joy kodeksi yangilanadi

Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

07.10.20

AJ: menejment javobgarligi va axborotni ochib berish

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi.

07.10.20

Qonunlarda – gender tengligi

Bir qator qonunlarga gender tengligi hamda ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan qoʻshimcha himoya qilishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi.

07.10.20

Kabotaj va eko-inspektorlarga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima joriy etiladi

MJTKga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi va uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

07.10.20

Chet el fuqarolarini roʻyxatga olish tartibi soddalashtirildi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashaydigan shaxslarni roʻyxatga olishni tartibga soluvchi 3 ta hujjat tasdiqlandi.

07.10.20

Toshkentda KfW mahalliy byurosi ochiladi

Prezident tomonidan Oʻzbekiston Hukumati va GFR Hukumati oʻrtasida imzolangan Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash boʻyicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim ma’qullandi.

06.10.20

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar aylanmasi soddalashtirildi

Uchastkalarni investitsiya shartnomasi yoki DXSh shartnomasi asosida ijaraga berishga, shuningdek ikkilamchi ijaraga berishga ruxsat berildi.

06.10.20

Qanday oila koʻp bolali hisoblanadi

“Koʻp bolali oila” atamasining yagona tushunchasi kiritilmoqda, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirilmoqda.

06.10.20

Elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021 yildan ishga tushiriladi

Hisoblagichlar birinchi navbatda yirik iste’molchilar va tadbirkorlik sub’yektlarida oʻrnatiladi.

06.10.20

Nukus shahrida opera san’ati maktab-internati tashkil etiladi

Har yili 25 nafardan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. 2021/2022 oʻquv yilida 5, 6 va 7-sinflarga, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab — 5-sinfga.

06.10.20

Agar F.I.O. oʻzgarsa: xodim va buxgalteriya nima qilishi kerak

Insonning familiyasi, ismi va – nazariy jihatdan – hatto otasining ismi ham uning umri davomida turli asoslarga koʻra oʻzgarishi mumkin. Koʻpincha bu xodima, masalan, turmushga chiqqanda yoki aksincha, familiyasini oʻzgartirgan holda ajrashganda roʻy beradi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

05.10.20

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlar sohasida – DXSh yangi modeli

Prezidentning 29.09.2020 yildagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

05.10.20

Sogʻliqni saqlash vazirligida – yangi lavozimlar, tuzilma va ustama

Prezident tomonidan 2020 yil 2 oktyabrdagi PQ-4847-son qaror imzolandi.

05.10.20 NHH loyihalari
05.10.20

Majburiy markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Davlat soliq qoʻmitasi Prezidentning “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi, u muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.

05.10.20

TMQni oluvchidan pasport nusxasini talab qilib olish qonuniymi?

Sotuvchi oldi-sotdi yoki yetkazib berish shartnomalari boʻyicha tovarni berayotganda xaridordan muayyan hujjatlar paketini taqdim etishni talab qiladi. Biroq, amaliyotning koʻrsatishicha, «zarur» va «yetarli» paket, sotuvchining fikricha, turli xil tushunchalardir.

02.10.20

Fuqarolikni qabul qilishda davlat tilini bilish darajasi qanday baholanadi

Talabgorlar ogʻzaki nutqni tushunish, oʻzbek tilida gapira olish, oʻqish va yozish yuzasidan imtihon qilinadilar.

02.10.20

Xivada «Lazgi» xalqaro raqs festivali tashkil etiladi

Bu Prezidentning 2020 yil 28 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

02.10.20 NHH loyihalari
02.10.20

Yana bir BHMSning yangi tahriri taklif qilinmoqda

Moliya vazirligi 1-son Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Moliyaviy hisobotni taqdim etish” loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida joylashtirilgan.

01.10.20

Suv ta’minoti: DXSh, biznesga kompensatsiya va davlat ijtimoiy buyurtmalari

Ichimlik suvi va oqava suv tizimi modernizatsiya qilinadi, ushbu sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligi oshiriladi.

01.10.20

Soliq maslahatchilari funksiyalari kengaytirildi

Prezidentning soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

30.09.20

Shtatdan tashqari xodim bilan mehnat shartnomasini tuzish mumkinmi

Shtatdan tashqari xodimni mehnat shartnomasi boʻyicha qabul qilish mumkinmi yoki u faqat FHX shartnoma boʻyicha ishlashi kerakmi?

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.