Mamlakatimizda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari barpo etiladi
Prezidentning 6.05.2020 yildagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Surxondaryoda yangi trikotaj korxonalari ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020 yildagi “Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali sanoatni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 266-son qarori qabul qilindi.
Karantin: majburiyatlar bajarilmasligi munosabati bilan koʻriladigan shoshilinch yuridik chora-tadbirlar
Karantin ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlardan bosh tortish uchun asos boʻlmaydi. Biznes haqiqatan ham jiddiy muammoga toʻqnash keldi. Biroq bu hammasini koronavirusga «toʻnkash» mumkin degani emas!
Poyabzal toʻgʻri kelmadimi – doʻkonga qaytaramiz
Poyabzal – shunday buyumki, u doʻkonda oyoqda yaxshi turadi, uyda esa uncha yaxshi emas. Poyabzalni qaytarish taomili – sharhimizda.
Pandemiya: Oʻzbekiston 3 toifadagi hududga ajratildi
Sanitar-epidemiologik vaziyatga binoan hududlar koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan belgilandi.
Senatning navbatdagi majlisi 11 mayda boʻlib oʻtadi
Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisini joriy yil 11 may kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Transport mutaxassislarini yangi OTM tayyorlaydi
Prezidentning 5.05.2020 yildagi “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Investitsiya shartnomasi Hukumat bilan qanday tuziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan chet ellik investor oʻrtasida investitsiya shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Toʻqimachilik tarmogʻi kompaniyalariga faoliyatini tiklashga yordam berishadi
Prezident tomonidan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi.
Davlat byudjeti mablagʻlari pandemiya oqibatlarini tugatishga yoʻnaltiriladi
Parlament quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisida 5 may kuni deputatlar tomonidan 4 ta qonun loyihasi qoʻrib chiqildi va qabul qilindi.
Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
Investor kafolatlarni qoʻllash haqida xabar berishi lozim
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan kafolatlarni qoʻllash haqida xabar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Elektron pullarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi belgilandi
Tasdiqlangan qoidalar bilan elektron pullarni chiqarish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish va ularni qoplash mexanizmi belgilanadi.
Hududlar yangi tartib-taomil boʻyicha baholanadi
Prezidentning 1.05.2020 yildagi «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PQ–4702-son qarori qabul qilindi.
Yangi ipoteka tartibi boʻyicha shartlarga tuzatish kiritildi
Pardoz ishlari amalga oshirilmagan kvartirani ipotekaga olish mumkin, kreditning eng koʻp miqdori va muddati oshirildi.
Oziq-ovqat yetishmovchiligiga yoʻl qoʻyilmaydi: qishloq xoʻjaligiga koʻproq yerlar beriladi
Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari bozoridagi tendensiyani inobatga olgan holda, mamlakatimiz rahbariyati mahalliy agrosektor resurslarini eng yuqori darajada jalb qilish, oziq-ovqat ekinlarini 2 baravar oshirish, yuqori hosil olish, yangi ish oʻrinlari yaratishni koʻzlagan.
Odam savdosi, parlement nazorati va psixiatrik yordam
Ushbu sohalarni tartibga soluvchi hujjatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
Farmklaster barpo etish uchun $50 mln gacha yoʻnaltiriladi
"Tashkent Pharma Park" ni tashkil etish loyihasini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi moliyalashtiradi.
Oilaviy pudrat uchun tutzorlar qanday olinadi
Tegishli tartib qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlandi.
1 maydan qanday oʻzgarishlar boʻladi
Yangi aksiz markalari, benzinga erkin narxlar, Boʻstonliq tumanidagi soliq eksperimenti, vaqtinchalik tashqi savdoga cheklovlar hamda iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi va ijtimoiy sohadagi boshqa oʻzgarishlar – sharhimizda.
EHNATni joriy etish jadallashtiriladi
Hukumat Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlarini tasdiqladi.
Iste’molchilar huquqlari: nizolarni sudgacha hal etish tartibi
Da’vo bilan avval sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchiga murojaat etish va nizolar bartaraf etilishining imkoni boʻlmaganda sudga murojaat etish zarur. Ushbu tartib tavsiyaviy tusga ega emas, balki majburiy hisoblanishi kerak
Yuridik ta’limni modernizatsiyalashning yangi bosqichi: nima oʻzgaradi
Prezident tomonidan 29 aprel kuni mamlakatimizda yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha Farmon imzolandi.
Karantinni yumshatish boʻyicha choralar ishlab chiqilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni pandemiya davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.
Mashinalarda hozircha kunu tun harakatlanish mumkin emas
30 apreldan boshlab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha mashinalarda harakatlanishga ruxsat berildi.
Koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinganlar karantinda qanday saqlanadi
Hukumat koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlarni tasdiqladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga topshirildi
Prezidentning 2020 yil 28 apreldagi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
DXSh loyihalarini amalga oshirishning yagona tartibi tasdiqlandi
DXSh loyihalari boʻyicha mahsulotlarga narxlarni shakllantirish va tasdiqlash mexanizmi belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


