Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
25.03.20

Birja savdolari – alohida tovar seksiyalari orqali

Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.

25.03.20

Banklarga 1 oktyabrga qadar kreditlar boʻyicha imtiyozli davr belgilash tavsiya etilmoqda

MB tomonidan «Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida kelib chiqadigan kredit xatarlarini yengillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» xabar berildi.

25.03.20

Kimlarga litsenziya berish rad etilmaydi

Oʻzbekistonda litsenziyalash mexanizmini soddalashtirish va litsenziyalanadigan faoliyat turlari roʻyxatini optimallashtirish nazarda tutilmoqda.

25.03.20

Aholi qanday tartibda roʻyxatga olinadi

16.03.2020 yildagi «Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–611-son Qonun e’lon qilindi.

25.03.20

Qurilish sohasi isloh qilinadi va tajriba oʻtkaziladi

Prezidentning 13.03.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5963-son Farmoni imzolandi.

24.03.20

Pandemiya tufayli savdo cheklanmoqda

Cheklov choralari joriy etilishi haqida koronavirus info Telegram-kanali xabar berdi.

24.03.20

Senatning uchinchi yalpi majlisi onlayn oʻtkaziladi

Majlis 2020 yil 24 mart kuni soat 15.00 da boshlanadi va videokonferensaloqa shaklida oʻtkaziladi.

24.03.20

Respublika ichidagi aviaqatnovlar bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xabar beradi

23.03.20

«Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi nima uchun «Adolat» SDPga yoqmayapti?

Auditorlar, buxgalterlar, baholovchilar va boshqa mutaxassislarning oʻz kasbiy tashkilotlariga majburiy a’zoligi umumjahon tajribasi hisoblanadi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga ushbu xalqaro tajriba yoqmayapti.

23.03.20

Spirt, alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasi avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilinadi

19 iyundan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha «tahlika-tahlil» tizimi faoliyat yurita boshlaydi.

23.03.20

Koronavirus boʻyicha biznesni qoʻllab-quvvatlash. Chora-tadbirlarning yigʻma jadvali

Prezident Farmoni bilan Bosh vazir boshchiligida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tashkil etildi. U yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qiladi va qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

23.03.20

Vatandoshlarimizga fuqarolikni berish soddalashtirildi

15 sentyabrdan chet ellik vatandoshlarimizni Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

23.03.20

Oʻzbekiston fuqaroligini olish uchun yangi talablar joriy etilmoqda

«Fuqarolik toʻgʻrisida» Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi. Qonun yarim yil oʻtgach, biroq ayrim normalari oldinroq kuchga kiradi.

23.03.20

Ma’muriy jarimalarni toʻlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda

Jarima summasining 70%ini 15 kun ichida toʻlagan holda qolgan 30%ini soʻndirmasa boʻladi. Tegishli tuzatishlar MJTKga kiritildi.

23.03.20 NHH loyihalari
23.03.20

Chet el yuridik shaxsi: hisobga qoʻyish uchun qanday hujjatlar kerak boʻladi

QHTBT portalida DSQning Chet el yuridik shaxslarini soliq organlarida hisobga qoʻyishda (hisobdan chiqarishda) taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va shakllarini tasdiqlash haqidagi qarori loyihasi joylashtirilgan.

22.03.20

Biznes va aholini pandemiya vaqtida qoʻllab-quvvatlash choralari belgilandi

Prezident tomonidan iqtisodiyot tarmoqlariga koronavirus pandemiyasi va global inqiroziy holatlarning salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha choralar-tadbirlar tasdiqlandi. Moliya vazirligi hujjatning asosiy tezislarini keltiradi.

21.03.20

Pensiya toʻlovlaridagi huquqbuzarliklar monitoringda aniqlanadi

Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

20.03.20 NHH loyihalari
20.03.20

Soliqlar summasi kamaydimi? Kameral tekshiruv!

QHTBT portalida Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan.

19.03.20 NHH loyihalari
19.03.20

QQS qoplanishining asoslantirilganligini kameral tekshiruv tasdiqlaydi

Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplash va qoplashning asoslantirilganligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

19.03.20

Irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish uchun subsidiyalar qanday beriladi

Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi tasdiqlandi.

19.03.20

Noshirlik va matbaa: narxlar – erkin, litsenziyalar va ruxsatnomalar bekor qilinadi

Prezident 16 mart kuni noshirlik va matbaa sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

19.03.20

Poytaxtda “Raqamli Toshkent” dasturi amalga oshiriladi

Prezidentning 17.03.2020 yildagi “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

19.03.20

Poytaxt shahar yoʻlovchi transporti tizimi optimallashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 16.03.2020 yildagi «Toshkent shahar yoʻlovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 157-son qarori qabul qilindi.

19.03.20

Fuqaroviy va xizmat quroli oboroti qanday litsenziyalanadi

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

18.03.20

1 maydan bogʻchalar uchun toʻlov oʻrtacha 15%ga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari tasdiqlandi.

18.03.20

Yaponiya bilan vizasiz rejim shartlariga tuzatish kiritildi

Hukumat tomonidan Yaponiya fuqarolariga Oʻzbekistonga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

18.03.20

Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasi Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqladi. U rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 18 oy oʻtgach amalga kiritiladi.

17.03.20

«Byudjet» oʻrinlar – ikki baravar koʻpayadi, mutaxassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar – kamayadi, kontrakt 4 ga boʻlib toʻlanadi

Prezidentning 2 martdagi Farmonida 2020 yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan rejalar va loyihalar aks ettirilgan.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.