Xom ipak va ipak momigʻi eksporti boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladi
2019 yil 1 yanvardan qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport qilinadigan xom ashyo tovarlari roʻyxatiga biroz tuzatish kiritildi.
Ai-91 rusumli benzin narxini talab belgilaydi
Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narxi birja savdolari orqali belgilanadi.
Avtotashishlar uchun litsenziyani rasmiylashtirish kamroq vaqt talab etadi
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalashning yangilangan tartibi tasdiqlandi.
Qurilish vazirligi yangi interaktiv xizmatlarni joriy qildi
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini amalga oshirishga guvohnomani olish va qayta rasmiylashtirish uchun arizani YaIDXP orqali berish mumkin.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga – moliyaviy koʻmak
Bu chora-tadbirlar Prezidentning 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son qarorida belgilangan.
Yagona transport tarmogʻi aholining harakatlanish darajasini oshiradi
QHTBT portalida «Transport toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Elektr energiyasiga narx qanday oʻzgaradi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshirilishini ma’lum qildi
1 avgust: biznes va ijtimoiy soha uchun muhim yangiliklar
2019 yil 1 avgustdan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlarni indeksatsiyalash, soliq tizimidagi oʻzgarishlar, mikromoliyalashtirish limitlarining oshirilishi, markirovkalash joriy etilishi va boshqa yangiliklar – mazkur sharhda.
Benzin va dizel yoqilgʻisi 15 avgustdan qimmatlashadi
Yangi narxlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 633-son qarori bilan tasdiqlangan.
Oʻzbekistonda qurol qonuniylashtirildimi
Javobni 29.07.2019 yildagi «Qurol toʻgʻrisida»gi OʻRQ-550-son Qonundan topishga urinib koʻramiz.
Oʻzbekistonning oʻrta shaharlarini rivojlantirishga - $100 mln
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” dastlabki loyihasini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollari ajratadi.
Gender tenglik masalalari Senatga biriktirildi
Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Majburiy mehnat muammolari haqida - har yili Prezidentga axborot beriladi
Bu haqda davlatimiz rahbarining tegishli Farmonida bayon etilgan
15 avgustdan gaz uchun tariflar oʻzgaradi
Bu haqda “Oʻztransgaz” AJ oʻzining saytida xabar berdi.
Buxgalteriya hisobi kursiga qabul boshlandi
«Norma» PRM X.Madalxonovaning «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif etadi. Kurs 19 avgust kuni boshlanadi.
Oʻzbekistonga Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi paviloni ajratiladi
Prezident 2019 yil 30 may kuni Urganch shahrida imzolangan hukumatlararo bitimni tasdiqladi
Bolalar bogʻchasida ovqatlantirish autsorsingga beriladi
Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019 yildagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 626-son qarori qabul qilindi.
Hammasi kadrlar ishini yuritish haqida
«Norma» PRM «Kadrlar ishini yuritish» kursiga taklif etadi. Mashgʻulotlar 5 dan 16 avgustgacha oʻtkaziladi.
Pensiyani istalgan bank kartasiga olish mumkin
Pensiya tizimida keng koʻlamli islohotlar oʻtkazilmoqda. Yangilanishlar munosabati bilan bir talay savollar ham yuzaga kelmoqda. Ulardan ayrimlari – pensiya va nafaqalarni tayinlash va toʻlash, shuningdek ish beruvchilar va ishlaydigan pensionerlarning majburiyatlariga taalluqli masalalarni, tahririyatning iltimosiga koʻra Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasida sharhlab berishdi.
Ta’lim olganlik haqidagi xorijiy hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalashni birlashtirdilar
Yangilangan tartib-taomil joriy etilmoqda, ilgari amalda boʻlgan Nizom oʻz kuchini yoʻqotdi.
Oʻzbekistonning barcha hududlari uchun. Vebinar-praktikum: «Foyda soligʻi»
Vebinarning 50%i – amaliyot, real vaziyatlar va aniq maslahatlarni oʻz ichiga oladi. Har bir qatnashchi foyda soligʻini hisoblashni osonlik bilan tushunib oladi.
Oʻzbekistonda bolalar va ayollar holati monitoring qilinadi
Bu Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi “2020-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 625-son qarorida nazarda tutilgan.
Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish – faqat jismoniy shaxslar oʻrtasida
Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Umumiy ovqatlanish va koʻngilochar muassasalar tunu kun ishlashi mumkin
Buning uchun ular Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi 624-son qarorida belgilangan qator talablarni bajarishi lozim.
Notariat navbatdagi islohotlar boʻsagʻasida
Prezident Farmoni muhokamaga qoʻyildi, unda xususiy notariatga oʻtish, uy-joy oldi-sotdisiga oid bitimlar va avtomobil boshqarishga ishonchnomalarni soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish, notarial harakatlarning yangi shakllarini joriy etish, Notariuslar palatasini tashkil etish va boshqalar nazarda tutilgan.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish qanchaga tushadi
Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar narxlari tasdiqlandi
Andijon viloyatida 5 ta yangi KSZ barpo etiladi
Andijon viloyatining 2019-2022 yillardagi sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Majburiy tibbiy sugʻurta uch bosqichda joriy etiladi
Tajriba 2021 yilda Sirdaryo viloyatida oʻtkaziladi, 2023 yildan Qoraqalpogʻiston, Toshkent, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida, 2025 yildan esa butun mamlakat boʻylab joriy etiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


