Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.04.18

Lizing kompaniyalari: yer soligʻi kimga toʻlanadi

Koʻchmas mulk lizingga sotib olinganda yer soligʻini kim toʻlashi kerak? Lizingga beruvchilar uyushmasi a’zolarining fikriga koʻra, mamlakatimizning soliq toʻgʻrisidagi yangi qonun hujjatida ushbu masala oʻz yechimini topmogʻi lozim

06.04.18

TIV tuzilmasi oʻzgardi, idora yangicha ishlay boshlaydi

Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

06.04.18

Oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari qanday oʻtkaziladi

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun test sinovlari 15 kunda, har kuni ikki smenada oʻtkaziladi. Kunlik test topshiruvchi abituriyentlar soni oʻrtacha 57000–60000 tani tashkil etadi. Natijalar ertasi kuni DTM saytida e’lon qilinadi

06.04.18

Dalillarning soxtalashtirilishi uchun – 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish

«Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi

06.04.18

1 sentyabrdan olimlarning maoshi oshiriladi

Bu Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3655-son qarorida nazarda tutilgan

06.04.18

Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga imtiyozli ipoteka beriladi

Prezidentning 5.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

06.04.18

Dorixonalar dori vositalarini qanday tayyorlaydilar

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (3.04.2018 yilda 2990-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

05.04.18

Davlat xizmatlaridan uyali telefon orqali foydalanish mumkin boʻladi

Haydovchilik guvohnomalarini Xalq qabulxonalari huzuridagi Davlat xizmatlari markazlari almashtirib beradilar. Koʻrsatiladigan xizmatlarning umumiy soni yil oxiriga qadar 87 tagacha koʻpaytiriladi

05.04.18

«Toshkent-Sharqiy» aerodromi oʻrnida zamonaviy aeroport barpo etiladi

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 250-son qarori bilan «Toshkent-Sharqiy» aerodromi bazasida fuqarolik (xizmat) aviatsiyasining zamonaviy aeroport majmuasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi

05.04.18

Paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkilotchilari binolar va uskunalar bilan ta’minlanadi

Vazirlar Mahkamasining 31.03.2018 yildagi «Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 253-son qarori tasdiqlandi

05.04.18

Korporativ plastik boʻyicha cheklovlar bekor qilindi

Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar (3.04.2018 yilda 1470-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) kiritildi

05.04.18

Davlat organlarida ekspert-tahlil guruhlari tuzilmoqda

Prezidentning 29.03.2018 yildagi «Davlat organlarining ekspert-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3628-son qarori qabul qilindi

05.04.18

Fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi asosiy yangiliklar

Yangi tahrirdagi Fuqarolik protsessual kodeksi 1 apreldan kuchga kirdi. Fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasidagi asosiy oʻzgartirishlar va yangiliklar haqida sharhda soʻz yuritamiz

04.04.18

Bolalar bogʻchasiga onlayn yoʻllanma olish mumkin

Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi 244-son qarori bilan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi

04.04.18

Boʻsh turgan davlat sport ob’yektlari «xususiy shaxslar»ga beriladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 28.03.2018 yildagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 248-son qarorida nazarda tutilgan

04.04.18

Kichik biznes kreditlari boʻyicha kompensatsiyalar – 5 foiz bandgacha

Prezidentning 29.03.2018 yildagi PQ-3634-son qarori bilan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga tuzatish kiritildi

04.04.18

Uchta xalqaro hujjat ratifikatsiya qilindi

Prezident Senat tomonidan 29 mart kuni ma’qullangan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi uchta qonunni imzoladi

04.04.18

2019 yildan koʻproq temir yoʻl mahsuloti sertifikatlanadi

Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi 211-son qarori bilan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi

04.04.18

Banklar naqd valyuta bera boshladi

Aprel oyidan boshlab jismoniy shaxslar xalqaro toʻlov kartalariga sotib olingan valyutani naqd shaklda olishlari mumkin. Xalqaro toʻlov kartalariga valyuta oldi-sotdisida ham jismoniy shaxslarning schyotlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilgan

03.04.18

Kredit tashkilotlarida kim rahbarlik qilishi va bosh buxgalter boʻlib ishlashi mumkin

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (30.03.2018 yilda 2989-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari tasdiqlandi

03.04.18

Toshkent Janubiy vokzali 4 apreldan ishga tushadi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ma’lum qilishicha, Toshkent Janubiy vokzali joriy yilning 4 aprelidan oʻz ishini boshlaydi.

03.04.18

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida KSZ tashkil etiladi

Prezidentning 29.03.2018 yildagi PQ–3635-son va PQ–3636-son qarorlari bilan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi nazarda tutilgan

03.04.18

Oʻzbekistonda Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi nishonlanadi

Prezidentning 2.04.2018 yildagi «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

03.04.18

Qurilish vazirligi tashkil etildi

Prezidentning 2.04.2018 yildagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni va «Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3646-son qarori imzolandi

02.04.18

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi tashkil etildi

Prezidentning 30.03.2018 yildagi PQ-3643-son qarori bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi tashkil etildi

02.04.18

Buxgalter, kadrlar boʻyicha xodim yoki yuristni norma.uz saytidan topasiz

Buxgalteriya, kadrlar yoki yuridik xizmat xodimini izlayapsizmi? «Norma» sizga yordam beradi. Mazkur mutaxassislarni izlayotgan kompaniyalar uchun bepul vakansiyalar servisi yaratdik

02.04.18

MB: birinchi chorakda 10 dan ortiq turdagi tovarlar narxi arzonlashdi

Markaziy bank 2018 yil birinchi choragida iste’mol tovarlarining asosiy turlari narxlari sharhini e’lon qildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.