Poytaxt tumanlaridagi har bir sektor alohida qoʻriqlanadi
Bu Prezidentning 14.02.2018 yildagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan
Farmatsevtika mahsulotlari uchun xom ashyo importida QQS boʻyicha imtiyozlar 1 aprelgacha qayta koʻrib chiqiladi
14.02.2018 yildagi qarori bilan Prezident dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyoni import qilishda QQS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash mexanizmini soddalashtirishga doir topshiriq berdi
Sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi axborot – yangi shaklda
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 29.11.2017 yilda 2439-5-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari boʻyicha soliq hisoboti shakllari yangi 4a-ilova bilan toʻldirildi
«Suvoqava» DUK va «Suvsoz» DUK 2 852 nafar nazoratchini qisqartiradi
Bunday chora-tadbirlar Prezidentning Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 15.02.2018 yildagi PF-5343-son Farmoni bilan nazarda tutilgan
Marhamat, 2018 yilgi soliqlarni qanchalik bilishingizni tekshirib koʻring!
Bunda sizga bir.uz tizimi bepul yordam beradi
Toshkent shahri profilaktika inspektorlari oʻz hududlaridagi har bir fuqaroni oʻrganib chiqadilar
Prezidentning 14.02.2018 yildagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Kvartira sotib olish qanday rasmiylashtiriladi?
Oldi-sotdi shartnomasi – turar joy sotib olinishiga doir bitimlarni tasdiqlovchi eng keng tarqalgan hujjat. Soʻnggi yilda uni tuzish taomiliga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Uy-joy sotib olish yoki sotishga qaror qilgan boʻlsangiz, nimalarni bilishingiz kerakligi haqida ushbu sharhda batafsil soʻz yuritamiz
Dunyo boʻyicha eng yaxshi 1 000 ta oliy oʻquv yurtini bitirganlar uchun nostrifikatsiyalash imtihonlarsiz amalga oshiriladi
QHTBT portalida Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomning yangi tahriri loyihasi joylashtirildi
BIR.UZ tanlov e’lon qiladi
Toshkent moliya institutida talabalar, magistrantlar va aspirantlar oʻrtasida buxgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi bilimlarini sinash maqsadida BIR.UZ tizimining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi
2018 yil uchun koʻchmas mulkning kadastr narxlari
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan 2018 yil uchun koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr qiymati belgilandi. Koʻchmas mulkingiz haqidagi batafsil axborotni onlayn rejimida olish mumkin
Tasdiqlangan TIA va TIH yoʻqmi – pul ham yoʻq
Prezidentning 13.02.2017 yildagi texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertiza qilish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ–3527-son qarori e’lon qilindi
Soya yetishtirish uchun – 18,5 ming ga yer va 37 mlrd 740 mln soʻmlik avans toʻlovlari ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 10.02.2018 yildagi 105-son «Respublikada soya yetishtirish hajmlarini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Ijtimoiy dorixonalar tarmogʻi va Internetda maxsus portal paydo boʻladi
Prezidentning “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
SSP Biznes yuritish odobi kodeksini ishlab chiqdi
Hujjat korporativ qadriyatlarni belgilashni nazarda tutadi. Ularga rioya etilishi tijorat tashkiloti va uning xodimlarining ishbilarmonlik odobini belgilovchi va obroʻ-nufuzini shakllantiruvchi asosiy odob-axloq prinsiplariga sodiqligini, tashkilotning raqobatdoshligi va samaradorligini namoyish qiladi, deb ta’kidlanadi xabarda
«Vaqtinchalik propiska qilish» tartibini maksimal darajada soddalashtirish taklif etilmoqda
Adliya vazirligi fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha hisobga olish taomilini soddalashtirishga doir Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqdi
2018 yil fevral oyi pensiya va nafaqa toʻlovlari toʻliq moliyalashtirildi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2018 yil fevral oyi uchun pensiya va nafaqalar boʻyicha toʻlovlarni moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisida xabar berdi
Propiskasiz uy-joy xarid qilishga cheklov boʻlmaydi, davlat boji kamaytiriladi
Adliya vazirligi oʻzining «Huquqiy axborot» telegram-kanalida Davlat boji stavkalariga oʻzgartirishlar loyihasini joylashtirdi
Novatorlar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion modeliga bosqichma-bosqich oʻtilmoqda. Ishga innovatsion yondashish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Novatorlar qanday qoʻllab-quvvatlanadi va ularga qanday imtiyozlar taqdim etiladi? Bu haqda sharhimizda batafsil bayon qilingan
Haydovchilar malakasini oshirish – faqat tijoriy tashishlar uchun
Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda
Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar pasaytiriladi, jazo chorasi 18 yoshdan boshlab qoʻllaniladi
Adliya vazirligi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Mehnat kodeksiga kiritiladigan tuzatishlar paketini ishlab chiqdi. Qonun loyihasi matni idoraning «Huquqiy axborot» telegram-kanali vositasida tarqatildi
Soliq kodeksining yangi tahriri 2018 yil 1 iyulga qadar ishlab chiqiladi
Prezidentning 13.02.2018 yildagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi imzolandi
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishlari 2 oylik muddatda aniqlanadi
Prezidentning 12.02.2018 yildagi Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi F–5209-son farmoyishi e’lon qilindi
Foto va video suratga olish qayerlarda taqiqlanadi
QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jamoat joylari, bino va inshootlarni foto va video suratga olishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirildi
Karantin ruxsatnomasi yoki fitosanitar sertifikati qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasining 29.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va oʻsimliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 65-son qarori qabul qilindi
OAV va jurnalistlar uchun – yangi kafolatlar va majburiyatlar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida» va «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar muhokamasi yakunlandi
Zarur yoʻlakni tanlamadingizmi – huquqbuzarga aylandingiz
DBQ aksiz soligʻi solinmaydigan zargarlik buyumlarini olib kirish me’yorlari toʻgʻrisida eslatib oʻtdi
MB qayta moliyalashtirish stavkasini oʻzgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini joriy yilda yillik 14% darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Kichik hajmli kemalar: roʻyxatdan oʻtkazish, texnik koʻrikdan oʻtkazish va foydalanish
Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari (roʻyxat raqami 2967, 2968, 2969, 6.02.2018 yil) bilan kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish, texnik koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


