Andijon viloyatida texnopark tashkil etiladi
U AKT sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish, ularni ichki va tashqi bozorlarda taklif etish bilan shugʻullanadi.
Eng yaxshi ijodkor yoshlarga «Ilhom» mukofoti beriladi
Uni shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratishda eng yuqori natijalarga erishganlik uchun oladilar.
16 yoshga toʻlmagan bolalarga – 500 ming soʻmdan
Prezident 26 avgust kuni aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Davlat moliyasini boshqarish optimallashtiriladi
2020-2024 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi qabul qilindi.
Iqtisodiy operatorlarning faoliyat yuritish tartibi oʻzgartirildi
Ular 3 turga boʻlindi va, unga bogʻliq holda, bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillarini qoʻllash tartibi belgilandi.
Harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunga tuzatishlar kiritildi
Tegishli 2020 yil 25 avgustdagi OʻRQ-634-son Qonun e’lon qilindi.
Mutaxassislarimiz MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadilar
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oqsu daryosida gidroelektrostansiya quriladi
OTB Oqsu daryosida Rabat va Chappasuy GES hamda Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi uchun Oʻzbekistonga $60 mln ajratdi. Loyihaning umumiy qiymati - $75,3 mln.
Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini qanday baholamoqchilar
Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama etish uchun e’lon qilindi.
Davlat xaridlarini ikkita portalda amalga oshirish mumkin
Elektron tanlov va tenderlarni tashkil qilish boʻyicha muqobil elektron platforma yaratildi.
Qarzlar MHXS boʻyicha qanday aks ettiriladi
MHXS faolroq qoʻllaniladigan vaqt yaqinlashmoqda. Oʻquvchilarimizni qiziqtiradigan savollardan biri – MHXSni qoʻllaganda qarzlarni qanday aks ettirish mumkin? Bu haqda - «Norma» yetakchi eksperti sharhida.
Litsenziya va ruxsatnomalar soni kamayadi, ularni olish osonlashadi
Prezident 24 avgust kuni litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi.
Deputatlar tomonidan 3 ta qonun qabul qilindi va 2 ta soʻrov yuborildi
21 avgust juma kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Davlat xaridlari doirasida import hajmi kamaytirilishi kerak
Prezidentning «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Buxgalterni muddatli shartnoma boʻyicha yollash mumkinmi?
Ba’zan tashkilotda vaqtinchalik xodimni ishga qabul qilishga oqilona ehtiyoj yuzaga keladi. Qonunchilik ham bunga qat’iy muayyan vaziyatlarda yoʻl qoʻyadi. Qanday shartlarda buning imkoniyati mavjudligi - mehnat huquqi boʻyicha “Norma” eksperti sharhida.
Diniy tashkilotlarni roʻyxatga olishni soddalashtirmoqchilar
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi Qonun (yangi tahriri) loyihasi Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, muhokama qilish uchun taqdim etildi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va aksiyalarni olishga rozilik onlayn beriladi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan ikkita yangi xizmat paydo boʻldi.
Qurilishda davlat nazorati yangi reglament boʻyicha olib boriladi
Ob’yektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.
MChJ ustav fondi zarar summasiga qanday kamaytiriladi
MChJ muassislari jamiyat ustav fondini hisobot davri yakunlari boʻyicha koʻrilgan zarar summasiga kamaytirish haqida qaror qabul qildilar. «Norma» eksperti bunday xoʻjalik operatsiyasi qanday amalga oshirilishini tushuntirib berdi
Arxiv ishi sohasida – qoʻshimcha davlat xizmatlari
Ish haqi va ish stajini, ta’lim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash va boshqalar haqidagi arxiv ma’lumotnomalari berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchilarga mukofot toʻlash taklif etilmoqda
Bosh prokuratura Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Samarqandda Turkiyaning Bosh konsulxonasi ochiladi
Turkiya bilan sogʻliqni saqlash, seysmologiya, yoʻllar va yoʻl boʻyi infratuzilmasini qurish, «elektron hukumat» sohasida hamkorlik qilinadi.
Resurs soliqlari boshqa joyga toʻlangan boʻlsa, nima qilish kerak?
Qoidaga koʻra, yuridik shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini soliq solish ob’yekti joylashgan joyda toʻlaydilar . Biroq buxgalter xatoga yoʻl qoʻyib, ularni yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joyda toʻlagan boʻlsa, nima qilish kerak?
Odam savdosidan jabrlanganlar qanday identifikatsiya qilinadi
Yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.
Ichki auditorlarni sertifikatlashni oʻzgartirish taklif etilmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Miting va namoyishlar: qanday tashkil etiladi va oʻtkaziladi
“Miting, yigʻilish va namoyishlar toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Bosh buxgalter boʻlishni istamayman
Direktor buxgalterni uning roziligisiz bosh buxgalter lavozimiga oʻtkazishi mumkinmi? Savolga mehnat huquqi boʻyicha "Norma" eksperti javob beradi.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartibi bitta qonunda boʻladi
QHTBT portalida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


