Oliy ta’lim muassasalariga masofaviy oʻqitishga ruxsat beriladi
«Ikki diplom» («double degree») modeli boʻyicha oʻqitish tizimi ham joriy etiladigan Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi dastlabki ana shunday muassasa boʻladi
Taqiqlangan axboroti boʻlgan saytlar qanday cheklanadi
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Paxtaning qoʻlda terilgan bir kilogrammi uchun 650 soʻmdan 1000 soʻmgacha toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 703-son qarori bilan paxta xom ashyosini qoʻlda va mashinada terish qiymati, shuningdek paxta terish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi oʻzgaradi
Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 702-son qarori bilan tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi
15 sentyabrdan noturar joy ob’yektlaridan foydalanmaganlik uchun sanksiyalar joriy etiladi
Prezidentning 4.09.2018 yildagi «Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
2019 yil 1 yanvardan boshlab maktab xodimlariga – toʻliq pensiya
Bu Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan
Maktabga yaqin yoʻllarda – PPX naryadlari, YHQ buzilishi boʻyicha reydlar - har juma kuni
Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 701-son qarori bilan yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va YTH profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Toshkentda issiq suvni oʻchirish jadvali e’lon qilindi
Toshkentda isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida issiq suv ta’minoti 10 sentyabrdan 12 oktyabrgacha rejali tartibda oʻchiriladi. «Toshissiqquvvati» shu haqda xabar berdi
Oʻzbekistonda kripto-birjalarga qanday talablar qoʻyiladi
Prezidentning 2.09.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3926-son qarori qabul qilindi
Yangi jamgʻarma blokcheyn texnologiyalari joriy etilishini qoʻllab-quvvatlaydi
«Raqamli ishonch» jamgʻarmasi tashkil etildi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqilmoqda. Prezidentning 2.09.2018 yilda e’lon qilingan PQ–3927-son qarorida shular nazarda tutilgan
2018 yil oktyabr oyidan barcha ishlovchi pensionerlarga - toʻliq pensiya
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi shunday taklif kiritib, Prezidentning «Fuqarolarning pensiya ta’minoti samaradorligi va ijtimoiy adolatliligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasini QHTBT portalida joylashtirdi
Xronometraj tartibida nimalar oʻzgartiriladi
QHTBT portalida Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar va xodimlar soni xronometrajini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi
Bolalarning oziq-ovqat mahsulotlariga yangi talablar qoʻyish taklif etilmoqda
QHTBT portalida bolalar oziq-ovqatini ishlab chiqarish, import, reklama va realizatsiya qilishning yangi normalarini oʻz ichiga olgan qonun loyihasi muhokama qilina boshladi
Pasport yoʻqotganda nima qilish kerak
Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Baholovchi sertifikatini qanday olish mumkin
LBMA direktorining buyrugʻi bilan baholovchi malaka sertifikatini berishning yangi tartibi (29.08.2018 yilda 3063-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
1 sentyabr: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
2018 yil sentyabrdan Oʻzbekistonda yangi qoidalar va normativ hujjatlar kuchga kirdi. Ular turli sohalar: biznesni tekshirish, bojxona rasmiylashtiruvi, yer uchastkalarini olib qoʻyish, pedagoglarning ish haqi va boshqalarga daxldor. Sharhimizda qonunchilikdagi eng muhim oʻzgartirishlar haqida qisqacha soʻz yuritamiz
Onlayn-NKMni joriy etish boʻyicha pilot loyihani oktyabrda boshlash rejalashtirilmoqda
Onlayn-NKMni joriy etish boʻyicha pilot loyihani 1.10.2018 yildan 1.03.2019 yilgacha oʻtkazish, uning yakunlariga koʻra esa mamlakatimiz hududida tizimni joriy etish yuzasidan qaror qabul qilish koʻzlanmoqda
Mustaqillik kuni sharafiga 261 nafar mahkum afv etildi
Prezident 30.08.2018 yilda «Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan kimlar Oʻzbekiston mintaqalarida propiska qilinishi mumkin
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar beradi
1 oktyabrdan ayrim litsenziyalovchi organlar oʻzgaradi
81 ta idoralararo kollegial organ tugatilib, ularning vakolatlari tegishli davlat muassasalariga oʻtkaziladi. Tugatilayotganlar orasida faoliyat yuritayotgan litsenziyalovchi organlar ham bor
Xususiy tibbiyot klinikalari qanday ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini davolashlari mumkin
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boʻyicha xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (roʻyxat raqami 3062, 28.08.2018 y.) tasdiqlandi
DBQ rejalari: 3 turdagi yigʻimni qoldirish, 4 ta bojxona yoʻlagini joriy etish
Prezidentning bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir farmoni loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Bojxonachilarga – ustamalar va imtiyozli avtokreditlar
Mazkur imtiyozlar Prezidentning «Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasida taklif etilgan
Tashqi reklama islohoti: ichkaridan nazar
Soʻnggi vaqtda tashqi reklama masalasi matbuotda koʻp munozaralarga sabab boʻlayapti. Koʻplab maqolalarda Toshkent reklama assotsiatsiyasi raisi Anvar Yoʻldoshevning sohani isloh qilishga doir turli masalalar yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari keltirilayapti. Bu fikrlar doim ham toʻgʻri bayon etilmaydi. A.Yoʻldoshev bilan suhbat tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish imkonini beradi
Mamlakatimiz davlat mukofotlari – Tojikiston davlat va jamoat arboblariga
Prezidentning 29.08.2018 yildagi “Tojikiston Respublikasining bir guruh Davlat va jamoat arboblari, madaniyat, fan va sogʻliqni saqlash sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Mustaqillik kuni arafasida davlat mukofotlari topshirildi
Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Prezident farmonlari imzolandi. Hujjatlar matnlari OʻzAda e’lon qilingan
Ishdan boʻshatiladigan xodimga boshqa ishni qanday qilib toʻgʻri taklif etish mumkin
Ish beruvchi taklif etishi kerak boʻlgan boshqa ishga oʻtkazishlar orasida mehnat shartnomasini bekor qilish oʻrniga boshqa ishga oʻtkazish alohida oʻrin egallaydi. Sharhimizda boshqa ishni taklif etish va xodimning boshqa ishga oʻtishdan bosh tortishini qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish, mazkur tartib-taomilning oʻziga xos jihatlari va bunda koʻp yoʻl qoʻyiladigan xatolar haqida soʻz yuritamiz
Avto oynasining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma qanday olinadi
IIV, Bosh prokuratura va DXXning qarori (roʻyxat raqami 3059, 25.08.2018 y.) bilan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


