Harbiy xizmatga chaqirish uchun komissiyalar tashkil etiladi
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Senatining XIX yalpi majlisida senatorlar tomonidan bir qator qonunlar ma’qullandi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uzaytirishlari mumkin
Davlat xizmatlari agentligi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqdi va muhokama uchun joylashtirdi, unda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uzaytirish taklif qilinmoqda.
Qanday buxgalterlik sertifikati bilan auditorlarni imtihondan ozod qilishadi
Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgalterlarning xalqaro sertifikatlari roʻyxati tasdiqlandi.
Talabalarga ijara haqining bir qismi qanday tartibda qoplab beriladi
Prezidentning 20.04.2021 yildagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50%i Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Arxiv ishi va ish yuritish sohasida yangi reglamentlar qabul qilindi
Xususan, yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash hamda mavzuli soʻrovlarni ijro etish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari boʻyicha hisobot berdi
2021 yil yanvar-iyun oylarida respublikamiz iqtisodiyotining YaIM hajmi 6,2%ga oʻsib, dunyoda kechayotgan pandemiyaga qaramay 318,5 trln soʻmni tashkil etdi.
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oliy Majlis Senatining XIX yalpi majlisi 29 sentyabrda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan Senatning yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Davlat xizmatlarini bajarishda muddatni oʻtkazib yuborganlik uchun pullarni qaytarish rejalashtirilmoqda
Muhokamaga qoʻyilgan MV, DBQ, DSQ qarori loyihasi bilan davlat xizmatlari uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarning 50%ini qaytarish nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekistonda yongʻin-qutqaruv sporti rivojlantiriladi
Qutqaruvchilarning jismoniy va kasbiy mahoratini oshirish, iste’dodli sportchilarni saralab olish va milliy terma jamoa zahirasini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ushbu sport turini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Sudyalar oliy kengashi tarkibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
«Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim qanday olinadi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzurida ITIlar tashkil etildi
Bu Lalmikor dehqonchilik ITI, Janubiy dehqonchilik ITI, shuningdek Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasidir.
Oʻzbekistonda xorijiy davlatlar harbiy kadrlari tayyorlanadi
Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash boʻlimlari tashkil etiladi.
Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etiladi
Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida 25 ta velosport turlari boʻyicha boʻlimlar ochiladi.
Sirdaryoda favqulodda hodisa oqibatida zarar koʻrganlarga soliq imtiyozlari taqdim etiladi
2021 yil 24 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
2022–2024 yillarda investitsiyalar borasida nimalar rejalashtirilmoqda
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2022 – 2024 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalar: faoliyat yuritish tartibi
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, tegishli sanatoriylar va pansionatlar tibbiy-ijtimoiy muassasalar hisoblanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni qanday aniqlash mumkin
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun takliflarni taqdim etish, loyihani amalga oshirish boʻyicha eng yaxshi taklifni koʻrib chiqish, investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi va boshqalar nazarda tutilgan Ma’muriy reglament tasdiqlandi.
1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Issiqlik ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
OTB xulosasiga binoan Fransiyaning Veolia Central & Eastern Europe kompaniyasi loyihasi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish boʻyicha eng samarali loyiha deb e’tirof etildi.
Tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Fuqarolarning ushbu jarayoniga jalb etilishi darajasi boʻyicha hududlar reytingi joriy etiladi.
Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish uchun - $30 mln
Mablagʻlarni Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadi. Ularni Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi oʻzlashtiradi.
Umumiy ovqatlanish va savdo ob’yektlari uchun tungi vaqtda xavfsizlik ta’minlanadi
IIV, Milliy gvardiya, FVV tomonidan yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida savdo va koʻngilochar markazlarida qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi.
Xususiy sektor mahallalarda jamoat tartibini saqlaydi
2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrga qadar jamoatchilik nazorati maskanlari negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Suv xoʻjaligi vazirligining vazifalari belgilandi
Suv xoʻjaligi sohasida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Yolgʻiz ayollarga oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olishlari uchun kontrakt puli toʻlab beriladi
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili oʻqishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda tahsil olayotgan 75 nafar, jami 100 nafar xotin-qizlar uchun kontrakt summasini oʻqish yakunlanguniga qadar toʻlab beradi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


