Oʻzbekiston investitsiya portali ishlay boshladi
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi invest.gov.uz saytini taqdim etdi. Resursda investorlar ham, investorni izlayotganlar ham ish uchun foydali axborotni topadilar
QQS boʻyicha mutaxassis boʻlish vaqti keldi
Soliq tizimidagi islohot korxonalar buxgalteriyalarida majburiyatlar qayta taqsimlanishiga, hatto unda yangi xodimlar paydo boʻlishiga sababchi boʻlishi mumkin. Shu munosabat bilan mehnat bozorida turli malakaga ega boʻlgan, shu jumladan QQS hisobini yuritadigan bosh buxgalter yordamchilariga talab oshishi kutilmoqda
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyani onlayn rasmiylashtirish mumkin
YaIDXPda «Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyani qayta rasmiylashtirish» interaktiv xizmati ishga tushirildi
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun ishlab chiqildi
Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, jamoatchilik muhokamasi 21 dekabrgacha davom etadi
Maktab darsliklarini nashr etish tariflarini davlat belgilaydi
Hukumat xalq ta’limini takomillashtirish: nashr etish xizmatlari narxlarini tartibga solish, oʻquvchilarning savodxonligini baholash xalqaro tadqiqotlarini oʻtkazish, oʻqituvchilar uchun koʻkrak nishonini ta’sis etish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qildi
Pullik avtomagistrallarni joriy etishga tayyorgarlik boshlandi
Yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash hamda zamonaviy yoʻl infratuzilmasini tashkil etish sohasiga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etilmoqda
Deputatlar qayta ishlangan soliq-byudjet sohasi qonun loyihasini tasdiqladilar
“Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi quyi palata tomonidan qabul qilindi. Uning mazmunida nima oʻzgarganligi haqida - keyingi oʻrinlarda
Bolalarni maktabga majburiy tayyorlash joriy etilmoqda
2018–2019 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona viloyati va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlangʻich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi
Vakolatli iqtisodiy operatorlar qanday afzalliklarga ega
Davlat bojxona qoʻmitasi Vakolatli iqtisodiy operatorning faoliyatini shakllantirish va tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi
Xronometraj, mavzuga oid va ekspress-oʻrganish boʻyicha qonun loyihasi puxta ishlanadi
Deputatlar «2019 yilga byudjet-soliq siyosati Konsepsiyasi va 2020-2021 yillarga prognoz moʻljallari qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi xususida e’tirozlarini bildirdilar
Inson huquqlari sohasidagi mamlakatimizning xalqaro majburiyatlari kompleks ravishda bajarilmoqda
Prezidentning 10.12.2018 yildagi «Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Audit sohasidagi sanksiyalarni oshirmoqchilar
QHTBTda MJTKga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi taqdim etilgan: auditorlarning mas’uliyat doirasi kengaytirilmoqda, xoʻjalik yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortganligi uchun jarima solish tartibi oʻzgartirilmoqda
Ishlovchi pensionerlar 2019 yildan boshlab toʻliq pensiya oladi
Prezident mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida shu haqda ma’lum qildi
2019 yil 1 yanvardan bojxona yigʻimlari: maqbullashtirishning navbatdagi varianti
QHTBT portalida keyingi yil boshidan joriy etilishi rejalashtirilayotgan bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari berildi
Yil boshidan buyon 623 nafar sudlangan shaxs afv etildi, 590 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlandi
Konstitutsiya kuni munosabati bilan Prezident qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 136 nafar shaxsni afv etish toʻgʻrisidagi Farmonga imzo chekdi
Jihozni oʻzi sozlay oladimi
Yangi yil kirishi bilan: undan avval ham, keyin ham emas, nazorat-kassa mashinasi va terminalni cheklarda QQS aks ettiriladigan qilib qayta sozlab olsa boʻladimi? Buni birovning yordamisiz va resurslarni tejagan holda qanday amalga oshirish mumkin? Ushbu materialda mutaxassislarning tavsiyalari bilan tanishasiz
Davlat organlari tadbirkorlarning hujjatlariga muhr qoʻyilishini kamroq talab qilishadi
Qonunchilik palatasi majlisida 6 dekabr kuni deputatlar toʻrtta qonun loyihasini koʻrib chiqdilar
Suv omborlarida ekoturizmni tashkil etish uchun yerni qanday olsa boʻladi
Yer uchastkalari suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida elektron auksion orqali beriladi. Uni oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 3.12.2018 yildagi 978-son qarori bilan tasdiqlangan
Majburiy tibbiy sugʻurtani bosqichma-bosqich joriy etish 2021 yildan boshlanadi
Prezident 2019-2025 yillarda Sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va uni 2019-2021 yillarda amalga oshirish dasturini tasdiqladi
Pochta «Norma» nashriyotiga kitoblarni qaytarib berishiga nima sabab boʻldi?
16.11.2018 yildagi materialda knigi.uz internet-doʻkoni xaridori buyurtmani oʻz vaqtida olmagan birinchi holat batafsil koʻrib chiqilgan edi. Ushbu materialda vaziyat qanday yakun topgani haqida soʻz yuritamiz va «Norma» nashriyoti direktorining barcha mijozlarga murojaatini e’tiboringizga havola etamiz
Poytaxtda «Tashkent Central Park» quriladi
Yangi kompleks tarkibida besh yulduzli mehmonxona, savdo-koʻngilochar markaz, tijorat banki uchun ma’muriy binolar hamda boshqa inshootlar boʻladi (VMning 5.12.2018 yildagi 991-son qarori)
Kon ajratish dalolatnomalarini berish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 4.12.2018 yildagi 983-son qarori bilan yer qa’ridan foydalanish va uni geologik oʻrganish sohasida boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan
Xalq tabobati xonasida nimalar boʻlishi kerak
«Xalq tabobati» tibbiy ixtisoslashuvning turi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar tasdiqlandi (6.12.2018 yilda 2905-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan)
Elektron savdolarda qum-shagʻal qazib olish huquqini qanday olish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 3.12.2018 yildagi 981-son qarori bilan daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik sub’yektlarini elektron onlayn-auksion orqali jalb qilish tartibi tasdiqlandi
Geodeziya va kartografiya ishlari uchun – yangi ruxsat berishga doir tartib-taomillar
Geodeziya va kartografiya ishlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qarorni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi
«Dekret ta’tili»: nostandart vaziyatlar
Ushbu materialda kadrlar ishi amaliyotida uchraydigan gʻayriodatiy vaziyatlar: buvisi yoki boshqa qarindoshi nomiga bolani parvarishlash ta’tilining rasmiylashtirilishi; xodimaning dekretdan chiqmasdan oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshashi va uning oʻrniga vaqtincha qabul qilingan xodimning keyingi taqdirini koʻrib chiqamiz va tushuntirish beramiz
Terminal va NKM cheklarida QQSni ajratib koʻrsatish kerakmi
Tadbirkorlar soliq solishning yangi tizimiga oʻtishga hozirlik koʻrmoqdalar. Bunda hal qilishni talab etadigan koʻplab savollar yuzaga kelmoqda. Toʻlov terminallari va NKMni cheklarda alohida satrda QQS toʻgʻrisidagi axborot qayd etiladigan qilib qayta sozlash zarurati ham koʻpchilikni qiziqtirmoqda
Avtotashishlarga litsenziyalarni rasmiylashtirish muddatlari qisqartirildi
Bu Vazirlar Mahkamasining 5.12.2018 yildagi 994-son qarorida nazarda tutilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


