Qurilishga zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi
2021 yil oxiriga kelib «Biznes yuritish» hisoboti «Qurilish uchun ruxsatnomalar olish» indikatori boʻyicha jahonning 50 ta ilgʻor mamlakatlari qatoridan oʻrin olish, qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy standartlarini va investitsiyalarni jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani toʻliq qayta koʻrib chiqish koʻzlanmoqda
Shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari roʻyxati yangilandi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (12.11.2018 yilda 3087-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan hujjatning yangi versiyasi tasdiqlandi
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi qanday ishlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tomonidan soliq nizolarini koʻrib chiqish reglamenti loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Innovatsion texnoparklarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi tartibga solinadi
Ular davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritadilar. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Hal qiluvchi soʻzni DSQ aytadi
Nazorat-kassa mashinalariga qoʻyiladigan talablar qachon belgilanadi? Bizda fiskal ma’lumotlarni uzatuvchi qaysi texnologiyalarni qoʻllagan afzal? Norma.uz muxbiri ana shu savollarga javob izlab «Komkassintex» uyushmasiga yoʻl oldi
2019 yildagi qoʻshimcha dam olish kunlari ma’lum boʻldi
Kelasi yilda uchta qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi: 2 yanvarda, 22 martda va 2 sentyabrda. Yanvar, iyun, sentyabr va dekabr oylarida ham dam olish kunlarini koʻchirish amalga oshiriladi
Qonunlardan ustav fondlarining eng kam miqdorlari chiqarib tashlanadi
Adliya vazirligi tegishli tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi, u QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
1 yanvardan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgaradi
Soliq solishning yangi tizimida import va eksport. «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova 2018 yil 20 noyabrda «Norma» PRMda seminar tinglovchilariga bu haqda batafsil soʻzlab beradi
Oʻzbekistonliklar Turkiyada 90 kungacha vizasiz turishlari mumkin
Turkiya Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi
DSQ umumbelgilangan soliqlarga oʻtkazganligi haqida shaxsan xabardor qiladi
Hisobot yili yakunlari boʻyicha 1 mlrd soʻmdan ortiq tovar aylanmasiga ega boʻlgan yoki uni kutayotgan tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishlari zarurligi haqida shaxsan xabardor qilinadi
Miryoqub Haydarov: «Banklar tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda ishonchli yordamchi topdilar»
Mamlakatimizning 8 ta mintaqasida treninglar boʻlib oʻtdi, ularda tijorat banklari xodimlari direktor.uz kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish tizimi bilan ishlashni oʻrgandilar
Valyutaga xarid qilingan AVni hisobga qabul qilish sanasida soʻmga qayta hisoblang
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1299-4, 8.11.2018 yil) bilan 5-son Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar”ga oʻzgartirishlar kiritildi
Chet elliklar uchun Oʻzbekistonda ishlash osonlashadi
Prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan respublika hududida xorijiy malakali mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
2019 yilda JIEBB huzurida Probatsiya xizmati tashkil etiladi
Prezidentning 7.11.2018 yildagi «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4006-son qarori e’lon qilindi
Quvvat beruvchi ichimliklarni sotish – nazoratda, oʻsimliklar karantinini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8 noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida deputatlar 5 ta qonun loyihasini muhokama qildilar
Oʻzini oʻzi ish bilan ta’minlovchilar qanday pensiya oladi?
Hech qanday rasmiylashtirishsiz kirakashlik qiluvchi, xususiy tartibda yollangan holda kunbay haq toʻlanadigan ishlarni va ta’mirlash-qurilish ishlarini bajaruvchi shaxslarni legallashtirish imkoniyati muhokama qilinmoqda
Nazorat qiluvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi oʻzgartirishlarsiz tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 7.11.2018 yildagi 920-son qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
«Norma» PRM: 2019 yilgi soliq solish prognozini tuzish vaqti keldi
Global tadbirkorlik haftaligi doirasida 12 va 16 noyabrda «Norma» professional rivojlanish markazida soliq solish boʻyicha bepul treninglar oʻtkaziladi. Ularda qatnashganlar keyingi paytdagi eng dolzarb savollardan biri: yangi soliq solish tizimining 2019 yildagi korxona foydasiga ta’sirini qanday baholash mumkin, degan savolga javob oladilar
Alohida hududlarda yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar kadastrini kim yuritadi
Vazirlar Mahkamasining 7.11.2018 yildagi 914-son qarori bilan hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi tasdiqlandi
Saylov kodeksi ishlab chiqildi
Loyiha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis palatalari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda tayyorlandi. Uni 15 noyabrga qadar muhokama qilish rejalashtirilmoqda, shu yilning noyabr-dekabr oylarida qabul qilinadi
Birinchi kobeyjing kartalarini chiqarish boshlandi
Bu plastik kartalar Uzcard va UnionPay tizimlarida bir vaqtda ishlashdan tashqari kontaktsiz toʻlovni (NFC) amalga oshirish imkonini beradi
Moʻmin Ashurov: «bir.uz attestatsiya imtihonini istalgan mintaqada oʻtkazishga tayyormiz»
Namanganda bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimining ilk sayyor attestatsiya imtihoni boʻlib oʻtdi. Unda 22 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Shu munosabat bilan muxbirimiz «Norma» PRM direktori Moʻmin Ashurov bilan suhbatlashdi
«Mayda» iqtisodiy ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi
QHTBT portalida Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritiladigan tegishli tuzatishlar muhokama qilinmoqda
Byudjet sohasidagi tibbiyot xodimlari va farmatsevtlarning ish haqlari ikki marta oshiriladi
Prezidentning 7.11.2018 yildagi “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
«Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilinmoqda
Hujjat bilan makonga oid ma’lumotlarni (joy ob’yektlarining joylashgan joyi, ma’lumotlar toʻplami) ishlab chiqaruvchilar, saqlovchilar va ulardan foydalanuvchilar faoliyatini tartibga solish rejalashtirilmoqda
Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomani berish osonlashadi
Toshkentda pilot loyiha ishga tushirildi – bola tugʻilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar Davlat xizmatlari markazlarida «yagona darcha» prinsipi boʻyicha beriladi
Sud organlari apparatlari xodimlariga – imtiyozli ipoteka
Vazirlar Mahkamasining 31.10.2012 yildagi 312-son qarori bilan nazarda tutilgan imtiyozlar Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud va quyi sudlar apparatlari, shuningdek Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlariga tatbiq etildi
Chilim hamda veyping uchun jarima solinadi, ularni reklama qilish taqiqlanadi
QHTBT portalida MJTKga, «Reklama toʻgʻrisida», «Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida» va «Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritiladigan tuzatishlarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


