AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi qanday loyihalarni moliyalashtiradi
Hukumat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini tasdiqladi (VMning 12.10.2018 yildagi 821-son qarori)
Plastik kartalardagi ma’lumotlarni yangi dasturiy ta’minot himoya qiladi
Yagona umumrespublika protsessing markazi Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta’minotini joriy etadi
Investitsiya kodeksi oʻrniga qonun qabul qilinadi
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun ushbu sohaga oid birxillashtirilgan hujjatga aylanadi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hujjatning Konsepsiyasini ishlab chiqdi
Dori-darmonlar – korxona xarajati, yoʻl kartochkasi esa – xodim daromadi
Korporativ plastik karta boʻyicha xarajatlar buxgalterlar uchun koʻpincha bosh ogʻrigʻi boʻladi. Korxona va xodimlarning xarajatlarini chalkashtirib yubormaslik uchun qanday yoʻl tutish kerak? 18 oktyabr kuni «Norma» professional rivojlanish markazida bu borada batafsil yoʻriqnomalarni olish mumkin
2019 yil may oyida fuqarolar yigʻini raisining saylovi oʻtkaziladi
Endi oqsoqollar uch yil muddatga saylanadi. Saylash tartib-taomiliga ham birmuncha oʻzgartirishlar kiritildi
Buxgalteriya autsorsingi: tadbirkor tanlaydi
Buxgalteriya xizmatlari autsorsingi – hozirgi urf emas, biznes uchun amaliy yechim. «Venkon Group» MChJning buxgalteriya xizmati koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Nesibeli Aytmuratova ushbu bozorni rivojlantirish, hisob yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirishda nimalarni bilish kerakligi haqida gapirib berdi
Meros tartibida oʻtadigan xususiylashtirilgan turar joy: qanday oʻzgartirish kiritildi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 32-moddasiga qoʻshimcha kiritildi
2019 yilda biznesingiz qanday holatda boʻladi?
«Biznesingiz keltiradigan foydaga yangi soliq solish tizimining ta’siri qanday baholanadi?» – «Norma» professional rivojlanish markazining bepul seminarlari va vebinarlari turkumida qatnashgan 426 nafar korxona rahbarlari va buxgalterlari bu savolga javob topa oladilar. Koʻp sonli iltimoslarga koʻra PRM 26 oktyabr soat 10.00 va 20.00 da bu mavzuda yana ikkita vebinar oʻtkazadi
Oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining ish rejasi, xorijiy darsliklarni tahrir qilish va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha stavkalar tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyati, oʻquv jarayonini takomillashtirish, ularni oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi
Tibbiyot muassasalarida xalq tabobati kabinetlari ochiladi
Xalq tabobati tibbiy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha usuli sifatida e’tirof etildi. Prezidentning 12.10.2018 yildagi PQ–3968-son qarori bilan uni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Elektr energiyasi va gaz uchun ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish qoidalari tasdiqlandi
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi orqali pullarni qaytarish rejalashtirilganiga nisbatan tezroq amalga oshiriladi (roʻyxat raqami 2902-1, 11.10.2018 y.)
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga vakolatlarning bir qismi qaytarildi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–496-son Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Isitish mavsumi boshlanishi e’lon qilindi
16 oktyabrdan boshlab Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi. Hokimlikning matbuot xizmati hokim tegishli qarorni qabul qilgani haqida xabar berdi
Uy-joy buzilganda faqat mulkdorga kompensatsiya toʻlanadi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 27, 28-moddalariga kiritilgan tuzatishlarni koʻrib chiqamiz
Advokat soʻrovini koʻrib chiqish muddatlari tasdiqlandi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan «Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonun va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
«Buxoro-Agro» EIZga investitsiya qanday kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 6.10.2018 yildagi 803-son qarori bilan «Buxoro-Agro» EIZ uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish hamda qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Buxoro viloyatida kichik sanoat zonalari paydo boʻladi
KSZ davlat mulkining va davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida tashkil etiladi
Chiqishga cheklovni olib tashlash uchun qancha aliment toʻlash kerak
Vazirlar Mahkamasining 6.10.2018 yildagi 808-son qarori bilan alimentlarni oldindan toʻlash va qarzdorning aliment toʻlash majburiyatini garov bilan ta’minlash tartibi tasdiqlandi
Davlat ekologiya qoʻmitasi tuzilmasida yangi muassasalar tashkil etildi
Idoraga uning hududiy boʻlinmalarini mustahkamlash uchun 404 shtat birligi ajratildi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlarining soni esa qisqartirilmoqda
Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar 1 noyabrdan oshiriladi
Indeksatsiya miqdori 10%ni tashkil etadi, ularning yangi belgilangan eng kam qiymati bilan ushbu sharhda tanishish mumkin
Xususiylashtirish soddalashtirildi, kunu tun ishlaydigan savdo, koʻngilochar va umumiy ovqatlanish zonalari tashkil etiladi
Prezidentning 11.10.2018 yildagi “Davlat mulki ob’yektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi
«Akfa» universiteti mutaxassislarni xorijiy OTM dasturlari boʻyicha tayyorlaydi
QHTBT portalida Toshkent shahrida yangi xalqaro OTMni tashkil etish muhokama qilinmoqda. Bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish fundamental, tibbiyot, aniq va gumanitar fanlar sohasida, shuningdek boshqa yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladi
Tovarlarni tashishda qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilganda bojxona toʻlovlari soʻzsiz undiriladi
Ushbu sharhda - bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yoʻqotilganda yoki manzil bojxona postiga yetkazilmaganligi holatlarida import bojxona boji, QQS, aksiz soligʻi va bojxona yigʻimlarini undirish haqida
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshiriladi, yangi sanksiyalar joriy etiladi
10.10.2018 yildagi OʻRQ–495-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tuzatishlar kiritildi
Xususiy maktablar davlat namunasidagi attestatlarni beradi
Nodavlat ta’lim muassasalari bitiruvchilariga keyingi bosqichdagi muassasalarda oʻqishni davom ettirish huquqini beruvchi attestatlar berish rejalashtirilmoqda. QHTBT portalida muhokama qilinayotgan hujjat loyihasida shu nazarda tutilgan
Xavfli ob’yektlarning sanoat xavfsizligi qachon ekspertizadan oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2018 yildagi 784-son qarori bilan buyurtmachining ariza berish va xulosa olish tartibi, ekspertizani amalga oshirish bosqichlari, muddatlari va holatlari belgilandi
Auditor boʻlish osonlashadi
Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasini e’lon qildi
Biznesni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasiga koʻra boʻladilar
Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (5.10.2018 yilda 3075-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


