Uchta xalqaro hujjat ratifikatsiya qilindi
Prezident Senat tomonidan 29 mart kuni ma’qullangan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi uchta qonunni imzoladi
2019 yildan koʻproq temir yoʻl mahsuloti sertifikatlanadi
Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi 211-son qarori bilan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi
Banklar naqd valyuta bera boshladi
Aprel oyidan boshlab jismoniy shaxslar xalqaro toʻlov kartalariga sotib olingan valyutani naqd shaklda olishlari mumkin. Xalqaro toʻlov kartalariga valyuta oldi-sotdisida ham jismoniy shaxslarning schyotlarini masofadan turib boshqarish tizimi joriy etilgan
Kredit tashkilotlarida kim rahbarlik qilishi va bosh buxgalter boʻlib ishlashi mumkin
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (30.03.2018 yilda 2989-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari tasdiqlandi
Toshkent Janubiy vokzali 4 apreldan ishga tushadi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ma’lum qilishicha, Toshkent Janubiy vokzali joriy yilning 4 aprelidan oʻz ishini boshlaydi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida KSZ tashkil etiladi
Prezidentning 29.03.2018 yildagi PQ–3635-son va PQ–3636-son qarorlari bilan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kichik sanoat zonalari tashkil etilishi nazarda tutilgan
Oʻzbekistonda Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi nishonlanadi
Prezidentning 2.04.2018 yildagi «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Qurilish vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2.04.2018 yildagi «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni va «Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3646-son qarori imzolandi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi tashkil etildi
Prezidentning 30.03.2018 yildagi PQ-3643-son qarori bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshida Akkreditatsiya markazi tashkil etildi
Buxgalter, kadrlar boʻyicha xodim yoki yuristni norma.uz saytidan topasiz
Buxgalteriya, kadrlar yoki yuridik xizmat xodimini izlayapsizmi? «Norma» sizga yordam beradi. Mazkur mutaxassislarni izlayotgan kompaniyalar uchun bepul vakansiyalar servisi yaratdik
MB: birinchi chorakda 10 dan ortiq turdagi tovarlar narxi arzonlashdi
Markaziy bank 2018 yil birinchi choragida iste’mol tovarlarining asosiy turlari narxlari sharhini e’lon qildi
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qanday qilib toʻgʻri hisoblash mumkin
JShDS boʻyicha hisobotlarni topshirish vaqti yaqinlashmoqda. Qanday qilib hammasini toʻgʻri amalga oshirish mumkin? Bu savolga SAR/CIPA xalqaro sertifikati va DipIFR diplomi sohibi, soliq va buxgalteriya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga doir masalalar boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin javob beradi
Nodavlat ta’lim muassasalari qanday litsenziyalashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 27.03.2018 yildagi 241-son qarori bilan Nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Turistik yigʻim tabaqalashtiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda
Qishloq aholisi uchun – «Obod qishloq» davlat dasturi
Dasturning oʻzi Prezidentning 29.03.2018 yildagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan, Prezidentning 29.03.2018 yildagi PQ-3630-son qarori bilan esa 2018 yilda uni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan
Soliq tizimini tubdan yaxshilash vaqtinchalik byudjet yoʻqotishlariga olib kelmaydimi?
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan uyushtirilgan Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasi muhokamasida soʻz bordi
Senatorlar Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunni ma’qulladilar
29 mart kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Bir qator qonunlar ma’qullandi, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsman) 2017 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tinglandi
FHDYo, ayollar qoʻmitalari va «Oila» markazi xodimlari har yili malaka oshiradilar
Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 229 va 230-son qarorlari bilan «Oila» markazi hamda oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarning faoliyat yuritishi tartibi belgilandi
Tvitter imkoniyatlaridan biznes yoʻlida qanday foydalanish mumkin?
Ijtimoiy tarmoqlar orasida Tvitterning oʻz oʻrni bor. Mahalliy kompaniyalar orasida undan oʻrinli foydalanib mijozlari va xaridorlari safini kengaytirib borayotganlar koʻp. Tvitter yordamida savdo-sotiq qilish mumkinmi — ushbu sharhda shu kabi savollarga javob topishga urinib koʻramiz
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga qanday hisobga qoʻyiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 238-son qarori bilan Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Markaziy bank narx barqarorligini ta’minlaydi
Markaziy bank Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshirish konsepsiyasini taqdim etdi
Ekish materialini ishlab chiqaruvchilarga 2021 yilgacha soliq solinmaydi
Prezidentning 29.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda joylashtirilgan
Inflyatsion targetlashga oʻtish boshlanadi
Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshirish konsepsiyasida inflyatsion targetlashga oʻtish belgilangan
Qaysi buxgalterlarga talab katta
Mehnat bozorida qaysi mutaxassislarga talab yuqoriroq? Qanday qilib yuqori haq toʻlanadigan buxgalter boʻlish mumkin? Bunda SAR/CIPA xalqaro sertifikati va DipIFR diplomi sohibi, soliq va buxgalteriyaga oid qonun hujjatlari masalalari boʻyicha maslahatchi Igor Aipkin yordam beradi
Oliy ta’lim muassasasida «oshirilgan toʻlov-kontrakt» asosida oʻqish: toʻlov tafsilotlariga aniqlik kiritildi
Moliya vazirining buyrugʻi (27.03.2018 yilda 2431-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Strategik xaridorlar soni koʻpaydi
Prezidentning 27.03.2018 yildagi PQ–3625-son qarori bilan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi
Oʻsimliklar karantini sohasida nazorat kuchaytiriladi va javobgarlik oshiriladi
Prezidentning 28.03.2018 yildagi «Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Issiqkoʻlgacha boradigan poyezdlar chiptalariga chegirmalar
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Issiqkoʻl yoʻnalishi boʻylab harakatlanadigan poyezdlar uchun chiptalarga 22 martdan boshlab chegirmalar amal qilmoqda
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


