Poytaxt va viloyatlarda bandlikka koʻmaklashish markazlarining yangi binolari quriladi
Vazirlar Mahkamasining15.01.2018 yildagi 27-son qarori bilan 2018 — 2021 yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda «Aqlli tibbiyot» tizimi joriy etilmoqda
Oʻzbekistonda Yagona tibbiyot axborot markazi va «Aqlli tibbiyot» tizimi joriy etilmoqda. Ishga mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilari va innovatsion texnologiyalar mutaxassislari jalb etilgan
Ma’muriy sudlar qanday ishlarni koʻrib chiqadi
Ushbu sharhda – qabul qilingan Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga binoan ma’muriy sudlarning taalluqliligi toʻgʻrisida
Soliq organlari «1198» qisqa raqami orqali aholini eshitadi
Davlat soliq qoʻmitasi fuqarolarning shikoyatlari, murojaatlari va takliflarini qabul qilish uchun maxsus telefon raqami ishga tushirilganligi haqida xabar qildi
2018 yil uchun paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 25.01.2018 yildagi 53-son «Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlar onlayn qabul qilinadi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish” interaktiv xizmatini ishga tushirdi
OʻzMAA samaradorligini Vazirlar Mahkamasi baholaydi
Vazirlar Mahkamasining 30.12.2017 yildagi 1038-son qarori bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Moliya, soliq va bojxona organlari ishi 15 aprelgacha qayta koʻrib chiqiladi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi F–5182-son farmoyishi bilan Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarni tanqidiy oʻrganish va tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya tashkil etildi
Ella Semennikova: «Bir.uz talab yuqori boʻlgan resursga aylanadi»
Vir.uz malakani baholash tizimini birinchilardan boʻlib sinab koʻrgan buxgalterlardan biri – «Betomax Beton» MChJ bosh buxgalteri Ella Aleksandrovna Semennikova. U mazkur oʻquv platformasining amaliy qoʻllanilishi boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturi qabul qilindi
Prezidentning 25.01.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Adliya vazirligi davlat organlarini malakali huquqshunoslar bilan toʻldiradi
Adliya vazirligi joriy yilning yanvar va fevral oylarini “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlaridagi vakant shtat birliklarini malakali huquqshunoslar bilan toʻldirish oyligi” deb e’lon qildi.
Poyezdga oldindan chipta xarid qilganlar uchun 45%gacha chegirma
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ joriy yilning yanvar oyidan boshlab yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha imtiyozlar berilishini e’lon qildi.
Qashqadaryodagi tarixiy obidalarga QR-kodlarni joriy etish boshlandi
Shahrisabz shahrida joylashgan tarixiy obidalar, mehmonxonalar va boshqa sayyohlik sohasi ob’yektlari QR-kodlar bilan jihozlandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oliy yuridik ta’lim uchun kvota oshiriladi
2018 yil uchun Davlat dasturi yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olgan
Boʻshatilganlar ustidan ma’muriy nazorat takomillashtiriladi
2018 yil uchun davlat dasturi bilan (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) «Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish nazarda tutiladi
Iqtisodiy protsessual kodeks tasdiqlandi
24.01.2018 yildagi OʻRQ-461-son “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonun Xalq soʻzi gazetasida e’lon qilindi
Oʻzbekistonda “Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinadi
Qonun loyihasini ishlab chiqish 2018 uchun Davlat dasturida nazarda tutilgan
Xususiy klinika kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganligi uchun uning rahbari jazolanadi
Prezident 25.01.2018 yildagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
Advokatlik tuzilmalari uchun YaIT kamaytiriladi
Advokatura tuzilmalari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning mustaqilligini ta’minlash va soliq imtiyozlarini taqdim etish 2018 yil uchun Davlat dasturida oʻz aksini topgan
Xorijga chiqadiganlar xavfsizligi nazoratga olindi
Vazirlar Mahkamasining 23.01.2018 yildagi 42-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoʻlovchi tashuvchi avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etildi
Qanday soliq toʻlovchilar yirik soliq toʻlovchilar deb topiladi
QHTBT portalida Davlat soliq qoʻmitasining "Yuridik shaxslarni “yirik soliq toʻlovchilar" toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash hamda ular boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasi joylashtirilgan
YPX va PPX xodimlari videokameralar bilan ta’minlanadi
IIO xodimlari tomonidan sodir etiladigan poraxoʻrlik va boshqa suiiste’molliklarni oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar 2018 yil uchun Davlat dasturidan oʻrin olgan
Strategik xarid qiluvchilarga tender oʻtkazmaslikka ruxsat berildi
Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ-3487-son «Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Yangi FPK 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi
Fuqarolik protsessual kodeksining yangi tahriri e’lon qilindi. U 22.01.2018 yildagi OʻRQ–460-son Qonun bilan tasdiqlangan
Foizlar boʻyicha kompensatsiya va kafillikni rasmiylashtirish mexanizmlari jadallashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 15.01.2018 yildagi 26-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Bankni roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji – 100 mln soʻm
Vazirlar Mahkamasining 17.01.2018 yildagi 31-son qarori bilan bankni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim hamda bank roʻyxatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori tasdiqlandi
Qachon «in bulk» farmmahsulotga QQS boʻyicha imtiyozlar va davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanadi
Prezidentning 23.01.2018 yildagi «Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Yuqori texnologiyali loyihalar 5 yilga soliqlardan ozod etildi
Bu Prezidentning 22.01.2018 yildagi «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


