Qizilmiya eksportyorlari yigʻimdan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasining 14.04.2017 yildagi 210-son qarori bilan yalangʻoch qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berildi
Tashqi savdo vazirligi tuzilmasi tasdiqlandi
Prezidentning 13.04.2017 yildagi PQ-2887-son Qarori bilan Tashqi savdo vazirligining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Mahalliylashtirish dasturiga 12 ta loyiha kiritildi
Vazirlar Mahkamasining 10.04.2017 yildagi 197-son qarori bilan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritildi
Oʻzbekistonda Tashqi savdo vazirligi paydo boʻladi
Prezidentning 13.04.2017 yildagi «Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda e’lon qilindi
Huquqiy targʻibot faolroq oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 apreldagi 175-son qarori bilan yangi Huquqiy targʻibot va ma’rifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Idoralararo kengash va uning hududiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Dori vositalarini ulgurji, chakana realizatsiya qilish va yoʻq qilish qanday amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2017 yildagi 185-son qarori bilan farmatsevtika sohasidagi 3 ta nizom tasdiqlandi. Qator amaldagi hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotadi. Qaror 1.07.2017 yildan kuchga kiradi
Tovarni vaqtincha olib kirish va olib chiqish muddatini koʻrsating
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2778-1, 2017 yil 6 aprel) bilan «Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Sudyalar zaxirasiga qanday kirish mumkin?
«Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi. Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi
Elektron savdoning yangi qoidalari ishlab chiqildi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Axborot vositachilarining axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdoni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi
Turfirma qanday qilib litsenziya oladi?
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2017 yildagi 189-son qarori bilan Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi. Avvalgi Nizom (11.11.2003 yildagi 497-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻz kuchini yoʻqotdi
500 eng yaxshi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiyalanadi
Vazirlar Mahkamasining 3.04.2017 yildagi 173-son «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qarori e’lon qilindi
IIVda keng koʻlamli oʻzgarishlar roʻy beradi
Prezidentning 10.04.2017 yildagi «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda e’lon qilindi
Pensionerlarning shaxsiy kartochkalari elektron formatga oʻtkazildi
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2657-2, 2017 yil 4 aprel) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlarni toʻlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi
Boshqa hududdan kelganlar Toshkentda kvartira sotib olishlari va propiska qilinishlari mumkin
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida boshqa hududdan kelganlar va chet elliklarga yangi qurilgan uy-joylarda turar joy sotib olish yoʻli bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini berishga qaratilgan 2 ta NHH loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Ayrim tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi pasaytirildi
Prezidentning 31.03.2017 yildagi PQ-2862-son Qarori bilan mamlakat hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Inspeksiya yoʻl quruvchilariga jarima soladi
Vazirlar Mahkamasining 31.03.2017 yildagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida” qarori e’lon qilindi
Qachon YaSTdan majburiy ravishda umumbelgilangan soliqlarga oʻtkazishadi?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan korxonalarga nisbatan Soliq kodeksiga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda
Xizmatni oʻtagan abituriyentlarga toʻplagan ballarining yarmi qoʻshiladi
Prezidentning 4.04.2017 yildagi PQ–2867-son Qarori bilan muddatli harbiy xizmatni oʻtagan oliy ta’lim muassasalari abituriyentlari uchun imtiyoz miqdoriga tuzatish kiritildi
Turin politexnika universiteti 2017 yilda qancha talaba qabul qiladi?
Vazirlar Mahkamasining 5.04.2017 yildagi 180-son “2017/2018 oʻquv yiliga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qabul toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Yana bitta tashkilot xodimlarini poytaxtda propiska qilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 5.04.2017 yildagi 179-son qarori bilan rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi
Ayrim kichik biznes sub’yektlari uchun shtatlarni oshirishga ruxsat berildi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2017 yildagi 184-son qarori bilan Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasniflagichiga oʻzgartirishlar kiritildi
Konstitutsiyaga tuzatishlarning bir qismi kuchga kirdi
«Xalq soʻzi» gazetasida «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi
Xalqaro shartnoma faqat ekspertizadan keyin imzolanadi
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi. Loyihaning matni bilan Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida tanishish va fikr-mulohazalarni qoldirish mumkin
Elektrotexnika chiqindilari utilizatsiyasi boʻyicha loyiha 11 apreldan ishga tushiriladi
«Toshrangmetzavod» AJ Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi koʻmagida aholi va yuridik shaxslardan ishlatib boʻlingan elektron texnikasini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushiradi
Oromgohga tibbiy koʻrikdan oʻta olmasa – ota-onalarga yoʻllanma qiymatining 85%i qaytariladi
Xalq ta’limi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2872, 2017 yil 31 mart) bilan yangi Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning yangi tizimi ishga tushirildi
Tizim Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bank, “Elektron hukumat” markazi tomonidan BMTning Taraqqiyot Dasturi koʻmagida ishlab chiqilgan
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar qanday sotiladi?
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi
«Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinadi
«Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


