Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari tasdiqlandi
Issiqlik ta’minoti xizmatlarining aholi uchun belgilanadigan narxlari joriy kuz-qish mavsumida oshirilmaydi.
Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlgan harbiylar oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Ularga halok boʻlgan harbiyning 12 yillik oylik ish haqi toʻlab beriladi.
Kimlar «Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi
Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13 oktyabr – Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan topshiriladi.
Yangi tahrirdagi «Davlat chegarasi toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi
1999 yilda qabul qilingan qonunda davlat chegarasi bilan bogʻliq asosiy tushunchalar berilmagan, huquqbuzarliklarning alohida toifalari tasnifi yoʻq edi.
Shaharsozlik sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etilmoqda.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi
2023 yil 14 sentyabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Idoraviy koʻriqlash xizmati xodimlarining eng koʻp soni belgilandi
Milliy gvardiya Qoʻmondoni tomonidan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari postini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.
Joriy yilda qanday islohotlar yakunlanadi
Prezident «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi.
Kemachilik sohasida xavfsizlikni ta’minlash qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan kemalarning suv yoʻllarida harakatlanish tartibi, ularga texnik xizmat koʻratish va ta’mirlash qoidalari, kemalarni foydalanishdan chiqarish shartlari va boshqa ishlarni tartibga soluvchi qator hujjatlar qabul qilindi.
Yagona milliy baholash standarti yangilanadi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining «Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi buyruq loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi: asosiy gʻoyalar
Strategiyaning asosiy gʻoyalari – Oʻzbekistonning barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olishi, aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish va boshqa masalalardan iborat.
Yuridik shaxslar uchun energiya resurslari tariflari oʻzgarishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Jamoatchilik muhokamasi 23.09.2023 yilgacha davom etadi.
Onalar va bolalar salomatligi markazi tashkil etilmoqda
Hududiy perinatal markazlari, «Ona va bola skrining» markazlari negizida uning filiallari tashkil etiladi.
Investorlar uchun ayrim davlat xizmatlari maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan koʻrsatiladi
Ular qatorida – investitsiya loyihalarini joylashtirish, ishtirokchilarni roʻyxatga olish va ular bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash tadbirlari bor.
Davlat hisobidan jalb etilgan advokatlar uchun toʻlov haqi miqdorini tabaqalashtirish rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida»gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida qanday oʻzgarishlar yuz beradi
Xususan, uning tuzilmasiga Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi oʻtkaziladi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti yakunlari: korxonalar qanday moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»da tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning uchun ruxsatnoma beradi
Ruxsatnomasiz faoliyat uchun BHMning 150 baravari miqdorda jarima qoʻllaniladi.
Maqom san’ati sohasidagi arboblar ustamalar bilan qoʻllab-quvvatlanadi
Ustamalar respublika hududlarida va xorijiy davlatlarda gastrol konsert-tomosha tadbirlarida qatnashganlik, mumtoz musiqa yoʻnalishida maqom namunalariga xos asarlarni yaratganlik va ularni notaga olganlik va boshqalar uchun hisoblanadi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boʻyicha soliq tizimida nimalar oʻzgaradi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi tasdiqlandi.
Sobiq mahbuslarning ish beruvchilariga bir marotabalik subsidiya toʻlanadi
Subsidiyani olish uchun kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi yoki YaIDXP orqali murojaat etish lozim.
Olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutasi miqdori oshirilmoqda
Shuningdek, bojxona xodimlari deklaratsiya toʻldirish boʻyicha tavsiyalar beradilar.
Reklama joyi pasporti YaIDXP orqali beriladi
Shuningdek «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda.
Kapital bozori Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazoratiga oʻtkazilmoqda
Ushbu sohada toʻrtinchi marotaba regulyator oʻzgarmoqda.
«Ibratli oila» koʻkrak nishoni bilan kimlar mukofotlanadi
Koʻkrak nishoni oilalarga Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali tarzda topshiriladi va ularga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
«Xalq salomatligi posboni» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.
Toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun kreditlar hajmi ikki baravarga oshiriladi
Bu Prezidentning «Toʻqimachilik sanoatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.
Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatish tartibi belgilandi
Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


