Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga aksiz soligʻi
2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga oxirgi iste’molchiga benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz soligʻi joriy etiladi
Mavzuli ekspress-oʻrganishlar muddati yetti kungacha uzaytirildi
Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq oʻrganishlar soliq nazorati shakllari roʻyxatiga kiritildi
YaIT va fuqarolarning sugʻurta badallari – 2019 yilda qanday yangiliklar kiritiladi
2019 yildan boshlab fuqarolarning sugʻurta badallari bekor qilinadi. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar YaIT toʻlaydilar
Pasportlashtirish oʻrniga - soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish
Soliqlarni hisoblash uchun asos boʻladigan soliq toʻlovchilarni koʻzdan kechirish dalolatnomalarini tuzish nazarda tutilgan edi. Parlamentdagi munozaralardan keyin yengilroq variant qabul qilindi
Foyda soligʻini toʻlash osonlashadi
Foyda soligʻi boʻyicha asosan soliq stavkalariga, shuningdek chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi
YaST – 2019: yillik aylanmaga qarab toʻlanadi, bazaviy stavka pasaytiriladi
Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida YaST oʻrniga aylanmadan (yalpi tushumdan) soliq joriy etilishi nazarda tutilgan edi. Biroq soliqning mavjud nomini saqlab qolishga qaror qilindi, ya’ni aylanmadan (yalpi tushumdan) soliq ilgarigidek – yagona soliq toʻlovi deb nomlanadi
Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan staj va ish haqini hisobga olish tartibiga qanday oʻzgartirish kiritiladi
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonunga qarang)
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bekor qilindi
2019 yildan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar bekor qilinadi. 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi pasaytiriladi
2019 yildan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi miqdori kamayadi, uni kichik korxonalar toʻlay boshlaydi
Yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi
2019 yildan yuridik shaxslar uchun qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi (24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonunga qarang)
Soliqlarni toʻliq toʻlamay, xato qilganini oʻzi aniqladi - kamroq penya toʻlaydi
2019 yildan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori oshiriladi va tabaqalashtiriladi
IIVning bayrogʻi va emblemasi tasdiqlandi
Prezidentning 24.12.2018 yildagi PF–5602-son tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan
Davstatqoʻm hisobot topshirish muddatlarini koʻchirdi
Bu dam olish kunlarini koʻchirish va qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash bilan bogʻliq (12.11.2018 yildagi PF-5574-son Prezident Farmoniga qarang)
Yangi yoʻlaklar bojxona nazoratini jadallashtirishda qanday yordam beradi
Xavflarni monitoring qilish va baholash boshqarmasi boshligʻi Ilhom Muxtorov maxsus muxbir Gulnora Abdunazarova bilan suhbatda bojxona nazorati shakllarini toʻrt yoʻlakli tabaqalashtirishning yangi tizimi va uning faoliyatiga oid xususiyatlar haqida soʻzlab berdi.
Bojxona xodimlari kuni belgilandi
Prezident tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi
Sudyalarga imtiyozli avtokreditlar beriladi
Vazirlar Mahkamasining 20.12.2018 yildagi «Sudyalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 1036-son qarori qabul qilindi
Vakolatli iqtisodiy operatorlar: yangi institut, yangi imkoniyatlar
Oʻtgan payshanba kuni, 20 dekabrda «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat bojxona qoʻmitasi BMT TD bilan birgalikda ushbu yangilikka bagʻishlangan seminar oʻtkazdi. Unda Tashqi savdo vazirligi, DSQ, SSP, Iqtisodiyot vazirligi, LBMA, Bosh prokuratura, biznes-hamjamiyat va OAV vakillari ishtirok etdilar
SSP biznesni tekshirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarni qabul qiladi
Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining jamoatchilik ekspertizasi oʻtkazildi, natijalar bilan tanishib chiqishingiz hamda hujjat yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflaringizni yuborishingiz mumkin
Eksport boʻlmasa, EIZ ishtirokchisi maqomi ham boʻlmaydi
Prezidentning 21.12.2018 yildagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Shaharliklarga dehqon xoʻjaligi uchun yer olishga ruxsat berildi
21.12.2018 yildagi “Qishloq xoʻjaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-506-son Qonun e’lon qilindi
Hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisidagi faktlar Qizil kitob tuzuvchilariga xabar qilinishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishning yangi tartibini tasdiqladi
Naqd pullarni bankomat orqali bank kartasiga oʻtkazish mumkin
Uzcard plastik kartalari saqlovchilari uchun bankomatlar orqali bank kartalari hisobini naqd pul mablagʻlari bilan toʻldirish imkonini beradigan yangi xizmat yoʻlga qoʻyildi
Yelena Kovtun: «Attestat olishimga ishongan holda bir.uz tizimidagi navbatdagi imtihonga ketayapman»
Ertaga, 2018 yil 22 dekabrda Namanganda bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimining navbatdagi attestatsiya imtihoni boʻlib oʻtadi. Yelena Kovtun – unga jiddiy tayyorlanayotganlardan biri. Juda bandligiga qaramay, boʻlajak voqeadan kutayotgan natijalari haqida soʻzlab berishga vaqt topdi, resurs haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi
Bojxona va erkin omborlarni, «Duty free» doʻkonlarini litsenziyalash tartibi yangilandi
Koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish uchun ruxsat beruvchi tartib-taomillarni tartibga soluvchi nizomlar yangi tahrirda tasdiqlandi va 2019 yil 20 martdan kuchga kiradi
Biznesni elektr tarmoqlariga ulash soddalashtirilmoqda
Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (VMning 19.12.2018 yildagi 1030-son qaroriga qarang)
Prezident QQSga oʻtishning ayrim tafsilotlarini ochib berdi
Soliq ikki yil mobaynida bosqichma-bosqich joriy etiladi. Tovar aylanmasi 1 mlrd soʻmdan 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan korxonalar QQSni ixtiyoriy ravishda soddalashtirilgan tartibda toʻlaydi
«Elektron tijorat toʻgʻrisida»gi Qonunni yangilamoqchilar
QHTBT portalida ushbu hujjatning yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan
Jismoniy shaxslar foydalanilmayotgan noturar ob’yektlar uchun haq toʻlashlariga toʻgʻri keladi
Endi ular mol-mulk soligʻi va yer soligʻini ham oshirilgan stavkalarda toʻlashlari kerak boʻladi. 100 EKIHdan ortiq soliq qarzi boʻlganda esa sud orqali qarzlarni qoplash hisobidan undiruv ob’yektga qaratiladi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



