Poytaxtda kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium tashkil etildi
Prezidentning 24.05.2017 yildagi PQ-2996-son “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Iqtisodiyot vazirligining yangi strategik vazifalari
Prezidentning 28.04.2017 yildagi PQ–2934-son Qarori bilan Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga strategik vazifalar va yoʻnalishlarni amalga oshirish vazifasi yuklandi hamda uning tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi yangilandi
Mehnat vazirligi qayta tashkil etildi
Prezidentning 24.05.2017 yildagi Farmoniga binoan Mehnat vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil etilmoqda. Idoraning ustuvor vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga tuzatishlar kiritildi, mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi oʻrnatildi
Bitiruvchilar boʻyicha YaIT ikki baravar pasaytiriladi
Prezidentning “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Bu haqda OʻzA axborot agentligi xabar berdi
«Tashabbus-2017» tanlovi gʻoliblari e’lon qilindi
Toshkentda har yili oʻtkaziladigan «Tashabbus-2017» koʻrik-tanlovi yakunlari chiqarildi. «Yilning eng yaxshi tadbirkori» nominatsiyasida "Torimed Pharm" farmatsevtika korxonasi rahbari Ahadjon Shukurov gʻolib boʻldi. Ahmad Arabov «Yilning eng yaxshi hunarmandi» deb e’tirof etildi. Faxriddin Ismoilov «Yilning eng yaxshi fermeri» deb e’lon qilindi
Yongʻinga qarshi xavfsizlik yangi darajaga chiqadi
Prezidentning 23.05.2017 yildagi qarori bilan ichki ishlar organlari yongʻin xavfsizligi boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Da’vo ishlari qanday yuritiladi. 1-qism
Ushbu sharhda – tashkilot manfaatlarini himoya qilish uchun sudlarga da’vo taqdim etish boʻyicha mualliflik tavsiyalari berilgan
Imtiyoz uchun huquqni ma’lumotnoma-hisob-kitob tasdiqlaydi
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻi nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qoʻmitasi xalqaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi
Prezidentning 19.05.2017 yildagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etildi
Senatning oʻninchi yalpi majlisi 27 may kuni oʻtkaziladi
Senat Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi yalpi majlisini shu yilning 27 may kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi
Tashlab qoʻyilgan korxonalarni tugatish tezroq amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 18.05.2017 yildagi 293-son qarori bilan Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi
Bojxona plombalari qoʻyish tartibi ishlab chiqildi
QHTBT portalida Davlat bojxona qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish tartibini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi
Jinoyat kodeksining moddalari takomillashtirilmoqda
"Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 298-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasi boʻyicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzXDP fraksiyasi a’zosi Aliya YuNUSOVAning izohlari
Soliq kodeksi takomillashtiriladi
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya «Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida soliq qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari» mavzusiga bagʻishlandi
Kim valyuta tushumini sotishi kerak emas
Vazirlar Mahkamasining 17.05.2017 yildagi 290-son qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga qoʻshimchalar kiritildi.
18 ta davlat mulki ob’yekti buziladi
Vazirlar Mahkamasining 17.05.2017 yildagi 291-son qarori bilan sotilishi, bepul foydalanishga topshirilishi hamda buzilishi lozim boʻlgan davlat mulki ob’yektlari roʻyxati tasdiqlandi
Gidroelektrostansiyalar "Oʻzbekgidroenergo" AJga oʻtkazildi
Prezidentning 18.05.2017 yildagi Farmoni bilan “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi
Deputatlarning joylardagi faoliyati – jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmiga aylanmoqda
Hududlardagi ishlarning haqiqiy ahvolini oʻrganish, aholi bilan doimiy muloqot oʻrnatish va ularni tashvishlantirayotgan masalalarni hal etish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining har oyda joylarga chiqishlari tashkil etilmoqda
«Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi» imtihonlar sanalarini e’lon qildi
«Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi» MChJ Oʻzbekiston buxgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida imtihonlarga roʻyxatga olish boshlanganligini e’lon qildi. Ushbu materialda – imtihonlar sanalari, roʻyxatdan oʻtish va roʻyxatdan oʻtish mumkin boʻlgan tashkilotlarning bogʻlanish ma’lumotlari
Ramazon oyi 27 may kunidan boshlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi
Sud sohasi xodimlarida qanday mansab darajalari boʻladi?
"Sud va Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hakida"gi Qonun loyihasiga sharh
Tadbirkor boʻlib roʻyxatdan oʻtdingizmi – imtiyozli kredit uchun huquqni qoʻlga kiritdingiz
Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’yektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Talabni hisobga olish normalarini qayta koʻrib chiqish vaqti keldi
Ushbu sharhda – uchinchi shaxslar bilan hisobga olishni taqiqlovchi norma haqida. U kimlarga tatbiq etilishi va qanday muammolar tugʻdirishi – nazariya va amaliyotda
Buxgalterlik kurslarida yozgi chegirmalar boʻyicha oʻqish
Ta’lim dasturlari boʻyicha Oʻzbekiston buxgalterlar Federatsiyasi hamkori hisoblanadigan «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazi yozgi aksiya oʻtkazilishi haqida e’lon qildi. Aksiya shartlariga koʻra yoki salmoqli chegirma bilan yoxud bepul oʻqish mumkin
Litsey bitiruvchisiga maxsus fandan imtihon topshirgandan keyin mutaxassislik beriladi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2882, 2017 yil 10 may) bilan Akademik litseylar bitiruvchilariga mutaxassisliklar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat tashkilotlarining har bir turi uchun – AKT rivojlanishini baholashga oʻz yondashuvi
YaIDXPda elektron xizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi
Iqtisodiyot vazirligi mahsulotlarga buyurtmachi topishga yordam beradi
Iqtisodiyot vazirligi joriy yilning ikkinchi choragida oʻzlashtirish va yetkazib berishga tavsiya etilgan 40 mingdan ziyod nomdagi mahsulotlar roʻyxatini e’lon qildi
Jizzax viloyatida avtomobil zavodi quriladi
«Oʻzavtosanoat» AK va «Pejo Sitroyen» guruhi Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


