IIV genom ma’lumotlarning milliy ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etmoqda
QHTBT portalida Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi e’lon qilindi
Toshkentning ayrim tumanlarida sovuq suv oʻchiriladi
Profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan «Suvsoz» DUK vodoprovod tarmoqlarida sovuq suv vaqtincha boʻlmasligi va bosimi pasayishi haqida ma’lum qiladi
Chirchiq pedinstitutida yangi yoʻnalishlar ochiladi
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Goʻsht va sut uzluksiz va barqaror narxlarda yetkazib beriladi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi
1 aprel: qonunchilikdagi asosiy yangiliklar
Ruxsat berish tartib-taomillari, tekshirishlar, litsenziyalashtirish va eksport bilan bogʻliq biznes yangiliklari, shuningdek tibbiyot, turizm, toʻqimachilik sanoati va boshqa sohalar haqida sharhimizda soʻz yuritamiz
Mobil qurilmalar roʻyxatdan oʻtkaziladi
2019 yil 1 apreldan ularni hisobga olish tizimi joriy etiladi, deya xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Iqtidorli bolalarga – maktab formasi, oʻquv qurollari, adabiyotlar va sayohatlar
Ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning iqtidorli farzandlari uzluksiz ta’lim olishini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Xorijda ta’lim olish shakli diplom tan olinishiga ta’sir koʻrsatmaydi
Hukumat xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjat Oʻzbekistonda amalda mavjud boʻlgan ta’lim shakliga muvofiq kelmaganda tan olinmasligi haqidagi talabni bekor qildi
Taksi bozorida katta oʻzgarishlar yuz berishi kutilmoqda
Yakka tartibdagi tadbirkorlar taksi xizmatlarini koʻrsata oladilar. Ushbu sohadagi yuridik shaxslar aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar va savdo markazlariga qarashli avtomobillarning toʻxtash joylaridan bepul foydalanish huquqiga ega boʻladilar. Taksi operatorlari uchun yangi qoidalar belgilanadi
Eksport qiymatini nazorat qilish toʻgʻrisidagi loyiha qaysi bosqichda?
Mart oyining boshida QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot va toʻqimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyilgan edi
Qoramol boshi ustidan veterinariya nazorati kuchaytiriladi
Prezidentning 28.03.2019 yildagi PF–5696-son Farmoni veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan
Oʻsmir qamoqqa tashlanmay, jamiyat orasida tarbiyalanadi
Poytaxtning Chilonzor tumanida «Odil sudlov doirasidan chiqarish va tiklovchi choralarni qoʻllash» loyihasi ishga tushirildi
Soliqlar bilan qanchalik tez va oson tanishib chiqish mumkin
Bunda «Norma. Qonunchilik» axborot-huquqiy tizimiga kiritilgan «Soliq navigatori» yordam beradi
100 mln soʻmdan oshgan summadagi tovarlar sotib olinganda tadbirkor YaST toʻlashga oʻtkaziladi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
ToshPTIning Nukus filiali xalqaro magistratura va ordinaturani ishga tushiradi
Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Koryo universiteti (Koreya Respublikasi) ishtirokida tashkil etilayotgan fakultet 2019/2020 oʻquv yilidan oʻz ishini boshlaydi
Kim profilaktika inspektorining yordamchisi boʻladi
Profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
«Mir» – Oʻzbekistonda, Uzsard – Rossiyada
Xalqaro moliya-bank forumi doirasida Uzcard-«Mir» kobeyjing kartalarini chiqarish boʻyicha shartnoma imzolandi, deya xabar berdi oʻz saytida Yagona umumrespublika protsessing markazi
Elektr energetika tarmogʻini boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda
Prezidentning 2019 yil 27 martdagi qarori bilan «Oʻzbekenergo» AJ qayta tashkil etildi
Foyda soligʻi. Barchasi hisoblash, toʻlash va hisobot haqida
«Norma» PRM N. Madraimovaning 12-13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga taklif qiladi
Turistik vaucher qanday rasmiylashtiriladi
Turistik yoʻllanma (vaucher)ning namunaviy shakli va uni toʻldirish tartibi tasdiqlandi
Chet ellik xodim uchun ruxsatnoma qanday olinadi
Oʻzbekistonga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanishning yangi tartibi tasdiqlandi
MChJga dividendlar toʻlashga – 60 kun
«Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma – YaIDXP orqali
U suvlarning va suv ob’yektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda oʻz ehtiyojlari uchun sun’iy ob’yektlardan suv oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun zarur
Davlat xizmatlari – eksterritorial tamoyil boʻyicha
1 apreldan boshlab ularni olish uchun, fuqarolar roʻyxatdan oʻtgan joyidan va yuridik shaxslar pochta manzilidan qat’i nazar, istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin
Gaz xoʻjaligi – nazorat ostida
Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi 226-son qarori bilan Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalari tasdiqlandi. U joriy yilning 17 iyunidan kuchga kiradi
Aksiyadorlik jamiyatlarida nima oʻzgardi
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
XUMSh, uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari uchun gaz arzonlashdi
Tabiiy gazdan foydalanish tartibini belgilovchi hujjatlarga tuzatishlar kiritildi
Yoʻl harakatini videoga qayd etish tizimiga yana bitta qoidabuzarlik kiritildi
Endi haydovchining 3.27 «Toʻxtash taqiqlangan» yoʻl belgisini e’tiborga olmasligi qayd etiladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


