Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
03.07.23

Suv va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddati uzaytirilmoqda

Bu Vazirlar Mahkamasining 30.06.2023 yildagi 269-son qarori bilan belgilanmoqda.

27.06.23

1 iyuldan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2023 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

26.06.23

Davlat notarial idoralari ishchilariga ovqatlanish xarajatlari qoplanadi

Davlat notarial idoralari va adliya organlari huzuridagi notarial arxivlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish turlari kengaytirilmoqda.

23.06.23

2023 yil uchun ish vaqtining yangi hisob-kitobi e’lon qilindi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yilda Qurbon hayitini nishonlash sanasi oʻzgarganligi munosabati bilan 2023 yil uchun ish vaqtining yangilangan hisob-kitobini e’lon qildi.

23.06.23

“Chiroyli” avtoraqamlarni endilikda 2 yil saqlash mumkin

Shuningdek auksionda sotiladigan davlat raqami belgilarining narxlari oʻzgarmoqda.

23.06.23

IT-vizasi bor chet elliklarga tibbiy xizmatlar oʻzbekistonliklarga oʻrnatilgan narxlarda koʻrsatiladi

Tibbiy xizmatlardan ushbu narxlarda ularning ayrim qarindoshlari ham foydalanishlari mumkin.

23.06.23

Suv xoʻjaligi sohasidagi ayrim funksiyalar xususiy sektorga berilmoqda

Ushbu funksiyalar 2030 yilgacha bosqichma-bosqich DXShga oʻtkaziladi.

22.06.23

Sogʻliqni saqlash sohasida – ma’muriy islohot

2024 yildan boshlab yillik tibbiy koʻriklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan oʻtkazish dasturlari joriy etiladi.

22.06.23

Yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish boʻyicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda

Yer uchastkalarini sotish va ijaraga berish faqatgina onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.

21.06.23

Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisi 22 iyun kuni boʻlib oʻtadi

Majlisda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Oʻzbekiston – Qozogʻiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar va boshqalar koʻrib chiqiladi.

21.06.23

Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlashga – $250 mln

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga 2022 yilda ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati 1 yilga uzaytirilmoqda.

21.06.23

Kovid bilan kasallangan bemorlar bilan ishlayotgan shifokorlarga ustamalar kamaytirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

21.06.23

Iqtidorli sportchilar uchun Gimnastika markazlari

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida tashkil etilgan gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlarining vazifalari belgilandi.

20.06.23

Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida nimalar oʻzgaradi

Chora-tadbirlar orasida – tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy psixolog va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlarida – suitsidolog shtat birligini joriy etish bor.

20.06.23

Qurbon hayiti bayrami 28 iyundan nishonlanadi

Oʻzbekistonliklar ketma-ket besh kun dam olishadi.

19.06.23

Davlat granti asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasi mavjud oliy ma’lumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qoʻshimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi.

19.06.23

YaTT tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliq miqdori kamaytirilmoqda

Shaxsiy tomorqa yer uchastkalari egalari mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashlari mumkin.

19.06.23

Xodim bilan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma qanday tuziladi

Xodim va jamoa oʻrtasida moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish boʻyicha tavsiyalar qabul qilindi.

19.06.23

Kimlarga bepul yuridik yordam koʻrsatiladi

Qonun bilan bepul yuridik yordam olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning 4 ta asosiy toifasi keltirilgan.

19.06.23

Ayrim qarzdorlik, jarima va soliqlar boʻyicha penyalar hisobdan chiqariladi

Fermerlar suv soligʻi boʻyicha qarzdorlikni boʻlib-boʻlib toʻlashlari mumkin

19.06.23

Kam litrajli avtomobillar uchun bojxona bojlari kamaytirildi

Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

19.06.23

Qayta tiklanuvchi energiya manbaidan hosil boʻlgan ortiqcha elektr energiyasi qanday sotiladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan quvvati 1 MVtgacha boʻlgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibi belgilandi.

16.06.23

Bolalarni sogʻlomlashtirish tizimi takomillashtiriladi

Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va bolalar oromgohlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.

16.06.23

Telekommunikatsiyalar sohasida davlat boji miqdorlari oʻzgardi

Prezident tomonidan imzolangan qonunda qayd etilishicha, davlat bojini toʻlashning amaldagi tartibi murakkabligi ushbu sohada tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlantirilishini cheklab qoʻymoqda.

15.06.23

Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

15.06.23

Transport sohasi isloh qilinadi

Transport vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga oʻtkaziladi.

15.06.23

Mutaxassislarni tayyorlaganlik uchun imtiyozlar beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilari qanday preferensiyalar oladi.

15.06.23

Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi tashkil etiladi

U notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, respublikaning oliy, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash bilan shugʻullanadi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.