Oʻqituvchilar uzluksiz malakasini oshiradilar
Ularga kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati taqdim etiladi.
Yangi Shaharsozlik kodeksi qabul qilindi
Kodeksning yangi tahriri qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
XTV huzuridagi Ta’lim markazining vazifalari belgilandi
Ular jumlasiga ta’limning davlat ta’lim standartlarini, tayanch va variativ oʻquv rejalari hamda umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, darsliklar va oʻqituvchilar uchun oʻquv qoʻllanmalarni tuzuvchilarni tanlash ham kiritilgan.
Professional ta’limda asbob-uskunalardan foydalanishda nazorat oʻrnatiladi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmatining vazifalari kengaytirildi.
Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi. Asosiy chora-tadbirlar belgilandi
Xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi.
NHHni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Xususan, endi bunday ekspertizani oʻtkazishga jamoatchilik keng jalb qilinadi.
JKda nimalar oʻzgartirilmoqda
«Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Qonun (yangi tahriri) loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Suv xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
U suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini oʻz ichiga oladi.
Buxoro viloyatida ikkita shamol elektr stansiyalari quriladi
Loyihalar «International Company for water and power projects» (Saudiya Arabistoni) kompaniyasining investitsiyaviy qoʻllab-quvvatlashida amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni sertifikatlash. Qanday amalga oshiriladi
Organik qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlandi.
1 martdan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Auditorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri qabul qilindi
Qonunning qabul qilinishidan maqsad auditorlik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni unifikatsiyalab va tizimlashtirib yagona normativ-hujjatga jamlashdir.
Faol fuqarolarga kommunal toʻlovlar uchun kompensatsiya beriladi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish hamda ularga kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyoz berish tizimi joriy etiladi.
Qishloq xoʻjaligi tuzilmasida bir nechta boshqarma tashkil etiladi
Shuningdek, unga vakolatlar doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirish va aybdor shaxslarni jarimaga tortish huquqi berildi.
Ommaviy tadbirlar rejasini shakllantirish tartibi belgilandi
Kalendar rejalar tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, poytaxt, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Qashqadaryo viloyati qishloq va suv xoʻjaliklari qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, DXSh tamoyillari asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini suv bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari belgilandi.
Boʻstonliq tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Unga quyidagilar kiradi: xizmatlar sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish.
Suvni tejaydigan texnologiyalarga subsidiyalar ajratiladi
Mablagʻlar paxta, donli, sabzavot ekinlari yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish, yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislashga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati qanday qoʻllab-quvvatlanadi
«Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasining toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtiradi.
Buxoro viloyatida 77,8 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritiladi
Bunga Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarga ajratilgan byudjet mablagʻlaridan 300 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Zargarlik sanoatida katta oʻzgartirishlar amalga oshiriladi
Oʻzbekiston milliy zargarlik brendini jahonga tanitish maqsadida xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan barcha nufuzli koʻrgazmalarda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etiladi.
Avtomobilni ijaraga olishda firibgarlardan qanday himoyalanish mumkin
Avtomobilni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berish yoki lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi ayrim tadbirkorlarning faoliyati ustidan shikoyat qilgan iste’molchilarning murojaatlari statistikasi muvaffaqiyatdan yiroq.
Poytaxtning bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yigʻim miqdorlari tasdiqlandi
Ijara toʻlovlari stavkalari va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlari poytaxt hokimining qarori bilan belgilandi.
Tibbiyotni raqamlashtirish uchun yangi korxona tashkil etiladi
Prezident tomonidan 23 fevral kuni «Sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
«Qoraqalpoq-agro» EIZ qanday faoliyatni amalga oshiradi
Vazirlar Mahkamasining qarori ilan «Qoraqalpoq-agro» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Milliy gvardiya tuzilmasi qayta tashkil etiladi
Milliy gvardiyaning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadigan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlar qanday amalga oshiriladi
Ushbu sohani tartibga soluvchi bir qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


