Yangi ish joylari – davlat buyurtmasiga binoan
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2017 yildagi 877-son qarori bilan Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oliygohlar rahbarlari va pedagoglari qanday qilib malaka oshiradi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyruqlari bilan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida 3 ta hujjat tasdiqlandi
Ichki ishlar organlari xodimlarining tibbiy tekshiruv tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
«Sovplastital» davlat korxonasiga aylandi
Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 872-son ««Sovplastital» MChJ ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Gaz plitalari va suv isitgichlarning xavfsizligi reglamentlandi
Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 880-son qarori bilan Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi
Davlat ehtiyojlari uchun sholini «Oʻzdonmahsulot» AK tashkilotlari sotib oladi
Vazirlar Mahkamasining 27.10.2017 yildagi 876 -son «Davlat ehtiyojlari uchui sholi harid qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Shu yil hosilidan boshlab davlat ehtiyojlari uchun sholini sholi yetishtiruvchi xoʻjaliklardan "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining don
Respublika markazlarida bepul tibbiy yordam – fuqarolarning 16 toifasi uchun
Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi farmoni e’lon qilindi
Ijtimoiy ahamiyatli dorilar importi – tender va kvotalarsiz
Bu Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi farmonida koʻzda tutilgan
Ish vaqti: uning qanday turlari mavjud
Elektron rejalashtirgichlar yordamida kun tartibini rejalashtirish, rejalashtirilgan ishlarni oʻz vaqtida bajarish singari mavzularga avval yuzlangan edik. Bu safar ish kuni oʻzi nima va u kim uchun qancha vaqtni tashkil etishi toʻgʻrisida fikr yuritamiz
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» qishki parvozlarni boshladi
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK 29 oktyabrdan qishki jadval boʻyicha qatnovlarni boshladi, deb ma’lumot berilgan kompaniyaning rasmiy saytida
Stomatologiya institutida fakultetlar soni oshdi
Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi farmoni e’lon qilindi
Boyovut tumanida zamonaviy agromajmua tuziladi
2017 yil 24 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish toʻgʻrisida”gi 866-son qarori qabul qilindi
Oʻquvchilar oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida kasbiy ta’lim oladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son qarori bilan maktablarning 10–11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun toʻlov oshdi
Ichki ishlar vazirining (roʻyxat raqami 2303-1, 16.10.2017yil) buyrugʻi bilan Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalarining ba’zilari oʻzgartirildi va toʻldirildi
Ish oʻrinlari kim uchun band qilib qoʻyiladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi
Bola parvarishi uchun alimentdan tashqari harajatlarni qanday undirish mumkin
Mazkur maqolada ota-onalarning biridan alimentdan tashqari alohida holatlarda (bolaning ogʻir shikastlanishi, kasalligi) bola parvarishi uchun qoʻshimcha harajatlarni undirish tartibi koʻrib chiqiladi
Huquqbuzarliklarni «Xavfsiz shahar» kompleksi belgilaydi
Vazirlar Mahkamasining 17.10.2017 yildagi 838-son qaroriga muvofiq uning konsepsiyasini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) ishlab chiqadi
Propan quyish shahobchalari soni kamaytiriladi
Vazirlar Mahkamasining 11.10.2017 yildagi 815-son «Avtogaztoʻldirish kompressor stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichma-bosqich oʻtkazish hamda ular uchun moʻljallangan gazballon uskunasidan xavfsiz foydalanishni ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Mamlakatimizda 2017 yil yakunigacha 86 shahar va shaharlararo avtobus yoʻnalishi ochiladi
Bu haqda Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan matubot anjumanida Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi direktori oʻrinbosari ma’lum qildi
Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar frilanserlari mehnati muvofiqlashtiriladi
Harakatlar strategisini amalga oshirish boʻyicha Davdat dasturiga muvofiq qonunchilikka mehnat bilan ta’minlashning yangi shakllarini joriy etish jarayoni olib borilmoqda
«GM Uzbekistan alyansi» tashkil etildi
Yangi tashkil etilgan alyans Oʻzbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlanishini ta’minlaydi, deyilgan GM Uzbekistanning rasmiy saytida
Oʻzbekistonda EIZ va KSZ boshqaruvining yangi tizimi joriy etiladi
Prezidentning 25.10.2017 yildagi PQ–3356-son «Erqin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
«Oʻzpaxtayogʻ» AJ, «Oʻzbekneftgaz» AJ va «Oʻzneftmahsulot» AJ tizimida moliyaviy inspektorlar paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 870-son Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
IIV JIEBB Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlari qanday sarflanadi
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 861-son qarori bilan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining (JIEBB) Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
FVV uchun import uskunalar – endi tendersiz
Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 863-son «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tuzilmaviy boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Soliq maslahatlari sifati nazorat qilinadi
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2940, 24.10.2017 yil) bilan Soliq maslahati milliy standarti (5-son SMMS) «Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar» tasdiqlandi
Dasturchilar uchun ikkita yangilik
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash innovatsiyalar markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashi majlisining navbatdagi bayonnomasi e’lon qilindi
Neyrojarrohlikni rivojlantirish uchun – 7,88 mlrd soʻm va 43,08 mln AQSh dollari
Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 867-son «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


