Toshkent shahri boʻyicha mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari e’lon qilindi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2017 yildagi 262/29-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2018 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi
Oʻsimlik yogʻini ishlab chiqaruvchilar 1.01.2019 yilga qadar QQSdan qisman ozod etildi
Prezidentning 19.01.2018 yildagi “Yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Tayyorgarlik koʻrilayotgan jinoyat haqida xabar berganlik uchun – mukofot
Vazirlar Mahkamasining 8.01.2018 yildagi 15-son qarori bilan Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Foyda soligʻi yoki obodonlashtirish soligʻidan vaqtinchalik ozod etish oʻrniga – stavkani 50%ga kamaytirish
Alohida yuridik shaxslar yoki foyda soligʻi yoxud obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻidan vaqtinchalik ozod etilgan. Ikkita soliqning birlashtirilishi munosabati bilan Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarorida ushbu imtiyozlar taqdirini hal etgan maxsus norma saqlanadi
Pensiyalarni yangi nizomga asosan qayta hisoblaymiz
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2963, 2018 yil 12 yanvar) bilan Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U Prezidentning 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqildi
Ish beruvchilar homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani oʻz hisoblaridan toʻlashda davom etadilar
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan 2010 yilda joriy etilgan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni toʻlash tartibi uzaytirildi
Aholi yangi elektr energiyasi va gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun haq toʻlamaydi
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-son «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun litsenziyalar beradi
Prezidentning 17.01.2018 yildagi Mamlakatning iqtisodiyot tarmoqlarini talab qilingan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Farmoni bilan noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berish tartibi oʻzgartirilmoqda
Tovarlarni xorijiy koʻrgazmalarga olib chiqish soddalashtirildi
Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3451-son “Xorijiy davlatlarda koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlarni olib chiqish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Ipakchilik tarmogʻini rivojlantirish: investitsiya loyihalari va ipakchilarga imtiyozli pensiya staji
Prezidentning 12.01.2018 yildagi «Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3472-son qarori imzolandi
Uzoq muddatli uchrashuvlarga xona taqdim etganlik uchun – EKIHning 5 dan 15%igacha
Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2964, 2018 yil 17 yanvar) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida uzoq muddatli uchrashuvlarga xonalar taqdim etganlik uchun tariflar tasdiqlandi
Tannarxdan past eksport: soliq solinadigan daromad qanday aniqlanadi
3.01.2018 yildagi OʻRQ–456-son Qonun bilan Soliq kodeksining 130, 204 va 355-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi
Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun ish yuklamasi va mehnatga haq toʻlash miqdorlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 10-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yerga boʻlgan huquqni belgilovchi yagona hujjat boʻladi
QHTBT portalida «Yerga oid qonunchilikning takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan
«SUVSOZ» DUK 2018 yilgi yer usti va yer osti suv hajmlarining nisbatini e’lon qildi
Soliq kodeksining 260-moddasiga muvofiq, suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan iste’mol qilingan suv hajmi (kub metrda) uchun undiriladigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisob-kitob qilishda mazkur nisbat qoʻllaniladi
Import qilinadigan goʻsht va tirik chorva mollariga yil oxirigacha QQS solinmaydi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi PF-5303-son Farmoni bilan 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari roʻyxati tasdiqlandi
Ulgurji savdo uchun oshirilgan ustav fondi 1 fevraldan boshlab bekor qilinadi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
«Yillik hisobot 2017» elektron kitobi sotuvga chiqdi
«Norma» nashriyoti «Yillik hisobot 2017» elektron kitobini chiqardi. Kitob «Norma Ekspert» mutaxassislari tomonidan joriy yilda qonunchilikka kiritilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan
Yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanganlik uchun jarimalar oshiriladi
QHTBT portalida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar taqdim etilgan
Uchta viloyatda qoʻgʻirchoq teatrlari ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 9-son qarori bilan 2018-2022 yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
Harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv 2018 yilning fevral-mart oylarida oʻtkaziladi
Prezidentning 13.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Toshkent viloyatida yer olish soddalashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 20-son qarori bilan qator Hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalarini ajratish tartibotlari soddalashtirildi
Pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirishga Muvofiqlashtiruvchi kengash mutasaddilik qiladi
Vazirlar Mahkamasi 28.12.2017 yildagi 1026-son «Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi
Fuqarolar yigʻinlari ommaviy qabul oʻtkazadi
Vazirlar Mahkamasining 5.01.2018 yildagi 7-son qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizomning yangi tahriri tasdiqlandi
Yoshlar ittifoqi faollari– oʻqishda a’lochilar uchun kontrakt miqdorining 35%i toʻlab beriladi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2961, 2018 yil 10 yanvar) bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi boʻlgan talabalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Soliq monitoringi: kimlar uchun koʻzda tutilgan va qanday oʻtkaziladi
30.12.2017 yildagi OʻRQ-455-son Qonun bilan 1.01.2018 yildan boshlab soliq nazoratining yangi shakli joriy etiladi
Harbiy xizmatchilar bayram arafasida mukofotlandi
Prezidentning 12.01.2018 yildagi «Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi
Oʻzbekiston transport bilan bogʻliq bitimlar boʻyicha xalqaro hujjatlarga qoʻshildi
28.11.2017 yildagi OʻRQ–453-son «Oʻzbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaning Aviatsiya uskunalari boʻyicha protokoliga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


