Fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etiladi
Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Agrosanoat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari va ularning narxlari boʻyicha portalni ishga tushiradi
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Umumiy mehnat bozori shakllantiriladi
MDH ishtirokchi davlatlarining aholi bandligiga koʻmaklashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi xalqaro bitim tasdiqlandi.
NKMK oltin ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi
Kompleks "Pistali" konida barpo etiladi, u yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib oladi va qayta ishlaydi.
Ma’muriy va soliq yuki kamaytirildi
Qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS toʻlovchisi boʻlgan YaTTlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bir qator nazorat funksiyalari bekor qilinadi.
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi
Kodeksda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari koʻrsatuvchi sub’yektlarga imtiyozlar belgilandi.
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi
Alohida hududlarga quyidagilar kiradi: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasi.
MIZ ishtirokchilari uchun amaldagi va yangi soliq imtiyozlari haqida
Prezidentning “Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori chiqdi.
DXX organlari xodimlari kunining yangi sanasi belgilandi
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni 26 sentyabrga koʻchirildi.
Shartnomalarni tuzish tartibi soddalashtirildi
Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Seysmik xavfsizlikni ta’minlash qonun bilan tartibga solindi
“Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. U 5 ta bob va 26 ta moddadan iborat.
KKUdagi joy mulkdorlarining majburiy badallari nimaga sarflanadi
Koʻp kvartirali uylardagi joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki toʻlovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Lizing beruvchining huquqlari qanday himoyalanadi
Lizing kompaniyalarining asosiy muammosi, qoidaga koʻra, lizing oluvchilar tomonidan lizing toʻlovlarining muddati kechiktirilishi yoki toʻlanmasligi hisoblanadi.
Masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari tashkil etiladi
Prezidentning “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Jinoyatlarning sodir etilishi sabablari tahlil qilinadi
Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Inson huquqlari boʻyicha Ombudsmanning mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi
Ularning asosiy vazifalari - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʻtkazish, fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashish va boshqalar.
Identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirishning yangi sxemalari tasdiqlandi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Tadbirkorlar talabalar uchun DXSh asosida turar joylar quradi
Qurilish uchun hokimliklar OTMga 0,5 gektargacha boʻlgan yer maydonlarini unga yaqin joylardan ajratadi.
Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktablar mukofotlar oladi
Respublika bosqichida gʻolib boʻlgan maktablar quyidagicha mukofotlanadi: 1-oʻrin uchun - 500 mln soʻm, 2-3 oʻrin uchun - tegishincha 400 va 300 mln soʻm.
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytiriladi
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Sugʻurta sohasida qanday yangiliklar boʻladi
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida hayot sugʻurta sohasi va shaxsiy sugʻurta turlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi belgilandi
Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi
Iqtisodiyotda narxlarni oshiruvchi omillarning saqlanib qolishi sharoitida yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10%gacha pasaytirish hamda iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlab qolish maqsadida MBning asosiy stavkasi yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.
Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi
Kompaniyaning maqsadi Tojikiston hududida qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish, faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav kapitalidagi ulushini sotib olish, qarz ajratish, qimmatli qogʻozlarni chiqarish orqali investitsiyalashdan iborat.
Madaniyat vazirligining vazifalari belgilandi
Ular orasida - madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, intellektual, jamiyatning muttasil ortib borayotgan estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazish.
Qaysi sertifikatlar auditorlarni imtihonlardan ozod etadi
Auditorning malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berish va muddatini uzaytirish uchun asos boʻladigan buxgalterlarning xalqaro sertifikatlari roʻyxati muhokamaga qoʻyildi.
Toshkent “yashil” shaharga aylanadi
Poytaxtning kamida 60 gektar yer maydonida istirohat bogʻi hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bogʻlari barpo etiladi.
Buxgalteriya hisobi boʻyicha imtihonlarga xarajatlarni kimga qoplash rejalashtirilmoqda
MHXS boʻyicha oʻqitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladigan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar va xalqaro buxgalter sertifikatlari roʻyxati muhokamaga qoʻyildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


