Tibbiyotni raqamlashtirish uchun yangi korxona tashkil etiladi
Prezident tomonidan 23 fevral kuni «Sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
«Qoraqalpoq-agro» EIZ qanday faoliyatni amalga oshiradi
Vazirlar Mahkamasining qarori ilan «Qoraqalpoq-agro» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Milliy gvardiya tuzilmasi qayta tashkil etiladi
Milliy gvardiyaning mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadigan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi tashkil etiladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlar qanday amalga oshiriladi
Ushbu sohani tartibga soluvchi bir qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Jazoni ijro etish muassasalariga tashrifni tashkil etish tartibi belgilandi
U respublika, xalqaro va mahalliy NNTlar hamda OAVlari vakillari, diplomatik korpus xodimlariga tatbiq etiladi.
Gʻuzor tumanida olimpiya maktabi tashkil etiladi
Uning vazifasi - olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash.
«Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqildi
Loyiha muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirildi, amaldagi Qonun Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma’qullangan.
Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish xususiy tashkilotlarga topshiriladi
«Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uchun portalga joylashtirildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning veb-saytlarida qanday axborotlar joylashtirilishi lozim
Rasmiy veb-saytlarga qoʻyiladigan talablar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus nizom bilan belgilangan.
Yogʻochsozlik xom ashyosi importini qanday qisqartirish mumk
Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar yerlarda turli daraxt turlari ekiladi.
Jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari yangi institutlar bilan toʻldirildi
Jinoyat protsessiga koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish, dastlabki eshituv va aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv kiritildi.
Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etiladi
U Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteriga kiradi.
Bobotogʻ hududini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi
Hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi yangi tashkil qilinadigan tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan klaster tashkilotlari uchun soliqlarning kamaytirilishini oʻz ichiga oladi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi biznesni qanday qoʻllab-quvvatlaydi
Uning vazifalari orasida - aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, tadbirkorlik sub’yektlarini nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish.
Oʻzbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
Ular qishloq xoʻjaligi, bank, moliya, soliq, energetika va boshqa sohalarda qoʻllaniladi.
«Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Hujjatda arbitraj kelishuvi tushunchasi berilgan, arbitraj sudining tarkibi, arbitrlarni tanlash va tayinlash tartibi va h.k. belgilangan.
Ekologik xavfli mahsulotlarni olib kirish ustidan nazorat kuchaytirildi
Ushbu mahsulot Oʻzbekistonga olib kirishda majburiy ekologik sertifikatlashtirishdan oʻtishi kerak.
Ayrim hududlarni rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri, Gʻuzor va Yakkabogʻ tumanlari, Buxoro viloyatining Peshku tumani uchun kompleks rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.
Arxiv ishida nimalar oʻzgartirildi
Xususan, arxivga soʻrovni ijro etish muddatlari oʻzgartirildi, Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi tashkilotlar roʻyxatining yangi tahriri qabul qilindi.
Qanday transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan avtomobillarni 2021 yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlari tasdiqlandi.
Iste’molchilar huquqlari, YTHni rasmiylashtirish va psixiatriya yordami koʻrsatish
Bu va boshqa masalalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida e’tibor markazida boʻldi.
«Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinadi
Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.
2021 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
Barcha hisobot shakllari elektron shaklda Internet orqali eStat dasturidan foydalangan holda taqdim etiladi.
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oʻzgartirilmadi
Bu Toshkent shahar hokimining 11.02.2021 yildagi 146-son qarori bilan belgilangan.
Toshkentning yangi tumani boʻyicha yer soligʻi uchun zonalar belgilandi
Poytaxtning Yangihayot tumani hududining yer soligʻi toʻlash stavkasi boʻyicha zona chegaralarining sxemasi Toshkent shahar hokimi qarori bilan tasdiqlandi.
Kimyo sanoatida keng koʻlamli transformatsiya amalga oshiriladi
Prezident qarori bilan kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
DSQ huzuridagi Kadastr agentligining vazifalari va funksiyalari belgilandi
Ular orasida - koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish.
Gazdan turmushda foydalanishda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarni maxsus komissiya tekshiradi
Har yilgi isitish mavsumi boshlanishidan avval jismoniy shaxslarning turar joylaridagi dudburon va shamollatish kanallarining texnik holatini tekshirish FVVga toshirildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


