Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi
Bu Prezidentning 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4861-son qarorida nazarda tutilgan.
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi
Ular elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, uzatilishini va taqsimlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta’mirlash tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga oluvchilar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Karantin – intizomiy jazo muddatini kechiktirish uchun sabab emas
Xodim mart oyida uzrli sababsiz bir necha kun ishga chiqmadi. Uni intizomiy jazoga tortishga ulgurishmadi, sababi u tushuntirish xati berishni choʻzib yubordi.
Davlat muassasalari uchun xat-xabarlarni yetkazib berishning yagona tizimi yaratildi
Tizim faoliyat mexanizmi onlayn rejimda har bir joʻnatma haqidagi ma’lumotni kuzatib imkonini beradi.
Avtomobil oynalarini qoraytirish yana arzonlashtirildi
Tegishli tuzatishlar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarorida keltirilgan.
2021 yil uchun qanday dam olish kunlari rejalashtirilgan
QHTBT portalida Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi joylashtirilgan.
Hisob-kitoblarning kliring tizimiga tuzatishlar kiritildi
Xususan, Kliring tizimi ishtirokchilarining majburiyatlari kengaytirildi, tizimga ulanish shartlari oʻzgartirildi, vakillik hisobvaraqlaridagi likvidlikka doir talablarni bajarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan cheklov choralari belgilandi.
Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihalar yangi jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladi
Yangi jamgʻarmaning vazifalari orasida - binolar va koʻp kvartirali uylarda energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan, issiqlik himoyasini yaxshilash boʻyicha loyihalarning TIAni tayyorlash, energiya auditini oʻtkazish.
Toshkent shahrida A.I. Gersen nomidagi RDPU filiali tashkil etiladi
Uning vazifalari orasida - maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika sohalarida tadqiqotlar oʻtkazish, oʻquv jarayoniga masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish.
Ishlarni vaxta usulida tashkil etish – yangi Nizom asosida
Vazirlar Mahkamasi uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini vaxta usulida amalga oshirishni tartibga soluvchi nizomni tasdiqladi.
Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi qanday oʻtkaziladi
2020 yildan boshlab doimiy asosda har ikki yilda yilning oktyabr-noyabr oylarida ushbu tadbirni oʻtkazish nazarda tutilmoqda.
IT-mutaxassislar koʻpayadi
Prezidentning qarori bilan IT-industriya sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni integratsiya qilish chora-tadbirlari belgilandi.
«Raqamli Oʻzbekiston–2030» strategiyasi qabul qilindi
Strategiyani amalga oshirish doirasida keng miqyosdagi chora-tadbirlar kompleksi rejalashtirilgan. Bu haqda batafsil – sharhimizda.
JK musodara toʻgʻrisidagi moddalar bilan toʻldirilmoqda
QHTBT portalida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
Qatagʻonning tarixiy davrini oʻrganish davom etadi
Prezident tomonidan 8 oktyabr kuni “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyish imzolandi.
Mehnat jarohati sababli yetkazilgan zarar qanday toʻlanadi
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodim mehnat jarohati oldi. Unga qanday toʻlovlar toʻlanishi lozim, yetkazilgan zarar uchun toʻlovni hisob-kitob qilish chogʻida ish haqining qanday turlarini hisobga olish zarur.
Eksportni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish bilan maxsus komissiya shugʻullanadi
Shuningdek, komissiyaning vazifalariga hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan "yoʻl xaritalari"ning ijrosini nazorat qilish ham kiradi.
Shartnoma tuzayotganda qanday qilib «tuzoqqa» tushib qolmaslik mumkin
Shartnoma loyihasini ishlab chiqayotgan taraf, odatda, uni imkon qadar oʻz foydasini koʻzlab tuzadi. Boshqasiga zarar yetkazgan holda bir tarafning foydasini koʻzlaydigan shartlarni qanday aniqlash mumkin, bunday vaziyatda nima qilish lozim?
Yashirin iqtisodiyotni qanday qisqartirishadi
Jamiyat va davlatdan yashiriladigan yashirin iqtisodiy faoliyat hisob va soliq solishdan tashqari boʻladi, ham jamiyatga, ham vijdonli biznesga zarar keltiradi. Uning darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish uchun Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotni keskin qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ni farmoni loyihasi tayyorlandi.
Turizm sohasida tadbirkorlar xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Xususan, joylashtirish vositalarini qurish, yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish, aylanma mablagʻlarni toʻldirish va boshqalar uchun berilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplanadi.
Banklararo toʻlovlarni amalga oshirish tartibi oʻzgartirildi
MB Boshqaruvining qarori bilan Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Katta boʻlmagan YTHni DYHXXsiz rasmiylashtirish taklif qilinmoqda
Tegishli qonun loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Uy-joy kodeksi yangilanadi
Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
AJ: menejment javobgarligi va axborotni ochib berish
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi.
Qonunlarda – gender tengligi
Bir qator qonunlarga gender tengligi hamda ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan qoʻshimcha himoya qilishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi.
Kabotaj va eko-inspektorlarga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima joriy etiladi
MJTKga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi va uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Chet el fuqarolarini roʻyxatga olish tartibi soddalashtirildi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, shuningdek respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashaydigan shaxslarni roʻyxatga olishni tartibga soluvchi 3 ta hujjat tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


