5 ta kodeks qabul qilinadi, 7 ta kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi
Bu Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni qanday sotib olish va sotish mumkin
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Oʻzagrotexsanoatxolding» tugatiladi
Prezident Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Sudyaning faoliyatiga toʻsqinlik qilgani uchun javobgarlik joriy etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etiladi
Bu Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni va PQ-4761-son qarorida belgilangan.
Agar qarzni undirishning imkoni boʻlmasa, nima qilish kerak
Keng tarqalgan vaziyat: kontragent bitim boʻyicha qarz boʻldi, sudga berildi – yutib chiqildi, hujjatlar olindi va ijroga berildi. Biroq birmuncha vaqtdan keyin hujjatlar ijro etish imkonsizligi sababli qaytariladi.
Karantin choralari kuchaytiriladi
Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi 1 iyuldan boshlab karantin cheklovlarini kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1 iyuldan qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar
QQSni qoplash, qurilish va turizmda yangi qoidalar va imtiyozlar, sugʻurtalovchilarga nisbatan yuqori talablar, dorixonalardagi «sirli xaridor» va boshqalar – norma.uz ning navbatdagi sharhida.
BMTning Oʻzbekiston fuqarolari shikoyatlari boʻyicha qarorlari qanday ijro etilmoqda
Prezidentning 22.06.2020 yildagi PF-6012-son Farmoni bilan BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Faoliyatni vaqtincha toʻxtatish oqibatlarini qanday qilib yumshatish mumkin
Rahbar karantin davrida korxona faoliyatini vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Buni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish lozim? Qancha vaqt oqibatlarsiz ishlamaslik mumkin?
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi ikkita muassasaning vazifalari belgilandi
Bu "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" va "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi".
Qishloq xoʻjaligi texnikasi majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi
Prezidentning qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlashni takomillashtirish boʻyicha qarori qabul qilindi.
Gilamlar tayyorlash va eksport qilish davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Prezident tomonidan respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirishga oid hujjat imzolandi.
Oʻzbekiston Jeneva protokoliga qoʻshildi
2020 yil 26 iyundagi OʻRQ-623-son tegishli Qonun e’lon qilindi.
Oʻzbekistonda «Folksvagen» avtomobili ishlab chiqariladi
Prezidentning Oʻzbekistonda «Folksvagen» yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Soliq kodeksining 139-moddasiga muvofiq sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3247, 18.06.2020 yil).
Xalqaro shartnomalar boʻyicha badallar qanday toʻlanadi
Prezidentning 22.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4756-son qarori qabul qilindi.
Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda yuritiladi
Yangilikni Toshkent shahrida sinash uchun “Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv" loyihasi ishga tushiriladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari huzurida ilmiy markazlar tashkil etiladi
Ular paxtachilikda innovatsiyalar va ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish bilan shugʻullanadi.
Paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmaga birlashtiriladi
Uning vazifalari jumlasiga klasterlar faoliyatida yuzaga keladigan tizimli muammolarni hal etish kiradi.
Inson huquqlari boʻyicha milliy strategiya qabul qilindi
Prezidentning 22.06.2020 yildagi Farmoni bilan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlandi.
Kompaniya uchun boshqaruvchilar qanday tayyorlanadi
Kompaniyangiz faoliyati samaradorligini oshirmoqchimisiz? U holda «Norma» PRMning «Boshqaruv hisobi» yangi onlayn-kursi tinglovchilari qatoriga qoʻshiling. Mashgʻulotlar 1 iyuldan boshlanadi.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar litsenziyani qanday olishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 23.06.2020 yildagi 403-son qarori bilan Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi.
Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganlar uchun xabardor qilish tartibi qanday boʻladi
2020 yil 1 iyuldan boshlab bu sohada litsenziyalar va ruxsatnomalar bekor qilinadi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Tadbirkorlik sub’yektlari uchun yagona baza barpo etiladi
Jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.
Paxtani yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar kooperatsiya asosida birlashishi mumkin
Bunga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlarda ruxsat beriladi.
OTMga oʻqishga kirishda xotin-qizlar uchun imtiyozlar nazarda tutilgan
Ularni qoʻshimcha grant asosida qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.
Madaniyat xodimlarining yangi maoshlari e’lon qilindi
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


