Toshkentda yana bitta OTM ochiladi
Bu «Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti boʻladi.
Deputatlar yangi qonun loyihalarini qabul qildilar
23 iyun seshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi qanday kurashish kerak
Hukumat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi.
Dehqonlarning yerga umrbod egalik qilish huquqini bekor qilish koʻzlanmoqda
Adliya vazirligi tomonidan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun joylashtirildi.
TMZni hisobdan chiqarishning qaysi usuli foydaliroq
Pandemiya davrida korxonalar oʻz xarajatlarini maqbullashtirishlari, bunda qonun hujjatlarini buzmasliklari va muassislarga ziyon yetkazmasliklari – buni korxona foydasi hisobiga amalga oshirmasliklari juda muhim.
Aeroportlarda xizmat koʻrsatish uchun tariflarni shakllantirish qoidalari tasdiqlandi
Havo kemalarida koʻrsatilgan xizmatlar uchun aeronavigatsiya yigʻimlari Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkilotining metodikasiga muvofiq hisoblanadi.
2021 yildan turizm sohasida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda
Yangi viza, turistik yigʻim hisobini yuritishning yagona tizimi va chegaradan tezkor oʻtish mexanizmi.
Norezident-birja savdolari ishtirokchisi qanday hisobga qoʻyiladi
DSQ tomonidan Tovar-xom ashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiruvchi va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda jamiyatlarning aksiyalarini sotib oladigan (sotadigan) norezident boʻlgan yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Turizm sohasida bir qator qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etiladi
19 iyun kuni Prezident tomonidan «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
QQS boʻyicha amal qilayotgan imtiyozlar 1 oktyabrdan qisqartiriladi
Prezidentning 19.06.2020 yildagi «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisida»gi PF-6011-son Farmoni qabul qilindi.
Oʻrindosh uchun foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya berish kerakmi?
Berish kerak boʻlsa, u qanday toʻgʻri hisoblanadi? Foydalanilmagan mehnat ta’tillari boʻyicha da’vo berish muddatlari oʻrnatilganmi?
Sirdaryo va Toshkent viloyatlari qishloq xoʻjaligi texnikasi xaridorlariga – imtiyozlar
Ular bojxona bojidan ozod etiladi, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddati kechiktiriladi.
«MMFI»ning Toshkent shahridagi filialiga qabul kvotasi belgilandi
Oʻqitish davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Shaxsiy tomorqa xoʻjaligini yuritish qonunchilikda mustahkamlanadi
QHTBT portalida “Shaxsiy tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
OTMga oʻqishga kirish uchun hujjatlar – YaIDXP orqali
Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushirildi.
Atom energiyadan foydalanish xavfsizligi tekshiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati 1 sentyabrgacha uzaytirildi
Karantin e’lon qilinganidan keyin koʻpchilikda elektr energiyasi, gaz, sovuq va issiq suv hisoblagichlari tekshiruvdan qanday oʻtkazilishi yuzasidan savollar tugʻildi.
Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida 9 ta qonun koʻrib chiqildi
Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan majlis ishida 16 ta masala, shu jumladan 9 ta qonun koʻrib chiqildi.
Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali ochiladi
Filialning asosiy vazifalaridan biri - iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy qilishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi XVJ mablagʻlari bilan toʻldiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga xalqaro valyuta jamgʻarmasidan mablagʻlar jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 388-son qaror qabul qilindi.
Majburiy ijro byurosi vakolatlari qayta koʻrib chiqildi
Prezident tomonidan energoresurslarni sotish masalalari boʻyicha yangi hujjat imzolandi.
1 iyuldan 200 va 500 soʻmlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi
Ushbu eski namunadagi pul belgilari 2020 yil 1 iyulga qadar barcha tijorat banklar boʻlinmalarida qabul qilinadi.
Faoliyatni qanday qilib tiklash mumkin: qadamma-qadam algoritm
Firma oʻz faoliyatini majburiy ravishda toʻxtatib qoʻygan edi. Biroq hozir ishni tiklash imkoni paydo boʻldi. Ushbu taomilning qadamma-qadam algoritmi - «Norma» eksperti sharhida.
Kasallik varaqalari berish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻz buyrugʻi bilan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritdi.
Davlat organlarida apellyatsiya kengashlari paydo boʻladi
Ular jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bilan shugʻullanadi. Bu Prezidentning 17 iyundagi qarorida nazarda tutilgan.
Davlat resurslari uchun donni xarid qilish narxlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 15.06.2020 yildagi «2020 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini oʻz vaqtida va sifatli oʻrib-yigʻib olishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 378-son qarori qabul qilindi.
Xizmatlar sohasi kreditlar berish orqali qoʻllab-quvvatlanadi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ekvivalentda $100 mln kredit liniyasi ochiladi. Biznes-sub’yekt 1 mlrd soʻmgacha miqdorda, foiz stavkasi MBning asosiy stavkasiga teng kreditni rasmiylashtirishi mumkin.
Qarzlar boʻyicha xarajatlar: moliyaviy xarajatmi yoki boʻlgʻusi aktiv?
Pandemiya sharoitida koʻp tashkilotlar qurilishni muzlatib qoʻyishiga toʻgʻri keldi. Bu vaziyatda buxgalterlar ushbu qurilish uchun olingan qarzlar boʻyicha xarajatlar bilan nima qilish mumkin, degan savolga duch kelishdi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


