Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
17.06.20

MHXS boʻyicha II Xalqaro onlayn-konferensiyada 8 mamlakatdan soha mutaxassislari ishtirok etadi

U 24–26 iyun kunlari oʻtkaziladi, 20 nafar spiker, 50 000 nafar ishtirokchi tomonidan 3 kun mobaynida sohadagi eng dolzarb mavzular muhokama qilinadi.

17.06.20

«UzAssets» AJ investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

U davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash, salohiyatli investorlarning roʻyxatini shakllantirish va boshqalar bilan shugʻullanadi.

17.06.20

Ijtimoiy xodimlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar belgilandi

Uch turdagi lavozimdagi ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari oltita vazirlik tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomada belgilangan.

16.06.20

Boʻstonliq tumanida soliq tajribasi qanday oʻtkaziladi

DSQ tomonidan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida tajriba tariqasida jismoniy shaxslarning soliq solish ob’yektlari hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish, yagona elektron platformani yuritish va unga koʻchmas mulk ob’yektlari ijaraga berilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish tartibi haqida vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

16.06.20

Kimlar lombardni boshqara olmaydi

Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

16.06.20

Davlat xizmatlari koʻrsatish qanday baholanadi

Ular uchun belgilangan muddatdan oldin yoki kechiktirilib koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish boʻyicha tashabbuskorlik, ular boʻyicha foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni kabi mezonlar joriy etiladi.

16.06.20

Dori vositalariga cheklangan narxlar belgilanadi

Ularning narxi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tanlangan, aholi jon boshiga nisbatan daromadlar darajasi turlicha boʻlgan 10 ta mamlakatdagiga qaraganda yuqori boʻlmaydi.

15.06.20

Moddiy yordam – 2020: nimani boy bermaslik muhim

Pandemiya sharoitida xodimlarga moddiy yordam toʻlash va unga soliq solish mavzusi har qachongidan ham dolzarb. Joriy yilda hisob-kitoblarda nimalarni inobatga olish lozim.

15.06.20

Liftlarni ta’mirlash va yangilashga mablagʻlar byudjetdan ajratiladi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi lift uskunalarining texnik va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi elektron dasturni ham joriy etadi.

15.06.20

OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi

Prezidentning 13.06.2020 yildagi qarori bilan 2020/2021 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

15.06.20

Karantin 1 avgustgacha uzaytirildi

Maxsus komissiyaning qarori bilan temir yoʻl va aviaqatnovlarga ham ruxsat berildi.

14.06.20

Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi 365-son qarori bilan ushbu konsepsiya qabul qilindi.

14.06.20

MB asosiy stavkasi yillik 15% darajasida oʻzgarishsiz saqlab qolindi

Ushbu qaror inflyatsiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

13.06.20

Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligi qanday nazorat qilinadi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

13.06.20

Yangi oʻquv kursining birinchi bepul mashgʻulotiga taklif qilamiz!

15 iyun kuni 15.30 dan 18.00 ga qadar “Buxgalteriya hisobi amaliyoti” kursining birinchi – bepul! – onlayn-mashgʻuloti oʻtkaziladi. Tashkilotchilar – “Norma” Professional rivojlanish markazi va “Mentalist” oʻquv markazi.

13.06.20

Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimi oʻzgartiriladi

Vazirlar Mahkamasining 8.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 366-son qarori qabul qilindi.

13.06.20

«Mahalla va oila» ITI tashkil etiladi

Institutning vazifasi - jamiyatda «obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni shakllantirishda ishtirok etish.

13.06.20

Genom axborot bazasi jinoyatlarni kamaytirishga yordam beradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11 iyun kuni oʻtkazilgan yalpi majlisida muhokama qilingan bir qator loyihalar jinoyatchilikka qarshi kurashish, bandlik agentligi mijozlarini himoya qilish va qonun ijodkorligiga qaratilgan.

12.06.20 NHH loyihalari
12.06.20

Oʻzbekistonda yuridik shaxslarning yangi shakli paydo boʻladi

QHTBT portalida “Cheklangan sherikchilik toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi e’lon qilindi.

12.06.20

YaMMTda ishlaymiz: koʻp uchraydigan 10 ta savol

1 sentyabrga qadar kadrlar boʻlimi xodimlari tashkilotlardagi barcha xodimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritish boʻyicha ishlarni yakunlashlari lozim. Sharhda - koʻp uchraydigan savollarga javoblar.

12.06.20

Harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash: uni baholashning yangi mezonlari joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2020 yildagi 369-son qarori bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

12.06.20 NHH loyihalari
12.06.20

Koʻchmas mulk bozori yanada shaffoflashadi

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektron multilisting tizimini yaratish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi e’lon qilindi.

12.06.20

Senat 5-yalpi majlisga 19 iyun kuni yigʻiladi

Parlament yuqori palatasining 11 iyun kuni boʻlib oʻtgan majlisida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

12.06.20

«Faxriy murabbiy» ordeni ta’sis etildi

9.06.2020 yildagi «Faxriy murabbiy» ordenini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-622-son Qonun e’lon qilindi.

11.06.20

Yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi

Uning ustida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Baholash tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston baholovchilari jamiyati, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar ishlashdi.

10.06.20

Jarimalar: import va eksport qiluvchilar uchun nimalar oʻzgaradi

2020 yil 16 avgustdan kuchga kiradigan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishini nazorat qilishning yangi tartibini koʻrib chiqamiz.

10.06.20

Bir vaqtning oʻzida hayfsan e’lon qilish va mukofotdan mahrum qilish mumkinmi

Intizomiy jazo qoʻllashning oʻziga xos jihatlarini «Norma» eksperti tushuntiradi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.