1 dekabrdan qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
Sigareta va alkogol mahsulotlarini markirovkalash boshlanadi, energetik menejment tizimi joriy etiladi, IMEI-kodlarni roʻyxatdan oʻtkazish pulli boʻladi, kuchli ta’sir koʻrsatuvchi preparatlar oboroti cheklanadi va h.k.
OʻzA qoshida media markaz ochiladi
Bu Prezidentning 2019 yil 2 dekabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Oʻzmilliybank aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etiladi
“OʻMB” AJ qayta tashkil etilayotgan unitar korxonaning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Identifikatsiya vositalari yordamida sigareta va alkogol mahsulotlarini markirovkalash
Sigareta va alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalashning batafsil mexanizmi Hukumatning 23.11.2019 yildagi 944-son qarorida keltirilgan.
Mahalliy hokimiyatda ijodiy maslahatchilar paydo boʻldi
Yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga hamda umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan toʻgaraklar va boshqa madaniy tadbirlarga jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Nogironlar, keksalar va bolalarning muzeyga tashrifi osonlashadi
2020-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturida taktil yoʻlaklar, ovozli xabar berish svetoforlari, metro bekatlarida maxsus koʻtarilish vositalarini oʻrnatish nazarda tutilgan.
Bank mablagʻlar hisobdan chiqarilgani haqida mijozni xabardor qilishi shart
Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida nizomga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
Sud hujjatlari ijrosi: mavjud muammolar hal etilmoqda
Oliy sudning sudyasi Shaxnoza Axatova ma’muriy sudlar qarorlarining ijro etilmayotganligi bilan bogʻliq masalalarni Norma.uz portali uchun sharhlab berdi.
Milliy gvardiya qanday ob’yektlarni qoʻriqlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan ob’yektlar roʻyxati tasdiqlandi.
«Nukus» EIZ chegaralari belgilandi
Ular Vazirlar Mahkamasining uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan qarorida koʻrsatilgan.
NNT a’zosi boʻlmagan shaxslar ham ov qilish va baliq tutishga haqli
«Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi 21 noyabrda deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi, biroq moddama-modda muhokamadan soʻng loyiha mas’ul qoʻmitaga qaytarildi.
Birlashgan Arab Amirliklarida ITSV vakolatxonasi ochildi
BAAda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining «UzFDI» vakolatxonasi ofisi Abu-Dabida joylashtirilgan holda tashkil etildi.
Dekabr oyidan identifikatsiya vositalari yordamida tovarlarni markirovkalash boshlanadi
Tartib mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga, birinchi navbatda, sigareta va alkogol mahsulotlariga tatbiq etiladi.
Geodeziya va kartografiya faoliyatiga litsenziya olish soddalashtirildi
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi Stokgolm konvensiyasiga rioya etilishini nazorat qiladi
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi amalga oshirilishi uchun mas’ul vakolatli organ belgilandi.
MB bank sohasini mikrotartibga solishdan voz kechadi
20-21 noyabr kunlari Markaziy bankda bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonini optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Senatning 24-yalpi majlisi oʻtkaziladigan sana belgilandi
Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisini 30 noyabr kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
2020 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun ikkinchi oʻqishda qabul qilindi
Birinchi oʻqishdan soʻng qoʻmitalar, fraksiyalar, ishchi guruh yigʻilishlari hamda muhokamalarda 100 ortiq takliflar bildirildi, ulardan 60 ga yaqini prinsipial takliflardir.
«Vafel» chizigʻi: bu nima va qanday qoʻllaniladi?
2019 yil noyabr oyining dastlabki haftalarida Toshkent shahri koʻchalaridagi bir nechta chorrahalarda yangi yoʻl chiziqlari paydo boʻldi, uni Rossiyada «vafel» chizigʻi deb atashadi.
Aholining qarz yuki oshmoqda
Markaziy bank statistikani e’lon qildi va vaziyatni oʻnglash rejalari bilan oʻrtoqlashdi.
Trenerlar har 5 yilda attestatsiyadan oʻtkaziladi
Trenerlarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi Oliy Majlisga kiritildi
Loyihani birinchi oʻqishda koʻrib chiqishga tayyorlash uchun deputatlar, ekspertlar, Hukumat va DSQ vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi. Uning birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Sud zalidan translyatsiya qilish – faqat taraflarning roziligi bilan
Qonunchilik palatasi deputatlari 21 noyabr kuni sud majlislarini namoyish etish toʻgʻrisidagi tuzatishlarni ikkinchi oʻqishda qabul qildilar.
Yadro fizikasi institutiga moliyalashtirish manbalari belgilandi
Muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari 21 noyabrdagi Prezident qarorida belgilangan.
Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida 18 ta davlat maqsadli jamgʻarmalari mavjud
Ularning toʻliq roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan.
FJMS sugʻurta polislari blankalari yangilandi
Ularda mashinani boshqarayotganning uning egasiga nisbatan qarindoshlik darajasi koʻrsatiladigan grafa paydo boʻldi.
Chegara punktlaridagi nazorat tartib-taomillariga vaqt limitlari oʻrnatildi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xususiy mulkni himoya qilish va «Doing Business»da chiqish
Har yilgi «Biznes yuritish» hisobotida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha navbatdagi «yoʻl xaritasi» qabul qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


