Jizzax viloyatida tibbiyot klasteri quriladi
Gʻallaorol tumanidagi 10 gektar yer uchastkasida klinikalar, shifoxonalar, ta’lim kampuslari va boshqa ob’yektlar joylashtiriladi.
Ish haqi oshgandan keyin olimlar qancha oladilar
Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi.
Hunarmandlar “Men Qoʻqonga boraman” tanlovida ishtirok etishlari mumkin
Shuningdek, har 2 yilda bir marta Qoʻqonda Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi.
1 oktyabrdan nimalar oʻzgardi
2019 yil 1 oktyabrdan soliq solish, biznes, turizm, ijtimoiy sohada qanday oʻzgarishlar boʻlganligi haqida – sharhimizda.
“Surxongeologiya” davlat korxonasi tashkil etildi
U Davlat geologiya qoʻmitasi tizimidagi “Hisorgeologiya” DKning Surxondaryo dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi negizida tashkil etildi.
Mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganlikka oid jinoiy modda bekor qilinadi
Qonunchilik palatasining 30 sentyabr kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Ayrim pedagoglarning ish haqi oshiriladi
Bu Prezidentning 2019 yil 30 sentyabrdagi ikkita qarorida nazarda tutilgan.
Tez buziladigan mahsulotlarga sertifikatlar bir kunda rasmiylashtiriladi
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi.
«Barkamol avlod» bolalar markazlari maktablarga aylantirildi
Maktablar qoshida 100-200 oʻrinli bolalar sayyohlik bazalari, XTV boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida bolalar kutubxonalari tashkil etiladi.
Toshkentda 49 ta ixtisoslashtirilgan bolalar bogʻchalari qayta tashkil etiladi
Rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari optimallashtiriladi. Bu byudjet mablagʻlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish uchun zarur.
Donning qayerda ishlab chiqarilishi QQS boʻyicha imtiyozga qanday ta’sir koʻrsatadi
Donni qayta ishlaydigan korxonalar va mahalliy dondan foydalangan holda qolipli non ishlab chiqaruvchilarning QQS boʻyicha imtiyozlari 2020 yil 1 iyulga qadar saqlanib qoladi.
Milliy arxeologiya markazi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 21.09.2019 yildagi «Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 792-son qarori qabul qilindi.
Imtiyozli kreditlar boʻyicha stavkalarni 2020 yildan boshlab oshirishmoqchi
Bu haqda 27 sentyabr kuni Markaziy bank tomonidan muhokama uchun QHTBT portaliga joylashtirgan loyihada soʻz yuritilgan.
1 oktyabrdan aksiz soligʻi stavkasi oshiriladi
Ilgari rejalashtirilgan alkogol va tamaki mahsulotlari stavkalari oshirilishi bilan birga neft mahsulotlari, gaz, mobil aloqa va polietilen granulalar stavkalari ham oshiriladi.
“Keksalar haftaligi” har yili oʻtkaziladi
“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Hukumat qarori (816-son, 27.09.2019 y.) qabul qilindi.
Prezident oʻqituvchi va murabbiylar xizmatlarini taqdirladi
Davlatimiz rahbari Farmoni bilan ta’lim va tarbiya sohasi xodimlari mukofotlandi.
Baholovchilar toifalarni qanday olishadi
Baholovchilarga toifalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Oʻzbekistonlik mutaxassislar xorijdagi fitosanitariya holatini oʻrganadilar
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Xitoy Oʻzbekiston hududlari xavfsizligi uchun $1 mlrd ajratadi
Hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlariga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish rejasi qabul qilindi.
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni qanday qonuniylashtirish mumkin
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish boʻyicha bir martalik aksiya tugallandi. Biroq turli sabablarga koʻra taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanishga ulgurmay qolganlar ham bor. Vakolatli organlarning ruxsatnomasisiz qurilgan imoratga mulk huquqini hozirgi kunda qanday olish mumkinligini koʻrib chiqamiz.
Biznesni kim va nima koʻproq bezovta qilmoqda
Adliya vazirligi “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi doirasida biznes-sub’yektlarining anonim soʻrovlarini oʻtkazadi.
1 oktyabrdan boshlab bankomatlar valyuta berishni toʻxtatadi
Markaziy bank jismoniy shaxslarning xalqaro toʻlov kartalaridan naqd pul mablagʻlarini yechib olish toʻgʻrisida xabar e’lon qildi.
63 kompaniyadagi davlat ulushi sotiladi, 295 sub’yekt tugatiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 800-son qarorida nazarda tutilgan.
Soliqlar yana oʻzgardi - nima qilish lozim?
Prezident “Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Eng muhim oʻzgartirishlar QQS, YaIT va foyda soligʻiga tegishli.
FVV boʻlinmalari qanday pullik xizmatlar koʻrsatadi
FVV Moliya vazirligi bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar roʻyxatini tasdiqladi.
Kimlarga III, II va I darajali serjant unvoni beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi yangilangan nizom tasdiqlandi.
OTM kontraktini 15 oktyabrgacha toʻlash mumkin
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi 2019/2020 oʻquv yilida kontrakt uchun toʻlov oʻtkazishning belgilangan muddati uzaytirilishi haqida e’lon qildi.
Buxoro viloyatida 7 ta yangi KSZ va 2 ta klaster tashkil etiladi
2019-2023 yillarda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlari belgilandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


