Benzin ishlatganlik uchun soliq ikki baravar pasaytirildi
Prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ-3386-son “Raqobat muhitini takomillashtirish, yonilgʻi-energetik resurslar va boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash sohasida suiiste’mol qilish va talon-taroj qilish sharoitlariga chek qoʻyish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Oʻzbekistonda xususiy issiqlik, elektr energiyasi va biogaz yetkazib beruvchilar paydo boʻladi
Prezidentning 8.11.2017 yildagi «Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Xalqaro bank kartalari orqali aviachiptalar xarid qilish mumkin
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi aviachiptalar uchun toʻlovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini ma’lum qildi
Yuridik kollej TDYuUga oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 10.11.2017 yildagi 901-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Qonunchilik palatasi va SSP oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda biznesni targʻib etish qoidalari
Ushbu sharhda - ijtimoiy tarmoqlarda xaridorlarning e’tiborini tortish uchun qanday choralar qoʻllash zarurligi borasida soʻz yuritiladi
Tadbirkorlarning sudlov himoyasi: xalqaro tijorat arbitraji
SSP, Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Oʻzbekistonning huquqiy tizimida arbitraj muhokamasini takomillashtirishning dolzarb masalalari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi
Xorijda Oʻzmilliybankning filiallari va vakolatxonalari paydo boʻlishi mumkin
Prezidentning 13.11.2017 yildagi PQ–3383-son «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Mahkumlar ishlab chiqarishga faol jalb etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 noyabrdagi 904-son qarori bilan 2018-2024 yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
Boʻsh ish oʻrni haqida elektron shaklda xabar berish mumkin
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami - 858-4, 2017 yil 10 noyabr) bilan Mehnat organlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisida va moʻljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Tibbiyot muassasasi rahbariga ustama – tarif stavkasining 50%igacha
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 1537-1, 2017 yil 10 noyabr) bilan Tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Valyuta mablagʻlarini qayta baholashda olingan foyda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2.09.2017 yildagi PF-5177-son Prezident Farmonining 7-bandi ijrosi yuzasidan ma’lum qilishlaricha, 1.07.2018 yilgacha shunday tartib joriy etiladiki, unga koʻra chet el valyutasidagi mablagʻlarni qayta baholashda olingan foyda soliq solish bazasiga kiritilmaydi
Yangi namunadagi elektr energiyasi va gaz hisoblagichlarini koʻrikdan oʻtkazish – har 10 yilda
Prezidentning «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Boʻsh ish oʻrinlari yagona bazasi Adliya vazirligi saytida joylashtiriladi
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona va barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan ma’lumotlar bazasi yaratildi
Daryolar toshqinlarga qanday tayyorlanadi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Daryo oʻzanlarini tozalash, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash hamda toshqin suvlari va sel oqimlarining Oʻzbekiston Respublikasining ochiq suv oqimlari boʻylab xatarsiz oʻtishini ta’minlash uchun himoya ishlarini olib borish boʻyicha ishlarni yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarori loyihasi joylashtirildi
Naqd pulni nazorat qilishning yangi tizimi – onlayn NKM
Ushbu sharh Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining onlayn NKMni joriy etish mexanizmini tartibga soluvchi qonunchiligini tahlil qilish asosida tayyorlandi
OTMda oʻqituvchilar soni oshiriladi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2945, 2017 yil 7 noyabr) bilan yangi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari tasdiqlandi
Isitish va issiq suv ta’minoti tizimi takomillashtirilmoqda
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi isitish va issiq suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazmoqda
«Yagona darcha» markazlari ERIni 2,5 soatda rasmiylashtiradi
QHTBT portalida Tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yagona markazlar orqali elektron raqamli imzolarni roʻyxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom taqdim etilgan
Maoshning barchasini kreditni qoplash uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi
QHTBT portalida Mehnat kodeksiga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasining davomi joylashtirildi. Loyihaning birinchi qismi sharhi – bu yerda
Dashtobodda kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 8.11.2017 yildagi 897-son «Jizzax viloyati Zomin tumanining Dashtobod shahrida kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
«Oʻzbekkoʻmir» AJ va «Shargʻunkoʻmir» AJ qayta tashkil etildi
Prezidentning 8.11.2017 yildagi PQ–3380-son qarori bilan «Oʻzbekkoʻmir» AJ va «Shargʻunkoʻmir» AJni «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir tarmogʻi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi
XTKdagi valyutani sotish va naqd soʻmga ayirboshlashga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (roʻyxat raqami 2944, 2017 yil 6 noyabr) bilan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Elektron hisoblagichlardagi SIM-kartalar uchun toʻlov undirilmaydi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2329-5, 2017 yil 6 noyabr) bilan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga tuzatishlar kiritildi
Shifokor retseptisiz – 1254 ta dori
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2946, 2017 yil 8 noyabr) bilan retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangilangan Roʻyxati tasdiqlandi
Lyuksemburg – offshor hudud emas
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. DSQ, DBQ va Markaziy bankning qoʻshma qarori Adliya vazirligida 7 noyabr kuni roʻyxatdan oʻtkazildi
Shudgorlash ishlarini huquqni muhofaza qilish organlari nazorat qiladi
Vazirlar Mahkamasining 8.11.2017 yildagi 896-son qarori bilan 2018 yil hosili uchun shudgorlash ishlari hajmlari va muddatlari tasdiqlandi
Sanoatni boshqarish tizimi qanchalik samarali
Ushbu savolga Prezidentning 6.11.2017 yildagi F–5107-son «Elektr, neft, gaz ta’minoti va kimyo sanoatini boshqarish va nazorat qilish tizimini tanqidiy oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh javob topishi kerak
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


