YHQni buzganlik uchun eng katta jarimalar solinadigan davlatlar
Ushbu sharhimizda - dunyo mamlakatlarida YHQni buzganlik uchun eng koʻp jarima solinadigan davlatlar 10 taligi xususida soʻz yuritiladi
Jizzaxda Sharof Rashidov uy-muzeyi tashkil etiladi
Bu haqda Prezidentning 27.03.2017 yildagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʻgʻrisida»gi Qarorida e’lon qilingan boʻlib, uning matnini OʻzA chop etdi
Prokuratura huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalarga mutasaddilik qiladi
Prezidentning 14.03.2017 yildagi PQ–2833-son Qarori bilan Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Bankda hisobvaraq ochish uchun ta’sis hujjatlari zarur emas
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1948-12, 2017 yil 24 mart) bilan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Moliyaviy erkinlikning 10 sharti
Inson yaralibdiki, hech narsaga tobe boʻlmasdan emin-erkin yashashni istaydi. Ayniqsa, iqtisodiy, moliyaviy qaramlikdan qutulib, betashvish hayot kechirish ilinjida yelib-yuguradi. Jilla qursa, farzandlarim mevasidan bahramand boʻlar deya, butun umrini oilaning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga bagʻishlab yuboradiganlar ham yoʻq emas
Korxonaga buxgalter nega kerak?
Shu mavzudagi maqolani yozishdan oldin korxona egasi boʻlgan tanish shaxsga murojaat etdik: «Sizga oʻzi buxgalter nega kerak?» U deyarli biz kutgan javobni qaytardi: «Bu nima deganingiz? Bosh buxgalter menga davlat shuni talab etgani uchun kerak». Ya’ni u uchun buxgalteriya hisobi – chetdan orttirilgan ortiqcha tashvish, dahmaza
“Ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisida”gi Qonun nima uchun zarur?
Hozirga qadar respublikamizda “Ma’muriy jarayonlar toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinmagan. Buning oʻrniga ushbu doirasidagi munosabatlar bir qator qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelinmoqda
Qoraqalpogʻiston va Xorazm korxonalari soliqlar va valyutani sotishdan ozod qilindi
Prezidentning 17.03.2017 yildagi PQ–2843-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi
Oilaviy korxonalar kredit ta’minoti haqida qaygʻurmasalar ham boʻladi
Prezidentning 17.03.2017 yildagi PQ–2844 Qarori bilan yangi roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub’yektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish mexanizmi soddalashtirildi
Mikrofirmalar va kichik korxonalar anketa toʻldirishlari zarur
Toshkent statistika boshqarmasi tegishli yoʻnalishlar va faoliyat sohalari boʻyicha tanlanma statistik kuzatuvga tushgan kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan anketa toʻldirilishi zarurligi haqida ma’lum qiladi
Ma’muriy sudlar FPK boʻyicha ish olib boradi
Ma’muriy sudlar tashkil etilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi boʻyicha izohlar
Oʻzbekistonda tez tibbiy yordamning yagona standartlari qabul qilinadi
Prezidentning 16.03.2017 yildagi PQ–2838-son Qarori bilan Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullandi
Sud sohasida yangi boshqaruv tizimi yaratiladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi yuzasidan izohlar
Sud tizimi tuzilmasi tubdan takomillashtiriladi
Ushbu sharhda - Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasi a’zolarining “Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga izohlari
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bilan bogʻliq munosabatlarni takomillashtirish masalalari
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan 220 ta faoliyat sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab qilingan boʻlsa, bugunga kelib ularning soni 196 tagacha qisqartirildi. Hozirgi kunda esa 58 ta faoliyat turiga litsenziyalar talab qilinadigan boʻldi
Bojxona qiymati deklaratsiyasi shakllari tasdiqlandi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2868, 2017 yil 14 mart) bilan Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Hay’atdagi kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Hukumatga xabar beriladi
Vazirlar Mahkamasining 16.03.2017 yildagi 148-son Qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish kabilar aks etgan
22 martdan hisobvaraq-fakturada IFUTni koʻrsatamiz
Moliya vazirligi va DSQning «Soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 21.02.2017 yildagi 16, 2017-07-son qarori (AV roʻyxat raqami 2439-4, 2017 yil 14 mart) bilan soliq hisoboti shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Endi a’lo darajali shahodatnoma faqat 8-9 sinflardagi a’lo koʻrsatkichlar uchun beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan yangi Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mehmonxonalarda yashovchilarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish joriy etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017 yildagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi
Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasining 14.03.2017 yildagi 136-son qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasining angionevrologiya boʻlimi negizida Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etildi
Oliy Majlis Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisi 2017 yil 28-29 mart kunlari boʻlib oʻtadi
Toshkent shahrida 2017 yil 22 mart kuni Senat Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligida oʻtkazilgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisini joriy yilning 28-29 mart kunlari chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish qanday toʻldiriladi?
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2867, 2017 yil 14 mart) bilan Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritishni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Miskinga poyezdlar Buxorodan boradi
Prezidentning 13.03.2017 yildagi PQ–2827-son qarori bilan «Navoiy — Konimex — Miskin temir yoʻl liniyasi qurilishi» investitsiya loyihasining parametrlari optimallashtirildi. Natijada qurilayotgan Navoiy — Konimex — Miskin temir yoʻl trassasi yoʻnalishi Buxoro — Miskin yoʻnalishiga oʻzgartirildi
Bortkuzatuvchilar har yili tayyorgarlikdan oʻtadi
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1733-1, 2017 yil 13 mart) bilan Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (OʻzR AQ-95) oʻzgartirishlar kiritildi
Konstitutsiyaga sud tizimini takomillashtirishga doir oʻzgartirishlar kiritiladi
«Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasiga doir tushuntirishlar
Fuqarolikni yoʻqotish toʻgʻrisidagi xulosada nima boʻlishi kerak?
Prezidentning 17.03.2017 yildagi PF–4990-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Iqtisodiy sudlar kelajakda tadbirkorlar manfaatlarini mustahkam himoya qiladi
“Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga izohlar
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


