Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
17.05.17

Jizzax viloyatida avtomobil zavodi quriladi

«Oʻzavtosanoat» AK va «Pejo Sitroyen» guruhi Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi

16.05.17 NHH loyihalari
16.05.17

726 xoʻjalikda biogaz qurilmalari oʻrnatiladi

Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillar davrida respublikada biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi Savdo-sanoat palatasi saytida joylashtirildi

16.05.17

TDYuU qabul qilish kvotasini 600 nafargacha koʻpaytirdi

Prezidentning 28.04.2017 yildagi PQ–2932-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi va uning yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi

16.05.17

Tibbiyot muassasalari statistik hisobotlarning yagona elektron tizimiga ulanadi

Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 266-son qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning hududiy filiallari qayta tashkil etildi

16.05.17

Meva va sabzavotlarning davlat xaridlari – hududiy yarmarkalarda

Vazirlar Mahkamasining 15.06.2016 yildagi 206-son “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga tuzatishlar kiritildi

15.05.17

Mehmonxona va turistik xizmatlarga soliq imtiyozlari tatbiq etiladi

Prezidentning 4.05.2017 yildagi PF–5033-son Farmoni bilan turizm sohasidagi biznes-sub’yektlarga qoʻshimcha imtiyozlar berildi

15.05.17

Amaldorlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari qanday oʻtkaziladi?

Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 264-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

15.05.17

Obodonlashtirish xodimlari uzoq muddatli xizmati uchun mukofotlanadi

Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi 267-son qarori bilan qator qonunosti hujjatlariga poytaxt hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ishini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi

15.05.17

Yangi oʻrmonlarni muhofaza qilish va barpo etish bilan alohida davlat qoʻmitasi shugʻullanadi

Prezident joriy yilning 11 may kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmon hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarorga imzo chekdi

15.05.17

Biometrik pasport tayyorligini onlayn kuzatish mumkin

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsni tasdiqlovchi biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtmaning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beradigan onlayn-servisni ishga tushirdi

15.05.17 NHH loyihalari
15.05.17

Aliment muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun – 15 sutka qamoq

QHTBT portalida aliment toʻlamaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirildi

12.05.17

YHQni buzganlik uchun jarimalarni onlayn-tekshirish servisi ishga tushirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni onlayn-tekshirish boʻyicha yangi xizmat ishga tushirildi

12.05.17

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar qayerda qanday malaka oshirishdan oʻtadi?

Vazirlar Mahkamasining 27.04.2017 yildagi 246-son qarori bilan Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

12.05.17

Kichik elektrotexnika ishlab chiqaruvchilari 270 nafar kishigacha yollashi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 28.04.2017 yildagi 248-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilishga qaratilgan tuzatishlar kiritildi

11.05.17

Yuridik xizmatlar shtatlari normativlari va mukofotlash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 1.05.2017 yildagi 250-son qarori bilan yuridik xizmatlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari, uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq va martaba darajalari uchun qoʻshiladigan har oylik ustamalar miqdorlari tasdiqlandi

11.05.17 NHH loyihalari
11.05.17

Provayderlarga elektron litsenziyalar beriladi

Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi

11.05.17

Sud tizimi yangilanishga hozirlik koʻrmoqda

Oliy sud raisi Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida sayyor qabul oʻtkazdi. Prezidentning ushbu viloyatlardagi Xalq qabulxonalarida tashkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimligi vakillari, viloyat jinoyat, xoʻjalik, fuqarolik sudlari raislari va sudyalari, mahallalar raislari, tadbirkorlar, keng jamoatchilik, yoshlar ishtirok etdi

11.05.17

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida 6 ta yangi boʻlinma tashkil etildi

Prezidentning 21.04.2017 yildagi PQ–2915-son qarori Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining kelgusi faoliyatini belgilab berdi

11.05.17

14 ta tumanda gaz ta’minotining xususiy operatorlari paydo boʻladi

Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ-2907-son “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

10.05.17

Yuridik xizmat nizoni sudgacha hal qilishi lozim

Prezident va Hukumatning qator qarorlarida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari mazkur organlar va tashkilotlar ishtirokida vujudga keladigan nizolarni sudgacha hal etish yuzasidan majburiy tartibda choralarni koʻrishi belgilangan. Mazkur maqola yuriskonsultlar ishtirokida nizolarni sudgacha hal qilish, shu jumladan mediatsiya tartibining huquqiy asoslariga bagʻishlangan

10.05.17

Litseylar bitiruvchilariga mutaxassislik berilganligi toʻgʻrisida sertifikat taqdim etiladi

Prezidentning 2.05.2017 yildagi PQ–2941-son Qarori bilan 2017/2018 oʻquv yilida oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi

10.05.17

Mahallalar undirilgan kommunal qarzlarning 2 dan 10 foizigacha oladi

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1032-4, 2017 yil 4 may) bilan Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini ta’minlagani uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

10.05.17

Yuristlarni yangichasiga oʻqitish kerak

Toshkent davlat yuridik universitetida «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish – davr talabi» deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi

10.05.17

Tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchilari 2021 yilgacha soliqlardan ozod qilindi

Prezidentning 20.04.2017 yildagi PQ-2911-son qarori bilan mamlakatimiz farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari qabul qilindi

10.05.17

Aholi bandligi ta’minlamaganligi uchun hokimlarga jarima solinadi

Prezidentning 6.05.2017 yildagi Qarori bilan tegishli hududda aholi bandligining prognoz parametrlarini bajarganlik uchun ragʻbatlantirish va shaxsiy javobgarlik tizimi joriy etildi

06.05.17

Iste’molchilardan suv resurslaridan oqilona foydalanish talab etiladi

Prezidentning 4.05.2017 yildagi “2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

06.05.17 NHH loyihalari
06.05.17

Yana bitta organ haydovchilar hujjatlarini tekshirish huquqiga ega boʻldi

QHTBT portalida Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda

06.05.17 NHH loyihalari
06.05.17

Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi?

QHTBT portalida Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.