Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
30.11.20

OTB qattiq maishiy chiqindilarni tozalashga $60 mln ajratdi

Ushbu mablagʻlarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun maxsus texnika xarid qilinadi, mobil laboratoriyalar va servis markazlari tashkil etiladi.

30.11.20

Xorazm viloyatida Suv muammolari markazi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 744-son qarori qabul qilindi.

28.11.20 NHH loyihalari
28.11.20

Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini tekshirishni rejalashtirishmoqda

Adliya vazirligi tomonidan QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori loyihasi joylashtirilgan.

28.11.20

Dorivor oʻsimliklar bilan yangi markaz shugʻullanadi

Prezidentning 26 noyabrdagi qarori bilan Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etiladi.

28.11.20

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga – $183,6 mln

Prezident tomonidan 25 noyabrda «Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

27.11.20

«SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari» faoliyati takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 21.11.2020 yildagi «SOS – bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 738-son qarori qabul qilindi.

27.11.20 NHH loyihalari
27.11.20

2021 yilda soliq solishda nimalar oʻzgaradi

Moliya vazirligi "Soliq siyosatining 2021 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini qabul qilish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun loyihasiga press-relizni e’lon qildi.

26.11.20

SK, JPK va JKga oʻzgartirishlar kiritiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

26.11.20

Davlat byudjetining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.

26.11.20

Vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasi va qator ilmiy laboratoriyalar barpo etiladi

Bu davlat rahbari tomonidan 2020 yil 25 noyabrda imzolangan qarorda nazarda tutilgan.

26.11.20

Davlat boji va boshqa yigʻimlar qanday hisobga olinadi

Davlat organlari tomonidan undiriladigan davlat boji va boshqa yigʻimlarning byudjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

26.11.20

Soliqchilar va banklar oʻrtasida ma’lumotlar almashish tartibi tasdiqlandi

Banklar va soliq organlari soliq qarzini undirish, bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishda oʻzaro hamkorlik qiladilar.

25.11.20

Xodimga oʻrindoshlikni taqiqlash mumkinmi?

Oʻrindoshlik asosida ishlash – asosiy ish vaqtidan tashqari va undan ozod vaqtda mehnat shartnomasi shartlarida bajariladigan haq toʻlanadigan boshqa ish.

25.11.20

Genom boʻyicha roʻyxatga olish nima va u nega kerak

«Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi.

25.11.20

11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni

Ushbu sana 2020 yil 23 noyabrdagi OʻRQ-648-son Qonun bilan belgilandi.

25.11.20

Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish vazifalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

25.11.20

Ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarning namunalari tasdiqlandi

Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim toʻgʻrisidagi diplomlar hamda sertifikat blankalari individual QR-kod bilan ta’minlanadi.

25.11.20

Soliq monitoringi qanday oʻtkaziladi

Soliq toʻlovchilar uchun u ixtiyoriy hisoblanadi va oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga koʻra kamida 10 mlrd soʻmni tashkil etgan yuridik shaxslarda oʻtkaziladi.

24.11.20 NHH loyihalari
24.11.20

Sogʻliqni saqlash uchun – kodeks

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasi muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.

24.11.20

Senat tomonidan oltita qonun ma’qullandi

Parlament yuqori palatasining toʻqqizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

24.11.20

Qanday tovarlar majburiy markirovkalanadi

Roʻyxatga tamaki mahsulotlari, alkogol va pivo mahsulotlari, suv va salqin ichimliklar, dori vositalari, tibbiy buyumlar va maishiy texnika kiritilgan.

24.11.20

Qurilish faoliyati jamoatchilik uchun ochiq boʻladi

Toshkent viloyatida sinovdan oʻtkazilgan "Shaffof qurilish" axborot tizimi butun Oʻzbekistonni qamrab oladi.

23.11.20

Agar xodim ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish muddati davrida progul qilsa

Xodim oʻz xohishiga binoan ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozdi va shundan soʻng kelasi kundan boshlab ishga chiqishni toʻxtatdi. Ish beruvchi huquqbuzarga nisbatan qanday choralar koʻrishi mumkin?

23.11.20

Organik mahsulotlar, xom ashyolar va oʻgʻitlarga qoʻyiladigan talablar belgilandi

Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri yaratiladi, Organik oʻgʻitlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament tasdiqlandi.

21.11.20

«Termiz xalqaro savdo markazi» tashkil etiladi

Ushbu erkin savdo zonasi «Termiz» EIZ hududini qisqartirish hisobiga tegishli direksiya bilan birga tashkil etiladi.

21.11.20

Yogʻ-moy mahsulotlari qanday boʻlishi lozim

Yogʻ-moy mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy reglamentni tasdiqlash.

21.11.20

2021 yil 1 apreldan qanday imtiyozlar bekor qilinadi

Soliq imtiyozlarini optimallashtirish jarayoni davom etmoqda.

21.11.20

Konvensiya: kim va nima uchun javobgar

Minsk va Kishinev konvensiyalari doirasida Oʻzbekistonning vakolatli organlari belgilandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.