Xususiylashtirish: ijaraga oluvchi kamroq toʻlaydi
Ijaraga olingan davlat mulki ob’yektini xususiylashtirish natijasida sotib olgan ijaraga oluvchining oxirgi bir yarim yil davomidagi ijara uchun ayrim xarajatlari hisoblanadi.
Kema haydovchilarini tayyorlash tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi 04.07.2020 yildagi «Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 421-son qarorni qabul qildi.
Transportning harakatlanishi boʻyicha qanday cheklovlar 10 iyuldan joriy etiladi
Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi koronavirus holatlari sonining oshishi munosabati bilan avtotransport harakatini 1 avgustga qadar cheklash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqladi.
Tumanlarda Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining boʻlinmalari ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fani joriy etiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 06.07.2020 yildagi 422-son qarorida belgilangan.
Onlayn-NKM cheklar boʻyicha lotereya oʻyinlari tashkil etildi
DSQ tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa cheklari boʻyicha yutuqli oʻyinlar tashkil etildi. Sovrin jamgʻarmasi 1 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Karantin cheklovlari yana kuchaytiriladi
Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgustga qadar butun respublika boʻyicha qator karantin choralari tiklanmoqda.
Byudjet tashkilotlari uchun yangi hisobot shakllari
Moliya vazirining buyrugʻi bilan 1.01.2021 yildan joriy etiladigan choraklik va yillik hisobot shakllari tasdiqlandi.
Sud himoyasi qanday ishlaydi
3 iyul kuni oʻtkazilgan majlisda Oliy sud Plenumi oʻz tushuntirishini taqdim etdi.
Oliy oʻquv yurtida ta’lim boʻyicha imtiyozni qoʻllashda yoʻl qoʻyiladigan 5 ta muhim xato
Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtida ta’lim olish (oʻzining, shuningdek 26 yoshgacha boʻlgan farzandi yoki turmush oʻrtogʻining oʻqishi) uchun yoʻnaltiriladigan soliq toʻlovchining daromadlariga soliq solinmaydi.
Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi
Tegishli hujjatlar Prezident tomonidan 30 iyun, Yoshlar kunida imzolandi.
Chorvachilikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash – butun Qoraqalpogʻiston boʻyicha
Prezidentning 3.07.2020 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4776-son qarori qabul qilindi.
Xizmat safari xarajatlari: chegiriladimi yoki chegirilmaydimi
Xizmat safari xarajatlari chegirilmaydigan xarajatlar roʻyxatiga kiritilmagan . Bu soliq solinadigan foydani aniqlash chogʻida ularning istisnosiz barchasi jami daromaddan chegirilishi mumkinligini anglatadimi?
Retseptlar dori vositalarning xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha yozib beriladi
Tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi boʻyicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oʻzbekistonda pandemiyaga qarshi kurashish loyihasi amalga oshiriladi
Osiyo taraqqiyot banki bunga 15 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan $500 mln miqdoridagi qarz mablagʻlarini ajratadi.
Geodeziya va kartografiya – yangi qonun
«Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi. U 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
TMZni yaroqlilik muddatiga qarab qanday arzonlashtirish mumkin
Faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan sharoitda koʻp korxonalarda yaroqlilik muddati oʻtgan yoki saqlash natijasida iste’mol xossalarini yoʻqotgan tovarlar yigʻilib qoldi. Bu omborlarda nolikvid toʻplanishiga olib keldi. Ushbu tovarlarning bozordagi real narxi ancha tushib ketdi.
Notarius litsenziyasining amal qilishi malaka komissiya tomonidan toʻxtatiladi
Adliya vazirining buyrugʻi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Jahon banki Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun $95 mln ajratadi
Bu haqda Prezidentning 2020 yil 2 iyuldagi PQ-4772-son qarorida soʻz boradi.
Shaxsiy avtomobildan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi
Koʻpincha xodimlar xizmat maqsadlari uchun shaxsiy avtotransportlaridan foydalanadilar. Bu holda kompensatsiya hisoblashga doir savollar yuzaga keladi: u kimlarga toʻlanishi lozim, uni qancha miqdorda hisoblash mumkin, qachon toʻlanishi kerak, unga soliqlar solinadimi?
Tomorqa xoʻjaliklari uchun texnikaga bojxona bojlari nol stavkada toʻlanadi
Davlat tomonidan aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari qabul qilindi.
Kitob geologik qoʻriqxonasi milliy tabiat bogʻiga aylanadi
Bu Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi PQ-4766-son qarorida belgilangan.
Boʻsh turgan ob’yektlar bilan maxsus markaz shugʻullanadi
Prezidentning 1.07.2020 yildagi “Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston ShHT qoʻshma harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimiga qoʻshimcha qabul qildi
30.06.2020 yildagi OʻRQ-624-son Qonun bilan 2007 yil 27 iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilindi.
Shaxsiy xavfsizlik, uchrashuvlar, ragʻbatlantirish yuzasidan mahkumlar uchun qanday oʻzgartirishlar qilinadi
Prezident tomonidan mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi.
5 ta kodeks qabul qilinadi, 7 ta kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi
Bu Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni qanday sotib olish va sotish mumkin
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Oʻzagrotexsanoatxolding» tugatiladi
Prezident Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


