Mamlakatimizni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Uni «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti KPMG auditor-konsalting kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqdi
Ilmiy yutuqlar qanday “monetizatsiya” qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 3.12.2018 yildagi 979-son qarori bilan yuqori texnologik biznes-loyihalarni moliyalashtirish, ilmiy ishni ishlab chiqish, tijorat sirini tashkil etuvchi ob’yektlardan foydalanish uchun mualliflik mukofoti toʻlash tartibi tasdiqlandi
QQSga oʻtish haqida joʻnatilgan xabarnomani qaytarib olsa boʻladimi?
Bu savolni «Norma» professional rivojlanish markazining treningida ishtirok etgan Oksana Klyuyeva berdi. Lekin bu savol soliq organlaridan xuddi shunday xabarnomani olgan koʻplab bosh buxgalterlarni ham qiziqtiradi
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini reyestrga kiritadilar
Xoʻjaliklarni reyestrga kiritish tartibi, hujjatlarni taqdim etish va arizani koʻrib chiqish tartib-taomillari, shuningdek undan chiqarish holatlari Vazirlar Mahkamasining 29.11.2018 yildagi 972-son qarorida belgilangan
Tibbiy xizmat sifati teletibbiyot yordamida oshiriladi
Oʻzbekistonda Yagona tibbiy axborot markazini tashkil etish va «Aqlli tibbiyot» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ularni yaratish va rivojlantirish boʻyicha konsepsiya loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Suv ta’minoti sohasidagi xususiy sheriklarni 3 yilga barcha soliqlardan ozod etadilar
Poytaxt suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qiladilar: sohada xususiy operatorlar paydo boʻladi; davlatning xususiy sheriklari 3 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi
Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun byudjet”ni taqdim etdi
5 dekabr kuni Moliya vazirligida oʻtkazilgan brifing chogʻida 2019 yil Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 13 dekabr kuni boʻlib oʻtadi
Kun tartibiga 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi masala, shuningdek bir qator qonun loyihalari kiritilmoqda
2019 yilgi ish vaqti kalendari tasdiqlandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi
Haydovchilarga YPX xodimlari bilan muloqotni videotasvirga olishga ruxsat berildi
Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisida nizom (VMning 1.12.2018 yildagi 975-son qarori) tasdiqlandi
Yoshlar biznes markazlari qurilishiga investitsiya qanday kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 962-son qarori bilan yosh tadbirkorlar uchun kovorking markazlari va komplekslar qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi, shuningdek yoshlar biznes-loyihalariga “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlarini ajratish mexanizmi tasdiqlandi
Pillachilikda – qoʻshimcha soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning 4.12.2018 yildagi «Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Kompanonning ishonchliligini qanday aniqlash mumkin
Davlat xizmatlari agentligi maxsus internet-platformani ishga tushirdi, uning yordamida boʻlajak amaliy hamkorga oid ma’lumotlarni tekshirish, uning ishonchli ekanini aniqlash mumkin, deya xabar beradi «Narodnoye slovo» gazetasi
LBMA xodimlari Toshkent va Toshkent viloyatida propiska qilinishi mumkin
Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati yana kengaytirildi (VMning 3.12.2018 yildagi 980-son qarori)
Hisoblagichni yechish va oʻrnatishga arizani uyda turib berish mumkin
YaIDXPda elektr energiyasi, tabiiy gaz va sovuq suv hisoblagichlarini oʻrnatish va yechishga ariza yuborish boʻyicha yangi xizmatlar ishga tushirildi
Temur Joʻrabekov: «Texnik jihatdan onlayn NKMni pilot darajasida joriy etishga hamma narsa tayyor»
Toshkentda yettita vazirlik va idora vakillari ishtirokida onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimi test rejimida ishga tushirildi. U texnologiya pilot loyihani boshlash uchun tayyorligini koʻrsatdi. Mamlakatimiz qachon onlayn NKMga oʻtadi? «Norma» portali muxbiri Oleg Gayevoy shu savolga javob izlab «Fiskal Ma’lumotlarni Avtomatizatsiyalash Tizimi» MChJga yoʻl oldi
Zamonaviy maktab qanday boʻlishi kerak
QHTBT portalida 2020-2025 yillarda «Zamonaviy maktab» davlat dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda
Biznesga tekshiruvlar yagona tizimiga kirishga ruxsat beriladi
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3093, 30.11.2018 y.)
Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Fuqarolik va ma’muriy sudlar tomonidan ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga taalluqli boʻlgan qarorlar loyihalari koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sudning Axborot xizmati xabar berdi
1 yanvardan QQS joriy etilishi sababli narxni 20%ga oshirish kerakmi?
Norma ekspertlar – soliq maslahatchilari, auditorlar, bosh buxgalterlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Ular turli xil tavsiya berdilar, biroq bir masalada fikrlari yakdil – narxlarni oʻzgartirishdan avval hisob-kitob qilib koʻring. Ehtimol, bozorda koʻproq ulushga ega boʻlish va koʻproq pul ishlash uchun narxlarni oshirgan emas, balki tushirgan foydaliroqdir
2019 yil 1 yanvardan Professional mediatorlar reyestrini yuritishni boshlaydilar
Uni shakllantirish va zarur ma’lumotlarni kiritish tartibi adliya vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3092, 29.11.2018 y.)
Kameral nazoratdan keyin mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni qanday oʻtkazadilar
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 965-son qarori bilan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Moʻmin Ashurov: «Vir.uz tizimi bilan QQS haqida hamma narsani bilib olish oson»
«Norma» PRM «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» ommabop kursi doirasida oʻqitishni tashkil etishga yondashuvni oʻzgartirdi. Natijada mashgʻulotlar tugaganidan keyin tinglovchilarning aksariyati yakuniy testlardan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Markaz direktori Moʻmin Ashurov innovatsiyalar haqida batafsil soʻzlab berdi
Asal Orziyeva: «bir.uz bilan ishdan ajralmagan holda ikkinchi kasbni egallayapman»
Namangandagi «Nafis Charm» MChJ kadrlar boʻlimi inspektori Asal Orziyeva buxgalterlik kasbini oʻzlashtirmoqda. Vir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimida «I toifali buxgalter-kassir» ixtisosligi boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi u erishgan dastlabki natija boʻldi
Turar joylarda qoʻriqlash vositalarini oʻrnatmoqchilar
QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga «Xavfsiz uy» konsepsiyasini joriy etish loyihasi muhokama qilinmoqda
Suv xoʻjaligi vazirligida yangi boʻlinmalar tashkil etiladi
Prezident Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi (29.11.2018 yildagi PQ-4039-son qaror)
1 dekabr: qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar
Qurilish, bojxona nazorati, tashqi reklama, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda 2018 yilning 1 dekabridan boshlab amal qiluvchi asosiy huquqiy yangiliklar jamlanmasini e’tiboringizga havola etamiz
Parlament quyi palatasida qator qonun loyihalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 30 noyabr kuni deputatlar qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


