Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
01.08.17 NHH loyihalari
01.08.17

Milliy iqtisodiyotni innovatsion tarzda rivojlantirish intellektual salohiyat bilan chambarchas bogʻlangan

Oʻzbekiston Respublikasining “Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga izohlar

01.08.17 NHH loyihalari
01.08.17

Yosh avlodni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilaylik!

Ushbu sharhda - Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga tushuntirishlar

01.08.17 NHH loyihalari
01.08.17

Huquqiy axborot qonun ustuvorligi garovidir

Ushbu sharhda - Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining izohlari

01.08.17

Internet-doʻkondan tovar yetkazilishini qanday tashkil etish mumkin?

Zarur tovarni internetdan topish va sotib olish tobora osonlashib bormoqda. Faqatgina yetkazib kelishning qulay sharoitlarini yaratish murakkabroq masala. Jumladan, qator savollar tugʻiladi: pullikmi yoki bepul yetkazib berish, oʻz kuchi bilan amalga oshirgan ma’qulmi yoki autsorsingga murojaat etibmi, soliq solish va hisobot tayyorlashda nimalarni inobatga olish darkor?

01.08.17

Barcha davlat xaridlari yagona portalda boʻladi

Prezidenting 31.07.2017 yildagi PQ-3166-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

01.08.17

Oʻzbekistonda overdraft kreditlari paydo boʻladi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2900, 2017 yil 21 iyul) bilan Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

31.07.17

Chirchiqda pedagogika instituti ochiladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3152-son «Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi

31.07.17 NHH loyihalari
31.07.17

Ma’muriy sud ishlarini yuritish qanday boʻladi?

Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Kodeks loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi

31.07.17

Telegram-chat orqali mablagʻ oʻtkazish xizmati ishga tushirildi

Click toʻlov tizimi ichiga oʻrnatilgan bot (inline bot) ishga tushirilganligini ma’lum qildi, uning yordamida Telegram-chatda suhbatdoshlar kartalari oʻrtasida mablagʻlarni oʻtkazish mumkin

31.07.17

Olmaliqda TDTU filiali ochiladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3153-son qarori bilan Islom Karimov nomidagi TDTUning Olmaliq filialini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, uning vazifalari belgilandi va tuzilmasi tasdiqlandi

31.07.17

Davlat sport qoʻmitasi tuzilmasi oʻzgardi

Bu Prezidentning 29.07.2017 yildagi PQ-3162-son qaroridan kelib chiqadi. Uning matni davlat rahbari saytida e’lon qilingan

31.07.17

Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kim oshdi savdolari orqali sotiladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

31.07.17

Eksportyorlar valyutani sotmaydi

Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3157-son “Mahalliy eksportyor korxonalarni ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

28.07.17

Loyiha boshqaruvining yagona tizimi 2018 yil oxirigacha ishga tushiriladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3150-son qarori bilan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

28.07.17

Sotilgan tovarlarni bepul yetkazib berish uchun litsenziya zarur emas

Tadbirkorlar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (OʻzADTA) zarur boʻlmagan hollarda ham litsenziyaning mavjud boʻlishini talab qilayotganligi yuzasidan shikoyat qilishmoqda. Norma ekspertlari “Olib borib berish: tashish, alohida faoliyat turi, soliq solish ob’yekti emas “ nomli maqolada (“SBX” gazetasining 2017 yil 13 iyuldagi 24-soni) oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi. Norma.uz tahririyati Adliya vazirligiga tushuntirishlar yuzasidan murojaat etdi

28.07.17

Iqtidorli bitiruvchilarga oʻqishni xorijda davom ettirishda yordam beriladi

Prezidentning 27.07.2017 yildagi farmoni bilan Prezidentning “Iste’dod” jamgʻarmasining yangi nomi, vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari, shuningdek tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi

28.07.17

Tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish uchun yangi standartlar joriy etilmoqda

“Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar faoliyatini soddalashtirishga qaratilgan O’z DSt 3185:2017 yangi standarti, Davlat raqobat qoʻmitasi esa Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti (15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” qabul qilinganligini e’lon qildi

28.07.17

AXTM kechayu kunduz axborot xavfsizligi masalalarini hal qiladi

Axborot xavfsizligini ta’minlash markazida (AXTM) kechayu kunduz faoliyat koʻrsatadigan monitoring guruhi tashkil etildi hamda “ishonch telefoni” ishlamoqda

28.07.17

Prokuratura mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilishda qalqon va poydevordir

Bunga prokuratura organlarining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning birinchi yarmidagi faoliyati yaqqol misol boʻladi. Bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev hay’atning navbatdagi majlisida bu haqda batafsil va tanqidiy axborot berdi

28.07.17

Tez tibbiy yordam dispetcherlik xizmati boshqa shoshilinch xizmatlar bilan bogʻlanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 526-son qarori bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududiy filiallarining Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

27.07.17

Milliy havo yoʻllari uchuvchilari maxsus kurslarda tayyorlanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 524-son “Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlashni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

27.07.17

Fuqarolar yigʻinida mehnat uchun qancha toʻlanadi?

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 yildagi 500-son qarori bilan posyolkalar, qishloqlar va ovullarning, shuningdek shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalari fuqarolar yigʻinlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari tasdiqlandi

27.07.17

Raqamli televideniyedan barcha foydalanishi mumkin boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2017 yildagi 502-son qarori bilan Oʻzbekistonda yer usti analog teleeshittirishlarini bosqichma-bosqich toʻxtatish jadvali tasdiqlandi

27.07.17

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bilan maxsus komissiyalar shugʻullanadi

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 525-son qarori bilan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat va hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi

27.07.17

«Elektron hukumat» markaziga «Oʻzbektelekom» binosi topshirildi

Vazirlar Mahkamasining 18.07.2017 yildagi 516-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

27.07.17

Sugʻurtalanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar faqat hamma foydalana oladigan manbalardan yigʻilishi mumkin

Moliya vazirining qarori (roʻyxat raqami 1213-2, 2017 yil 17 iyul) bilan Sugʻurta agentlari toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi

27.07.17

«Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ koʻmir tarmogʻiga mutasaddilik qiladi

Prezidentning 26.07.2017 yildagi PQ-3147-son qarori bilan «Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibiga oʻtkazilgan “Oʻzbekkoʻmir” AJning bosh vazifalari, keyingi ishlarining yoʻnalishlari va tuzilmasi tasdiqlandi

27.07.17

Sud orqali inson huquqlarini ta’minlash – ustuvor yoʻnalish

Oʻzbekistonda umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu sharhda - bajarilgan ishlar sarhisobi xususida

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.