Chorvadorlar uchun qoʻshimcha subsidiyalar belgilandi
Subsidiya yuridik shaxslarga juni gilam toʻqishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotiladigan "merinos" zotli qoʻy va "angor" zotli echkilarni parvarish qilish xarajatlarining bir qismini qoplashga beriladi.
COVID-19 ga ekspress testlar sertifikatlashtirmasdan olib kiriladi
Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasi tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.
2021 yil avgustgacha elektron gaz hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari yakunlanadi
Prezident tomonidan 24 sentyabrda «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» qaror imzolandi.
Gʻozgʻon shahar hokimligi tashkil etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining oʻtgan yilda qabul qilingan qarorlari bilan Nurota tumanidagi Gʻozgʻon shaharchasi viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritildi.
Tibbiyot xodimlariga ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash tartibi oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasi 24.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 583-son qarorni qabul qildi.
Bir nechta NHH oʻrniga bitta qonun boʻladi
“Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. U QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirilgan.
Kvartirada ofis ochish qonuniymi?
Koʻpchilik tadbirkorlarda biznesni yoʻlga qoʻyish bosqichida ofis uchun joyni rasmiylashtirish bilan bogʻliq savollar yuzaga keladi. U turar joyda joylashishi mumkinmi yoki noturar joyni ijaraga olish shartmi?
Xalqaro tashishda – elektron yuk xati
Oʻzbekiston Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning elektron yuk xatiga oid Qoʻshimcha bayonnomasiga qoʻshiladi.
«Oʻzbekoziqovqatxolding» korxonalari savdoga qoʻyiladi
Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni belgiladi.
Ta’lim toʻgʻrisidagi yangi qonun: asosiylari haqida qisqacha
"Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi.
Davlat qarziga Kafolat jamgʻarmasi xizmat koʻrsatadi
Qarzdor tashkilotlar yoki qayta moliyalashtiruvchi banklar davlat kreditlari boʻyicha oʻz qarz toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirmagan holatlarda ularni Kafolat jamgʻarmasi qoplaydi.
Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda
2021-2030 yillarda Aholining ijtimoiy himoya qilinishining milliy strategiya konsepsiyasi loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun e’lon qilingan.
Oʻlchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruxsat berildi
Bu Prezidentning 2020 yil 22 sentyabrdagi PF-6066-son Farmonida nazarda tutilgan.
Tadbirkorlar uchun imtiyozlar tabaqalashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
5-son BHMS “Asosiy vositalar” yangi tahrirda bayon etiladi
Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar” loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirilgan.
Bosh buxgalter almashganda ishlar qanday topshiriladi
Korxonaning bosh buxgalteri almashmoqda: avvalgi bosh buxgalter ishlarni topshirishi, yangisi esa ularni qabul qilib olishi kerak. U yoki bu vaziyatda buxgalteriya hujjatlarini qabul qilish-topshirish ishlarini qanday qilib toʻgʻri tashkillashtirish mumkin?
Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan ob’yektlar «E-Ijro auksion» orqali sotiladi
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotib olingan ob’yektlar va yer uchastkalariga boʻlgan egalik huquqlari investorlarga Toshkent viloyati hokimining alohida qarori qabul qilinmasdan rasmiylashtirib beriladi.
Ikkinchi darajali byudjet tashkilotlari uchun byudjet mablagʻlari qisqartirildi
Vazirlar Mahkamasi 21.09.2020 yildagi “2020 yil uchun ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 574-son qarorni qabul qildi.
Yurist qanday buyruqlarga viza qoʻyadi
Korxona rahbari va kadrlar boʻyicha xodimi barcha buyruqlarni yurist bilan kelishish kerak degan fikrda. Bu toʻgʻrimi? Qonun hujjatlarida yuridik xizmat tomonidan viza qoʻyiladigan buyruqlarning aniq turlari koʻrsatilganmi?
Ipoteka kreditlarini soddalashtirilgan tarzda berish boʻyicha tajriba boshlandi
Vazirlar Mahkamasi 21.09.2020 yildagi “Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish toʻgʻrisida” 576-son qarorni qabul qildi.
Byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ayrim toʻlovlarni toʻxtatib turish muddatlari uzaytirildi
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil uchun Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlarini belgiladi.
ID-kartani qanday va qayerdan olish mumkin
Prezidentning 22.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Togʻ turizmini rivojlantirish uchun $500 mln gacha investitsiya jalb qilinadi
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil qilish boʻyicha master-reja ishlab chiqilgan.
Texnopark rezidentlari imtiyozlarni qanday qoʻllaydilar
Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi tugatilgan, uning rezidentlari IT Park ga oʻtkazilgan. Ular uchun nazarda tutilgan imtiyozlar qanday qoʻllanadi?
Xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismi qaytariladi
Ularga Oʻzbekiston hududida filmlar suratga olingan taqdirda oʻz xarajatlarining 20%i Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri oʻzida uchta hujjatni birlashtiradi
Moliya vazirligi tomonidan 7-son Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Nomoddiy aktivlar”ning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.
Poytaxtning Yashnobod tumanida qanday loyihalar amalga oshiriladi
2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Yaponiya Oʻzbekiston elektr energetika sektorini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi
Oʻzbekiston va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi oʻrtasidagi Bitim doirasida konsalting xizmatlari koʻrsatiladi va butlovchi buyumlar yetkazib beriladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


