Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
02.08.21

OTMda ta’lim olish uchun kreditlar MBning asosiy stavkasida beriladi

Respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

02.08.21

IIV tizimidagi litseylarning vazifalari belgilandi

Ularda oʻqitishning innovatsion shakllari joriy etiladi, oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻquv va ta’lim dasturlari davlat ta’lim standartlariga muvofiqlashtiriladi.

02.08.21

MB asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi, biroq foiz koridori kengaytirildi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish, shuningdek moliya-kredit instrumentlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror qabul qildi.

01.08.21

Orolboʻyi mintaqasi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiriladi

Prezident tomonidan 29 iyul kuni «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi «Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish toʻgʻrisida»gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

31.07.21 NHH loyihalari
31.07.21

Yagona «E-BOZOR» elektron platformasini joriy qilish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni hamda xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

30.07.21

Davlat organlari tomonidan bir qator ma’lumotlar va hujjatlarning talab qilinishi bekor qilindi

Bu Prezidentning «Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.

30.07.21

Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida elektr stansiyalar quriladi

Elektr stansiyalarni qurish boʻyicha investitsiya loyihalari "Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş." (Turkiya Respublikasi) va "Stone City Energy" (Niderlandiya) kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

30.07.21

“Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi

Sud tizimi oʻzgartirildi, Konstitutsiyaviy sud va Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi esa alohida qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

29.07.21

Raqamli iqtisodiyot sohasida qanday oʻzgarishlar roʻy berdi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste’dodli yoshlarni aniqlash uchun ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, davlat boshqaruvi va boshqa sohalar boʻyicha har yilgi tanlovlar oʻtkaziladi.

29.07.21

Davolanish uchun order yangi sxema boʻyicha beriladi

Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

29.07.21

“Tusini oʻzgartirish”ga ruxsatnoma berish - YaIDXP orqali

Avtotransport vositasi orqa oynasining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish), shuningdek, old oynasining tepa qismi tusini 14 sm dan koʻp boʻlmagan polosa shaklida yorugʻlik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

29.07.21

Vazirlar Mahkamasini yuridik ta’minlash tartibi oʻzgartirildi

Xususan, Yuridik ta’minlash boshqarmasi qabul qilingan normativ hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish rejasi ishlab chiqilishi, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi va tasdiqlanishini tashkillashtiradi.

28.07.21

Notariuslarni nazorat qilish qanday amalga oshiriladi

Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga notariuslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

28.07.21

ITSVning Rossiyadagi vakolatxonasining vazifalari belgilandi

Vazifalardan biri - salohiyatli investorlarni topish, savdo va investitsiya shartnomalarini tuzish, muzokaralar tashkil etish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, loyiha takliflarini tayyorlashda tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

28.07.21

Davlat xizmatlari sohasida - tub oʻzgartirishlar

Ular orasida - toʻlovlarga chegirmalar, JShShIRni kommunal xizmatlarga bogʻlash, “avtomobil tarixi”, ID-kartalar berish, davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlarini qisqartirish va boshqalar.

28.07.21

Intensiv bogʻ barpo etish uchun subsidiya beriladi

Qoraqalpogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan har yili intensiv bogʻ va tokzor barpo etish boʻyicha loyihalarning manzilli roʻyxati shakllantiriladi.

28.07.21

«Raqamli ishonch» jamgʻarmasi tugatildi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Jamgʻarmaning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha vorisi boʻldi.

28.07.21

Ish beruvchilarga yosh xodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq qaytariladi

Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan toʻliq qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

28.07.21

Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazish tartibi soddalashtirildi

Auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib bepul taqdim qilinadi.

27.07.21

Iqtisodiyotni rivojlantirish vazirligining vazifalari kengaytirildi

Ular jumlasiga xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalarini e’lon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritish vazifasi ham kiritildi.

27.07.21

Hokimliklar ipoteka boʻyicha kafilliklar beradi

Chora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish, shuningdek oʻrtacha oylik daromadi yuqori boʻlmagan fuqarolarni davlat tomonidan manzilli qoʻllab-quvvatlashni izchil davom ettirishga yoʻnaltirilgan.

27.07.21

Tibbiy yordam sifati oshiriladi

2021-2022 yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi.

27.07.21

Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisi 30 iyulda boʻlib oʻtadi

Bu haqdagi qaror 26 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida qabul qilindi.

26.07.21

Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2020 yildagi 744-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

26.07.21

Bazaviy fazoviy ma’lumotlardan foydalana olish ta’minlanadi

Prezident tomonidan «Fazoviy ma’lumotlar toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi.

26.07.21

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar

2021-2025 yillarda 13 ta yangi ixtisoslashtirilgan maktablar quriladi.

26.07.21

Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyatiga baho beriladi

Har bir rahbar oʻrinbosari faoliyatiga baho berish orqali ularga ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish choralari koʻriladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.