Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.07.20

Oʻzbekistonda pandemiyaga qarshi kurashish loyihasi amalga oshiriladi

Osiyo taraqqiyot banki bunga 15 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan $500 mln miqdoridagi qarz mablagʻlarini ajratadi.

04.07.20

Geodeziya va kartografiya – yangi qonun

«Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi. U 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

03.07.20

TMZni yaroqlilik muddatiga qarab qanday arzonlashtirish mumkin

Faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan sharoitda koʻp korxonalarda yaroqlilik muddati oʻtgan yoki saqlash natijasida iste’mol xossalarini yoʻqotgan tovarlar yigʻilib qoldi. Bu omborlarda nolikvid toʻplanishiga olib keldi. Ushbu tovarlarning bozordagi real narxi ancha tushib ketdi.

03.07.20

Notarius litsenziyasining amal qilishi malaka komissiya tomonidan toʻxtatiladi

Adliya vazirining buyrugʻi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

03.07.20

Jahon banki Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashish uchun $95 mln ajratadi

Bu haqda Prezidentning 2020 yil 2 iyuldagi PQ-4772-son qarorida soʻz boradi.

02.07.20

Shaxsiy avtomobildan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi

Koʻpincha xodimlar xizmat maqsadlari uchun shaxsiy avtotransportlaridan foydalanadilar. Bu holda kompensatsiya hisoblashga doir savollar yuzaga keladi: u kimlarga toʻlanishi lozim, uni qancha miqdorda hisoblash mumkin, qachon toʻlanishi kerak, unga soliqlar solinadimi?

02.07.20

Tomorqa xoʻjaliklari uchun texnikaga bojxona bojlari nol stavkada toʻlanadi

Davlat tomonidan aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari qabul qilindi.

02.07.20

Kitob geologik qoʻriqxonasi milliy tabiat bogʻiga aylanadi

Bu Prezidentning 2020 yil 30 iyundagi PQ-4766-son qarorida belgilangan.

02.07.20

Boʻsh turgan ob’yektlar bilan maxsus markaz shugʻullanadi

Prezidentning 1.07.2020 yildagi “Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

02.07.20

Oʻzbekiston ShHT qoʻshma harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimiga qoʻshimcha qabul qildi

30.06.2020 yildagi OʻRQ-624-son Qonun bilan 2007 yil 27 iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar oʻrtasida hamkorlikdagi harbiy oʻquvlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilindi.

02.07.20

Shaxsiy xavfsizlik, uchrashuvlar, ragʻbatlantirish yuzasidan mahkumlar uchun qanday oʻzgartirishlar qilinadi

Prezident tomonidan mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi.

01.07.20

5 ta kodeks qabul qilinadi, 7 ta kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi

Bu Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan.

01.07.20

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan yombilarni qanday sotib olish va sotish mumkin

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilarni sotish va qaytarib sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

01.07.20

«Oʻzagrotexsanoatxolding» tugatiladi

Prezident Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

01.07.20

Sudyaning faoliyatiga toʻsqinlik qilgani uchun javobgarlik joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

30.06.20

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etiladi

Bu Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni va PQ-4761-son qarorida belgilangan.

30.06.20

Agar qarzni undirishning imkoni boʻlmasa, nima qilish kerak

Keng tarqalgan vaziyat: kontragent bitim boʻyicha qarz boʻldi, sudga berildi – yutib chiqildi, hujjatlar olindi va ijroga berildi. Biroq birmuncha vaqtdan keyin hujjatlar ijro etish imkonsizligi sababli qaytariladi.

30.06.20

Karantin choralari kuchaytiriladi

Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi 1 iyuldan boshlab karantin cheklovlarini kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

30.06.20

1 iyuldan qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar

QQSni qoplash, qurilish va turizmda yangi qoidalar va imtiyozlar, sugʻurtalovchilarga nisbatan yuqori talablar, dorixonalardagi «sirli xaridor» va boshqalar – norma.uz ning navbatdagi sharhida.

30.06.20

BMTning Oʻzbekiston fuqarolari shikoyatlari boʻyicha qarorlari qanday ijro etilmoqda

Prezidentning 22.06.2020 yildagi PF-6012-son Farmoni bilan BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalari va qarorlarini koʻrib chiqish boʻyicha davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

29.06.20

Faoliyatni vaqtincha toʻxtatish oqibatlarini qanday qilib yumshatish mumkin

Rahbar karantin davrida korxona faoliyatini vaqtincha toʻxtatishga qaror qildi. Buni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish lozim? Qancha vaqt oqibatlarsiz ishlamaslik mumkin?

29.06.20

Qishloq xoʻjaligi texnikasi majburiy tartibda sinovdan oʻtkaziladi

Prezidentning qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikalarini sinash va sertifikatlashni takomillashtirish boʻyicha qarori qabul qilindi.

29.06.20

Gilamlar tayyorlash va eksport qilish davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

Prezident tomonidan respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirishga oid hujjat imzolandi.

29.06.20

Oʻzbekiston Jeneva protokoliga qoʻshildi

2020 yil 26 iyundagi OʻRQ-623-son tegishli Qonun e’lon qilindi.

29.06.20

Oʻzbekistonda «Folksvagen» avtomobili ishlab chiqariladi

Prezidentning Oʻzbekistonda «Folksvagen» yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

28.06.20

Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Soliq kodeksining 139-moddasiga muvofiq sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (roʻyxat raqami 3247, 18.06.2020 yil).

26.06.20

Xalqaro shartnomalar boʻyicha badallar qanday toʻlanadi

Prezidentning 22.06.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalardan va xalqaro tashkilotlarga a’zolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4756-son qarori qabul qilindi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.