Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
13.06.20

Genom axborot bazasi jinoyatlarni kamaytirishga yordam beradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11 iyun kuni oʻtkazilgan yalpi majlisida muhokama qilingan bir qator loyihalar jinoyatchilikka qarshi kurashish, bandlik agentligi mijozlarini himoya qilish va qonun ijodkorligiga qaratilgan.

12.06.20 NHH loyihalari
12.06.20

Oʻzbekistonda yuridik shaxslarning yangi shakli paydo boʻladi

QHTBT portalida “Cheklangan sherikchilik toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi e’lon qilindi.

12.06.20

YaMMTda ishlaymiz: koʻp uchraydigan 10 ta savol

1 sentyabrga qadar kadrlar boʻlimi xodimlari tashkilotlardagi barcha xodimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritish boʻyicha ishlarni yakunlashlari lozim. Sharhda - koʻp uchraydigan savollarga javoblar.

12.06.20

Harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash: uni baholashning yangi mezonlari joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 10.06.2020 yildagi 369-son qarori bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

12.06.20 NHH loyihalari
12.06.20

Koʻchmas mulk bozori yanada shaffoflashadi

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasining yagona elektron multilisting tizimini yaratish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi e’lon qilindi.

12.06.20

Senat 5-yalpi majlisga 19 iyun kuni yigʻiladi

Parlament yuqori palatasining 11 iyun kuni boʻlib oʻtgan majlisida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

12.06.20

«Faxriy murabbiy» ordeni ta’sis etildi

9.06.2020 yildagi «Faxriy murabbiy» ordenini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-622-son Qonun e’lon qilindi.

11.06.20

Yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi

Uning ustida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Baholash tashkilotlari uyushmasi, Oʻzbekiston baholovchilari jamiyati, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar ishlashdi.

10.06.20

Jarimalar: import va eksport qiluvchilar uchun nimalar oʻzgaradi

2020 yil 16 avgustdan kuchga kiradigan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishini nazorat qilishning yangi tartibini koʻrib chiqamiz.

10.06.20

Bir vaqtning oʻzida hayfsan e’lon qilish va mukofotdan mahrum qilish mumkinmi

Intizomiy jazo qoʻllashning oʻziga xos jihatlarini «Norma» eksperti tushuntiradi.

10.06.20

Qishloq joylarda uy-joylar qanday quriladi

Vazirlar Mahkamasi qurilishga tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish chora-tadbirlarini belgiladi.

10.06.20

Xalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibi oʻzgardi

Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 358-son qarori qabul qilindi.

10.06.20

1 avgustdan boshlab import yengil avtomobillar narxi qanday oʻzgaradi

Aksiz soligʻining bekor qilinishi va utilizatsiya yigʻimining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida – bizning sharhimizda.

09.06.20

Tovarlar nomenklaturasi: «kolbasa» yoki «kolbasa»?

Onlayn-kassalarga oʻtganimiz sababli tovarlar nomenklaturasi bilan ishlashga boʻlgan munosabat oʻzgarmoqda. Birgina tovar turlicha qayd etilgan. Onlayn-kassalarga endi oʻtayotganlar qanday yoʻl tutishlari kerak?

09.06.20

Soliq tizimini raqamli rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 359-son qarori qabul qilindi.

09.06.20

Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi

Bu Prezidentning 8.06.2020 yildagi qarorida belgilangan. U geologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashadi.

09.06.20

Qanday axborot soliq siri hisoblanadi

Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.

09.06.20

Oʻzini oʻzi band qilganlar, YaTT va oilaviy korxonalarga – koʻproq imtiyozlar, ishlash soddalashtiriladi

Prezident tomonidan 8 iyun kuni biznes va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha qaror imzolandi.

08.06.20

Utilizatsiya yigʻimi stavkalari tasdiqlandi

Normativ baza fevralda kuchga kirgan, biroq u faqat 2020 yil 1 avgustdan undirila boshlanadi.

08.06.20

Agar debitorlik qarzi majburiyatlarni bajarishga xalaqit bersa, nima qilish kerak

Kontragent shartnoma boʻyicha mahsulotni yetkazib berish muddatlarini buzmoqda, korxona esa oʻz navbatida boshqa shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajara olmayapti. Murakkab holatdan qanday qilib chiqish mumkinligi - “Norma” eksperti sharhida.

08.06.20

Fuqarolarni va sudlarda arizalarni qabul qilish qoidalari oʻzgartirildi

Oliy sud Rayosatining 2020 yil 20 martdagi qaroriga muvofiq mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha toʻxtatilgan edi. Hozir hududning qaysi toifaga kirishiga qarab qoidalar oʻzgardi.

06.06.20

«Chiroyli» avtoraqamlar: tanlash imkoni oshiriladi, stavka pasaytiriladi

Tegishli oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 4.06.2020 yildagi 350-son qarorida nazarda tutilgan.

06.06.20

2020 yilda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi belgilandi

Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qanday qabul qilinishi, kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkazilishi ma’lum boʻldi.

06.06.20

Bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi va jadallashtiriladi, kontrabandaga qarshi kurash –kuchaytiriladi

2020-2023 yillarda bojxona ma’muriyatchiligini isloh qilish va bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

06.06.20

Jamoat transporti 8 iyundan qisman ishga tushiriladi

Birinchi bosqichda «sariq» va «yashil» hududlarda shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. «Damas» rusumli avto, mikroavtobuslar va metropoliten hozircha ishga tushirilmaydi.

05.06.20

Qanday qilib XKni MChJga aylantirish mumkin

JShDS boʻyicha imtiyozni yoʻqotgach, koʻp xususiy korxonalar mulkdorlari oʻz biznesining tashkiliy-huquqiy shaklini maqbullashtirishni oʻylab qoldilar. XKni MChJga qayta tuzishning bosqichma-bosqich yoʻriqnomasi - “Norma” eksperti sharhida.

05.06.20

Alkogolsiz ichimliklarga yangi talablar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 1.06.2020 yildagi 345-son qarori bilan Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.